Ta’kidlanishicha, zavod mahsulotlari hozirda chetdan import qilanayotgan
xomashyolar o‘rnini qoplaydi. Buning evaziga yiliga neft sotib olishga ketadigan 1
milliard $dan ortiq valyuta mablag‘lari iqtisod qilinadi.
Tabiiy gaz
Toza gaz konlarining gazini tabiiy gaz deb nomlash qabul qilingan. Tarkibiy
qismi bo‘yicha u yo‘ldosh gazlardan anchagina farq qiladi. Tabiiy gazda metanning
miqdori yo‘ldosh gazdagidan ko‘p bo‘lib, 98% gacha yetishi mumkin; C
2
va ayniqsa,
C
3
– C
4
uglevodorodlarning miqdori tabiiy gazda, odatda, yuksak emas. Ko‘pgina
tabiiy gazlarda ko‘proq miqdorda inert gazlar (N
2
,CO
2
) va kamyob gazlar (Ar,He va
boshqalar) ham mavjud. Аyrim tabiiy gazlarning tarkibi 3a-jadvalda keltirilgan.
Tabiiy va yo‘ldosh gazlar tarkibiga faqat to‘yingan uglevodorodlar kiradi.
Gaz holidagi olefinlarning qo‘llanilishi
Neftkimyo sintezi sanoatida gaz holidagi olefin uglevodorodlardan juda keng
foydalaniladi. Polietilen, etil spirti, stirol va vinilxlorid olishda etilen ishlatiladi. Uni
oksidlab atsetaldegid, etilen oksidlari olinadi. Propilen esa polipropilenni va u orqali
quyi molekular polimer bo‘lmish sintetik yuvish vositalari xomashyosini, izopropil
spirtini, glitserinlarni ham olishga ishlatiladi. Butilenni asosiy ishlatilish joyi – uni
sintetik kauchuk uchun eng zarur monomer bo‘lmish butadienga degidrirlash, hamda
spirtlar ishlab chiqarishdir; uni oksidlab va xlorlab ham qimmatli mahsulotlar olinadi.
Izobutilen – sintetik kauchuk ishlab chiqarishda monomer hisoblanadi.
Izoamilenlar ham sintetik kauchuk ishlab chiqarishdagi izopren olishga yo‘naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: