“Kungaboqar”. Talabalar 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo`linadi. O`qituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, o`rtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga yopishtiriladi Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni o`sha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qo`yadilar. Bu uslubdan o`tilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda talabalar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin.