Kulliyev Mansurning
“Musiqa nazariyasi” MT
3-semestr uchun
MUSTAQIL ISHI
ASOSIY UCHTOVUSHLIKLARNING QO’SHILISHI
1.Dastlabki malumotlar
Akkordlarning izchil bog’lanib kelishi – garmonik davrasi ularning
qo’shilishidan hosil bo’ladi.
Akkordlarning qo’shilishi badiiy tajribada erishilgan muayyan prinsp
va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Akkordlar qo’shilishining tub manbai – ovoz yo’nalmasidir; bu
yo’nalma ovozlarning birgalikda xilma-xil harakat turlaridan hosil bo’ladi.
2.Ayrim ovozlarni yo’naltirish.
Har bir ayrim ovozning harakati ravon harakat va sakrama harakat
bo’lishi mumkin.
Ovozlarning prima sekunda (bosqichma- bosqich) va tertsiya
oralig’idagi harakati ravon harakat deb ataladi. Ravon harakat badiiy
adabiyotda ko’p uchraganligi sababli garmoniyadan dastlabki ishlarda
qo’llanishi shart.
Ovozlarning kvarta, kvinta, seksta va undan ham kengroq
intervallarga qilgan harakatlari sakrama harakat deb ataladi.
Yaqin oradagi amaliy ishlarga alohida ovozlarning sakrama harakatiga
yo’l qo’yilmaydi. Faqat bas bu qoidadan mustasnodir, chunki unga asosiy
tovushlar T-D va T-S oraliqlaridan kelib chiqadigan kvarta va kvintaga
sakrash g’oyasidir.
3.Ovozlarning birgalikda yo’nalishi (harakati)
Ikki ovozning birgalikdagi harakati uch ko’rinishida: to’g’ri, qarama-
qarshi va qiya ko’rinishlarda bo’ladi. Ovozlarning bir tomonga – yuqoriga
yoki pastga tomon qilgan harakati to’g’ri harakat deyiladi.
To’g’ri harakatning xususiy bo’lsa ham, lekin juda muhim bir
ko’rinishini parallel harakatdir, bu harakat vaqtida ikki ovoz orasidagi
interval o’zgarmay qoladi (boshqacha aytganda, ovozlar bir xil intervalda,
ya’ni parallel tersiyalar, parallel sekstalar, detsimalar bilan yo’naladi):
Ikki ovozning ajraladigan yoki birlashadigan harakati qarama – qarshi
harakat deyiladi:
Yuqorilashuvchi yoki pastlashuvchi ikki ovozdan biri o’rinda qolib,
boshqasi yuqoriga yoki pastga harakat qilsa, u qiya harakat deyiladi:
Yuqoridagi misolda ikki ovozning birga qo’shib yo’naltirish
mumkunligi ko’rsatilgan. Ko’povozliklarda ovozlarning bir necha juft
qo’shilmalari hosil bo’ladi; masalan, to’rtovozlikda olti juft qo’shilma bor:
Akkordlar to’g’ri qo’shilganda ko’p hollarda, ayrim juft ovozlarda
ayni vaqtda bajariladigan to’g’ri, qarama – qarshi va qiya harakatlarning
o’zaro tekis muvozanatihoil bo’ladi.
Harakatning har xil kombinasiyalari bo’lishi mumkin:
a) Qiya harakat bilan birlashgan to’g’ri (parallel) harakat:
b) Qarama – qarshi harkat bilan to’g’ri (parallel) harakat:
c) Qarama – qarshi va qiya harkat bilan to’g’ri harakat:
Dostları ilə paylaş: |