Kun tartibi



Yüklə 447,38 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix18.05.2023
ölçüsü447,38 Kb.
#115931
bo3ir-c2p9v



Qo‘qon shahar MTB tasarrufidagi 14-maktabgacha ta’lim tashkilotining navbatdan
tashqari yig‘ilish
BAYОNIDAN KO‘CHIRMA
11.04.2023 y.
Qo‘qon shahar
Rais:
M.Umarjonova
Kotiba:
Boyqo’ziyeva N
Qatnashdilar: 14 nafar MTT xodimlari, 65 nafar ota-onalar, 59-Oltin vodiy nomli MFY
raisi Z.Olimova 
KUN TARTIBI:
2023 yil 30 aprelda Yangi Konstitutsiya bo‘yicha o‘tkaziladigan referendum to‘g‘risida
Masala yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti ditekrori M.Umarjonova so‘zga chiqdi.
O‘zbekiston hududlari bo‘ylab yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum oldidan
“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida targ‘ibot
tadbirlari, konsert dasturlari o‘tkazilmoqda. Shu o‘rinda bizning 14-davlat maktabgacha
ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida ota-onalar, bobo-buvilarini hursand qilish
maqsadida kichik konsert dasturlari bilan chiqish qilmoqda. Maqsadimiz ota-onalar,
bobo-buvilarda farzandlarining iqtidorlaridan quvonish, zamonaviy ta’lim tashkilotlarida
ta’lim-tarbiya olayotganlaridan faxr tuyg’usini hosil qilishdir.
Masala yuzasidan so‘zga MTT tarbiyachisi M.Xamidova chiqdi: - Ma’lumot o‘rnida
aytishni joiz deb topdim, referendum 30 aprelga 
belgilangan
. Muddatidan oldin ovoz
berish 19-26 aprel kunlari 
bo‘lib o‘tadi
. Referendum o‘tkazish uchun 182,3 mlrd
so‘m 
ajratilgan
.  Oliy Majlis Senati o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy
qonuni loyihasining muhim jihatlari ko‘rib chiqildi. Ushbu loyiha xalqimiz tomonidan eng
ko‘p muhokama qilingan, takliflar bildirilgan, xalqaro ekspertlar fikrlari inobatga olingan
hujjat bo‘lgani qayd etildi. Ayniqsa, davlat hokimiyati tizimi tubdan isloh etilib,
parlamentarizm yanada kuchaytirilishi xalqchil davlatchilik asoslari kuchayishiga zamin
yaratadi.
Tadbir ishtirokchilari qo‘llariga “Seniki”, “Meniki”, “Bizniki”, “Konstitutsiya -
o‘zimizniki” yozuvlari tushirilgan rang-barang plakatlar, shuningdek, “O‘zbekiston
Respublikasining referendumi -2023” yozuvi aks etgan O‘zbekiston Davlat bayrog‘ini
ko‘tarishdi.
So‘zga 59-Oltin vodiy nomli MFY raisi Z.Olimova chiqdi: -Amaldagi Konstitutsiya
bo‘yicha Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari 5 ta bo‘lgan bo‘lsa, loyihaga asosan
ularning soni 12 ta bo‘lmoqda. Senatning mutlaq vakolatlari amaldagi 14 tadan 18 taga
oshmoqda. Mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar natijasida Konstitutsiyaning moddalari
amaldagi 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalari hajmi 65 foizga oshdi. Ushbu o‘zgartish


va qo‘shimchalarning soni va mazmuni Konstitutsiyani yangi tahrirda qabul qilish
zaruratidan dalolat beradi.
Referendum byulletenida: “Siz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?” deb yoziladi. “Biz
faqat yangi tahrirni qabul qilyapmiz. (Bundan keyin ham) Konstitutsiya qabul qilingan
kun-8 dekabr umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi”, – deya aniqlik kiritdi 59-Oltin
vodiy nomli MFY raisi Z.Olimova.
Masala yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI:
1.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ditekrori M.Umarjonovaning hamda 59-Oltin
vodiy nomli MFY raisi Z.Olimovaning ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 
2.
MTT metodisti Boyqo’ziyeva N amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha
MTBga yozma ma’lumot taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
Yig‘ilish raisi:
M.Umarjonova
Kotiba:
Boyqo’ziyeva N


Document Outline

  • 2023 yil 30 aprelda Yangi Konstitutsiya bo‘yicha o‘tkaziladigan referendum to‘g‘risida

Yüklə 447,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin