Qoraqalpoq Davlat Universiteti Magistratura bo’limi “Organik va noorganik kimyo” kafedrasi 1-kurs magistranti Soatboyeva Muhayyoning 2023-yili 5-dekabrda o’tgan darsining
BAYONNOMASI
Nukus shahri: 2023-yil, 5-dekabr
Qаtnаshganlаr: 1-a,e Kimyo guruhi
Fan o’qituvchisi: dot.K.Uteniyazov
KUN TARTIBIDA “Organik va noorganik kimyo” kafedrasi 1-kurs magistranti Soatboyeva Muhayyoning 2023-yili 5-dekabrda 1-a,e kimyo guruhiga “Zamonaviy kimyoda eksperimental tajribalarning metodik asoslari. Kimyoda fizik usullarning klassifikatsiyasi” mavzusida leksiya o’tkazilgan dars o’tish hisobotlarini muhokama qilish .
Tinglandi:
1. Magistrant Soatboyeva Muhayyo chiqib gapirdi: Men darsimni o’zim rejalashtirgandek qilib olib bordim. Talabalarga mavzuning mazmuni haqida to’liq tushuncha berdim. Darsni mustahkamlash uchun talabalarni guruhlarga bo’lish, savol-javob, proektr va slaydlar orqali mavzuning mazmunini ochib bera oldim deb o’ylayman.
2. Kafedra o’qituvchisi K.Uteniyazov: Bugungi magistrant Soatboyeva Muhayyoning 5-dekabr oyi 2023-yili I kurs kimyo guruhiga «Kimyo tarixi» fani bo’yicha o’tkazilgan ochiq darsi yaxshi o’tildi. Guruh talabalari darsga yaxshi qatnashdi. Magistrant o’z ustida izlangani darsda yaqqol ko’rinib turdı. Darsda har xil interaktiv metodlardan foydalandi. O’rgatish usullari talabalar uchun qiziqarli bo’lib o’tganligini aytdi.
3.Guruh magistrantlari Soatboyeva Muhayyoning o’tgan darsiga o’zlarining fikr va takliflarini aytib o’tdi.
MAJLIS QAROR QILADI: “Organik va noorganik kimyo” kafedrasi 1-kurs magistranti Soatboyeva Muhayyoning 2023-yili 5-dekabrda I kurs Kimyo guruhlariga “Kimyo tarixi” fani bo’yicha o’tgan darsi yaxshi deb baholansin.
Kotib: Z.Xalmuratova
Fan oqituvchisi:. K.Uteniyazov
Magistrant:. M. Soatboyeva
Qoraqalpoq Davlat Universiteti Magistratura bo’limi “Organik va noorganik kimyo” kafedrasi 1-kurs magistranti Soatboyeva Muhayyoning 2023-yili 12-dekabrda o’tgan darsining