АBDULLA АVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI «DARS JADVALI» MODULI BILAN ISHLASH»
Dars jadvali bilan ishlash doirasida tizim sizga quyidagicha ishlash imkoniyatini
beradi:
sinflar bo„yicha o„quv yili uchun dars jadvalini shakllantirish;
dars jadvalini tahrirlash: darslarni qo„shish yoki olib tashlash.
Darslar jadvali xodimlar uchun «Taʼlim» / «Dars jadvali» boʼlimida yoki «Jadvallar» bo„limidagi «Darslar» havolasi orqali mavjud. O„tishdan soʼng quyidagi yorlig„larni o„z ichiga olgan jadval sahifasi ochiladi:
«Sinflar» - jadvalni ko„rishingiz mumkin bo„lgan sinflar ro„yxatini ko„rsatadi.
«O„qituvchilar» - o„qituvchi va uning haftadagi jadvalini aks ettiradi. «Barcha o„qituvchilar uchun dars jadvali setkasi» tugmasini bosganingizda, tanlangan hafta uchun barcha o„qituvchilarning jadvalini ko„rsatadigan yangi sahifa ochiladi.
«Qo„ng„iroqlar» - barcha yaratilgan qo„ng„iroqlar jadvallari ro„yxatini
ko„rsatadi.
АBDULLA АVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI QO„NG„IROQLAR JADVALI Ushbu bo„limda darslarning boshlanish va tugash vaqti belgilanadi. Ushbu maʼlumotlar o„qituvchilar kalendarlarida va o„quvchilar va ota-onalar uchun «Dars jadvali» bo„limida namoyish etiladi. Qo„ng„iroqlar jadvali bitta sinf, bir nechta sinf yoki parellelar uchun alohida yaratilishi mumkin. Har bir qo„ng„iroq jadvaliga tegishli nom beriladi, bu darslar va dars jadvallari bilan aloqalarni yaratishda chalkashliklarni oldini oladi. Qo„ng„iroqlar jadvalini yaratish uchun quyidagilar zarur: