ASOSIY UCHTOVUSHLIKLARNING QO’SHILISHI
1.Dastlabki malumotlar
Akkordlarning izchil bog’lanib kelishi – garmonik davrasi
ularning
qo’shilishidan hosil bo’ladi.
Akkordlarning qo’shilishi badiiy tajribada erishilgan muayyan prinsp
va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Akkordlar qo’shilishining tub manbai – ovoz yo’nalmasidir; bu
yo’nalma ovozlarning birgalikda xilma-xil harakat turlaridan hosil bo’ladi.
2.Ayrim ovozlarni yo’naltirish.
Har bir ayrim ovozning harakati ravon harakat va sakrama
harakat
bo’lishi mumkin.
Ovozlarning prima sekunda (bosqichma- bosqich)
va tertsiya
oralig’idagi harakati ravon harakat deb ataladi. Ravon harakat badiiy
adabiyotda ko’p uchraganligi sababli garmoniyadan dastlabki ishlarda
qo’llanishi shart.
Ovozlarning kvarta, kvinta, seksta va
undan ham kengroq
intervallarga qilgan harakatlari sakrama harakat deb ataladi.
Yaqin oradagi amaliy ishlarga alohida ovozlarning sakrama
harakatiga
yo’l qo’yilmaydi. Faqat bas bu qoidadan mustasnodir, chunki unga
asosiy
tovushlar T-D va T-S oraliqlaridan kelib chiqadigan kvarta va kvintaga
sakrash g’oyasidir.
3.Ovozlarning birgalikda yo’nalishi (harakati)
Ikki ovozning birgalikdagi harakati uch ko’rinishida: to’g’ri, qarama-
qarshi va qiya ko’rinishlarda bo’ladi. Ovozlarning bir tomonga – yuqoriga
yoki pastga tomon qilgan harakati to’g’ri harakat deyiladi.
To’g’ri harakatning xususiy bo’lsa ham, lekin juda muhim bir
ko’rinishini parallel harakatdir, bu harakat vaqtida
ikki ovoz orasidagi
interval o’zgarmay qoladi (boshqacha
aytganda, ovozlar bir xil intervalda,
ya’ni parallel tersiyalar, parallel sekstalar, detsimalar bilan yo’naladi):
Ikki ovozning ajraladigan yoki birlashadigan harakati qarama – qarshi
harakat deyiladi:
Yuqorilashuvchi yoki pastlashuvchi ikki ovozdan biri o’rinda qolib,
boshqasi yuqoriga
yoki pastga harakat qilsa, u qiya harakat deyiladi:
Yuqoridagi misolda ikki ovozning birga qo’shib yo’naltirish
mumkunligi ko’rsatilgan. Ko’povozliklarda ovozlarning bir necha juft
qo’shilmalari hosil bo’ladi; masalan, to’rtovozlikda olti juft qo’shilma bor: