Kurash texnikasi va taktikasi



Yüklə 69,39 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü69,39 Kb.
#183124
1   2   3
1349632360 10467

8- rasm

4.Kurashchilarning yaqin masofasi - kurashchilar bir qo’l bilan gavdani yoka yoki yeng qismidan, ikkinchi qo’l bilan belbog’ning old yoki yon tomondan ushlab turgan xolatlari (9-rasm).




9- rasm

5 . Kurashchilarning o’ta yaqin masofasi - kurashchilar bir-birini quchoqlab olib, gavda bilan bir-birlariga qisilib yoki oyoq. bilan ich-karidan chil solib turgan xolatlari (10-rasm)


Muvozanatdan chiqarish


Raqibni muvozanatdan chiqarish usulning asosiy qismi xisoblanadi. Muvozanatdan chiqarishning qo’yidagi asosiy yunalishlari mavjud :
1. Oldinga — ikki qo’l xarakati bilan raqib oldinga tortiladi, gavdasi oldinga bukilib, oyoqlar poshnasi gilamdan uziladi va raqibning umumiy og’irlik markazi (URM) oldinga intiladi (11-rasm),


11- rasm

Orqaga — ikki qul xarakati bilan raqib orqaga siltanadi, gavdasi orqaga bukilib, oyok, uchlari gilamdan uziladi va URMning vertikal chizig’i orqaga siljiydi (12-rasm).






1 2-rasm

  1. Ungga — chap qo’lning xarakati o’ngga-pastga, o’ng qo’l xarakati ungga-yuqoriga, raqibining ung oyog’ining tashqi tomoniga, chap oyoq. bilan ta’sir ko’rsatiladi. URMning vertikal chizigi ung oyoqda utadi.

  2. CHata — ung tomonga qilingan xarakatlar simmetrik ravishda amalga oshiriladi, faqat URMning vertikal chizig’ chap oyoqqa o’tadi (14-rasm).

  3. Ungga-oldinga — chap qo’l bilan o’zidan yuqoriga, o’ng qo’l yordamida yuqori-ungga xarakat bajarilib, raqibning ung oyog’iga ta’sir ko’rsatiladi

13-rasm.
6. CHapga-oldinga — ungga-oldinga usuldagi barcha xarakatlar simmetrik ravishda bajarilishi shart.


7. Ungga-orqaga — chap oyoq, bilan raqibga yaqinlashadi, chap qo’l xarakati o’zidan ungga-pastga yunalgan, o’ng qo’l esa o’zidan o’ngga va raqibning o’ng oyog’iga ta’sir ko’rsatiladi (15-rasm).
8 . CHapga-orqaga — ungga-orqaga usulidagi barcha xarakatlar simmetrik ravishda amalga oshiriladi. Faqat raqibning URMning vertikal chizig’i chap oyog’iga o’tadi.
Kurashchi raqibini muvozanatdan chiqarar ekan, o’zi mustaxkam turgan bo’lishi va texnik usullar ko’rsatishga shay bo’lishi shart.
Kurashchi gilamda xarakatda bo’lgan paytda uning og’irligi chap yoki o’ng oyog’iga o’tadi va o’z mustaxkamligini yuqotib turadi. Olishuv paytida bunday xarakatlar yashin tezligida bajarilishi shart. Muvozanatdan chiqarish, raqib xarakati qaysi tomonga yunaltirilgan bo’lsa yoki yuzi yunaltirilgan tomonga bajarilsa qulayrok, xisoblanadi. Muvozanatdan chiqarish texnikasini bir joyda mustaxkam tuxtagan xolda o’rganishni boshlash kerak.
Bular asta-sekinlik bilan yaxshi o’zlashtirgandan keyin, xarakat paytida muvozanatdan chiqarish usullarini o’rganish lozim. Bunday maqsadlarga faqat tinimsiz va muntazam mashqlar va mehnat orqali erishish mumkin.

Raqibga yaqinlashish uslublari


Kurashda usullar bajarilishi uchun gavdani tez va yengil xar tomonga burilshiga katta ahamiyat beriladi. Bu xujumda ham, ximoyada ham juda zarur. Burilishning bir nechta asosiy shakllari mavjud:

Ungga:
a) Kurashchi raqibining oldida to’g’ri turgan xolat (33-rasm). Ungga burilish uchun kurashchi o’ng oyog’ini oldinga quyishi zarur, raqibning ung oyog’i oldida, bosh barmog’i uchida, keyin yelkani raqibga o’girib, chap oyog’gini raqibning chap oyog’i oldiga qo’yib, sung 180° burilib, ung oyoqni uchida burib, qulay xolatni egallashi lozim.





b) Kurashchi raqib oldida to’g’ri turgan xolat (17-rasm).


Ung tomonga burilish uchun u chap oyog’ining uchini raqibning chap oyog’i oldiga quyishi lozim, keyin raqibga yelkalarini bura turib, bir siltash bilan ung oyogini o’zining chap oyog’i va raqibning chap oyog’i o’rtasiga quyishi zarur.


17-rasm



CHapga:
a) Kurashchi raqib ruparasida tuppa-to’g’ri turgan xolat. U chap oyog’ining uchini raqibning chap oyog’i oldiga qo’yishi lozim, unga perpendikulyar xolatda ichta qarab qo’yiladi. Keyin uni oldinga xolatidan 180° burib, raqibga yelkalar bilan buriladi, bir vaqtning o’zida chap oyoq uchida burilib, kurashchi uchun qulay xolatni egallashi shart, oyoq uchini yon tomoniga qaratgan bo’lishi kerak;
b) Kurashchi raqib qarshisida tikka turgan xolat. CHapga burilish uchun kurashchi ung oyog’ining uchini raqibning ung oyog’i oldiga quyadi — yon tomonga qaratilgan xolda. Unga yelkasi bilan burilar ekan, bir siltab o’zining chap oyog’ini, o’zining va raqibning ung oyoqlari o’rtasiga qo’yishi shart.

Yüklə 69,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin