Kuchaytirgich haqida tushuncha



Yüklə 53,37 Kb.
səhifə1/4
tarix13.12.2023
ölçüsü53,37 Kb.
#175192
  1   2   3   4
Jayhunbek (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VAKOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI

MUSTAQIL ISH


Guruh: 971-21

Bajardi:

Tekshirdi:__________________


Mavzu: KUCHAYTIRISH KASKADLARINING KUCHAYTIRISH SINFLARI.
Reja:


  1. Kuchaytirgich haqida tushuncha.



  1. Kuchaytirgichning turlari haqida.



  1. Kuchaytirgich kaskadlarning kuchaytirish sinflari.


Kuchaytirgich deb manba energiyasini kirish signali qonuniyatiga mos ravishda chiqish signali energiyasiga o ‘zgartiruvchi qurilmaga aytiladi. Kuchaytirishni ta ’minlash uchun ideal kuchaytirgich o ‘z tarkibida kirish signali ta ’sirida qarshiligini chiziqli o ‘zgartuvchi elem entga ega bo'lishi zarur. Lekin, hozirgi kungacha qarshiligini chiziqli o'zgartuvchi kuchaytirgich elem entlar mavjud emas. Shuning uchun kuchaytirishni amalga oshirishi mumkin bo'lgan boshqariluvchi elem ent sifatida ВТ va M Tlar ishlatiladi. Nochiziqli VAXga ega bo'lgan holda, tranzistor am alda boshqariladigan qarshilikni ifodalaydi. Qarshilik qiymati tranzistorning ulanish usuli, boshqaruvchi signal qiymati va ishorasiga bog'liq bo'ladi. Tranzistorlarning asosiy kamchiliklari bo'lib VAXining nochiziqligi va tem peraturaga bog'liqligi hisoblanadi. Kuchaytirgichning tuzilish sxemasi 8.3-rasmda ko'rsatilgan bo'lib, u kirish RKJlt va chiqish RCHIQ qarshiliklari hamda kuchlanish manbayidan tashkil topgan. Kuchaytirish kaskadi, ko'p kaskadli kuchaytirgich yoki OK kuchaytirgich bo'lib xizmat qilishi mumkin. Kuchaytirgichning 1 va 2 kirish elektrodlariga kuchaytirilishi zarur bo'lgan signal manbayi (datchik) ulanadi. Datchik EYK generatorili EG ekvivalent ikki qutblilik (8.3, a-rasm) yoki ichki qarshiligi RG bo'lgan tok generatori IG (8.3, b-rasm) sifatida ko'rsatiladi.

8.3-rasm. Kuchaytirgichning tuzilishi sxemasi.
Agar RK\R» RG bo'lsa, kuchaytirgichni boshqarish kuchlanish bilan amalga oshiriladi. Bu holda kirish toki e’tiborga olmasa bo'ladigan darajada kam va kuchaytirgich kirishida UKIR signal EG ga yaqin bo‘Iadi.RK\R< G bo'lganda esa, EG/R G ga yaqin kirish toki IKIR bilan ifodalanadi, bu vaqtda kirish kuchlanishini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Bu holda kuchaytirgichni boshqarish tok bilan, RKlR=RG bo'lganda esa boshqarish quvvat bilan amalga oshiriladi.
Yuklama 3 va 4 elektrodlarga ulanadi. Agar RYU>> RCHIQ bo‘lsa, kuchaytirgich yuklamada kuchlanish manbayi EYK EG ga qadar UCHIQ kuchlanish hosil qiladi, bunda chiqish toki e ’tiborga olmaydigan darajada kam bo ‘ladi. Bunday rejim potensial chiqish deb ataladi. RYU>>RCHIQbajarilganda esa, chiqishda kuchaytirgich qisqa tutashuvga yaqin rejimda ishlaydi va chiqish toki EYK EGga qadar, chiqish kuchlanishi esa e ’tiborga olmasa bo‘ladigan darajada kichik b o ‘ladi. Bu rejim tokli chiqish deb ataladi. Kuchaytirgichlarning tasniflanishi. Kuchaytirgichlar turli belgilariga ko‘ra tasniflanadi: kuchaytirish koeffitsientlari, kirish va chiqish qarshiliklari, o ‘tkazish polosasi (ishchi chastotalar diapazoni), kuchaytirilgan signal buzilish darajasi va boshqalar. H ar qanday kuchaytirgich piravordida quvvat kuchaytirgich bolishiga qaramasdan, kuchaytiriladigan kattaliklari turiga qarab, ularni kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlarga ajratiladi. Kuchaytiriladigan k attalik lari turiga muvofiq kuchaytirish koeffitsientlari:

Har bir kuchaytirgich o‘zining kirish va chiqish differensial qarshiligi

bilan ifodalanadi.



Kirish qarshiligi signal manbayiga nisbatan yuklama vazifasini bajaradi. Shuning uchun RKIR qanchalik katta bo'lsa, signal manbayi shunchalik kam yuklatilgan bo'ladi va uning kuchlanishi kuchaytirgich kirishiga yaxshiroq uzatiladi. Chiqish qarshiligi kuchaytirgichning yuklatilishga qodirligini ifodalaydi: u qanchalik kichik bo‘lsa, tashqi yuklama shunchalik katta tok olishi va uning qarshiligi shunchalik kichik bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi ifodalarda kirish va chiqish toklar, kuchlanishlar o‘zlarining o ‘zgaruvchan tashkil etuvchilari bilan ko‘rsatilgan, signallar sinusoida ko‘rinishida bo‘lgan holda ularning ta ’sir etuvchi qiymatlari
ga teng bo’ladi,bu yerda Umva I m –ularning amplitudalari.
Agar kaskad kuchlanish bilan boshqarilsa va potensial chiqishga ega bo‘lsa, kuchaytirgich kuchlanish kuchaytirgich deb ataladi va u kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti KU bilan ifodalanadi. Agar kaskad tok bilan boshqarilsa va tokli chiqishga ega bo'lsa, kuchaytirgich tok kuchaytirgich deb ataladi va u tok kuchaytirish koeffitsienti K1 bilan ifodalanadi.
Agar R KIR = RG RCHIQ = R YU bo‘lsa , kuchaytirgich quvvat kuchaytirgich deb ataladi va u quvvat bo'yicha kuchay tirish koeffitsienti KRbilan ifodalanadi. Bu holda kirish signali manbayi

Ga teng maksimal kuvvat uzatadi,kuchaytirgich esa,yuklamada bo’lishi mumkin maksimal quvvatni xosil qiladi:

Bunda maksimal quvvat kuchaytirish koeffisienti

Amalda ushbu kattaliklarning logarifmlari bilan ishlash qulay. Detsibellarda ifodalangan kuchaytirish koeffitsienti Kp uchun quyidagi yozuv o'rinli:
Kp(dB) = 10 lg Kp.
Elektr quwat tok yoki, kuchlanish kvadratiga proporsional bo'lgani sababli kuchlanish va tok kuchaytirish koeffitsientlari uchun mos ravishda quyidagilarni yozish mumkin:
KU ( d B) = 20 lg KU va K1 (dB) = 20 lg K1.
Agar alohida kaskadning kuchaytirish koeffitsienti dBlarda ifodalangan b o ‘lsa, ko‘p kaskadli kuchaytirgichning um um iy kuchaytirish koeffitsienti alohida kaskadlar kuchaytirish koeffitsientlari yig‘indisiga teng bo'ladi. KU ning detsibellarda va nisbiy birliklardagi qiyosiy qiymatlari 8.1-jadvalda keltirilgan.
8.1-jadval

Kuchaytirilayotgan chastotalar diapazoniga ko‘ra kuchaytirgichlar o‘zgarmas va o'zgaruvchan tok kuchaytirgichlariga bo'linadi. Ular kuchaytirgichning o ‘tkazish polosasiga ko‘ra Д f= f Yu - f P farqlanadi. Har bir kuchaytirgich uchun past fP va yuqori fYu chegaraviy chastotalar kiritiladi. Bu chastotalarda kuchaytirish koeffitsienti — 3 dBga pasayadi.
0‘zgarmas tok kuchaytirgich kirish signalini nolinchi chastotadan yuqori chegaraviy chastotagacha bo'lgan diapazonda kuchaytiradi (0 < f < f Yu).
0‘zgaruvchan tok kuchaytirgichlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
past chastota kuchaytirgichlar (PChK) — kuchaytiriladigan
chastotalar diapazoni birlarcha gersdan yuzlarcha kilogersgacha;
yuqori chastota kuchaytirgichlar ( YChK) — kuchaytiriladigan chastotalar diapazoni yuzlarcha kilogersdan megagersgacha;
keng polosali kuchaytirgichlar — kuchaytirish diapazoni o'nlarcha gersdan yuzlarcha megagersgacha;
tanlovchi (rezonans) kuchaytirgichlar juda to r chastotalar
diapazonida kuchaytiradi.
Bitta kaskadning kuchaytirish koeffitsienti odatda 30 dBdan oshmaydi. Kuchay tirishni kattalashtirish uchun ko'p kaskadli kuchaytirgichdan foydalaniladi. U ketma-ket ulangan bir necha kaskaddan tashkil topgan bo‘ladi.
Kaskadlarni raqamlash kirishdan boshlanadi. Birinchi kaskad kirish kaskadi b o ‘lib, u kuchaytirgichni kirish signali m anbayi bilan muvofiqlashtiradi. Kirish signalini minimal so‘ndirish uchun u katta kirish qarshilikka ega bo‘lmog‘i lozim. Oraliq kaskad kirish kaskadiga yuklama bo‘lib, kirish kaskadini chiqish kaskadi bilan muvofiqlashtirish uchun xizm at qiladi. Chiqish kaskadi aksariyat hollarda quvvat kuchaytirgichni tashkil etadi.

Yüklə 53,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin