KURASH TURLARI BO‘YICHA MUSOBAQALAR O‘TKAZISH VA HAKAMLIK QILISH
REJA:
Kirish
2.Kurash musobaqasining umumiy qoidalari
3. Milliy kurash turlari bo’yicha musobaqalar tashkil qilish va hakamlik qilish
Kurash — sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Milliy kurashning xilma-xil koʻrinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarda mavjud. Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi. 1912-yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasituzildi (hozir unga 144 mamlakat, Oʻzbekiston 1993-yildan aʼzo). Xalqaro maydonda sport kurashining yunonrum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda oʻzbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan olina boshlandi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Shifokorlar nazorati ostida 12 yoshdan kurash bilan shugullanishga ruxsat etiladiKurash azaldan oʻzbek turmush tarzining uzviy qismi boʻlganligini arxeologik topilmalar, tarixiy qoʻlyozmalar tasdiqlaydi. Qadimgi Baqtriya (Oʻzbekiston janubi)

hududidan topilgan jez davriga oid silindrsimon sopol idishda ikki polvon va ulardan biri ikkinchisini chalayotgani tasvirlangan. Shu davrga mansub boshqa arxeologik topilmada esa polvonlarning Kurash usullarini namoyish qilayotgani aks ettirilgan
19-asr oxiri — 20-asr boshi). Chorizm istilosi va shoʻrolar davrida oʻzbek milliy K.ini xalq turmush tarzidan sunʼiy ravishda siqib chiqarishga harakat qilindi. 20-asrning 90-yillari oxiriga kelib bu urinishlarga barham berildi. 1991-yildakurashchilar sulolasi vakili, bir necha K. turlari boʻyicha xalqaro miqyosda sport ustasi Komil Yusupov oʻzbekcha K.ning xalqaro andozalarga moslangan quyidagi qoidalarini ishlab chikdi: K. tushuvchilar 14 x 14 m dan 16x 16 m gacha boʻlgan, chetroq qismi qizil rangli „xavfli chiziq“ bilan belgilangan koʻk-yashil tusli K. gilamida tik turgan holatda bellashadilar. Gʻolib ishlatilgan usullar va maydondagi xatti-harakatlariga qoʻyiladigan baholarga qarab aniqlanadi. K.da boʻgʻish, raqibga ogʻriq beruvchi usullar qoʻllashga ruxsat etilmaydi, kurashuvchilarning biri koʻk, ikkinchisi yashil rangli yaktak (ayollar yaktak ichidan oq rangli futbolka) kiyadi, belga eni 4—5 sm li tasma (belbogʻ) bogʻlanadi, erkaqlar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg va 100 kg dan ziyod, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78, va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar (bolalar, oʻsmirlar, oʻspirinlar, yoshi ulugʻlar va qizlar musobaqalarida ham yosh xususiyatlari hisobga olingan holda vazn toifalari belgilanadi). Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (1KA)ning 2003-yil Toshkentda oʻtgan kongressi har bir uchrashuvning qizgʻin boʻlishini taʼminlash maqsadida rasmiy musobaqalarda bellashuv vaqtini 3 minut etib belgilangandi
Birinchi xalqaro musobaqa bilan bir paytda mamlakat yana bir muhim tarixiy voqeaning guvohi boʻldi. 1998-yilning 6sentabrida Yevropa, Osiyo va Amerikaning 28 mamlakati vakillari Xalqaro Kurash Uyushmasiga asos soldilar. XKU xalqaro miqyosda oʻzbek kurashini namoyon etuvchi rasmiy tashkilotga aylandi. Dastlabki taʼsis kongressi davomida yangi xalqaro sport tashkilotining nizomi tasdiqlandi, Kurashning xalqaro qoidalari qabul qilindi hamda XKUning boshqaruvi organiIjroiya qoʻmitasi saylandi. Kurashni xalqaro miqyosda rivojlantirish gʻoyasining dastlabki tashabbuskori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov bir ovozdan XKUning
Faxriy Prezidenti lavozimiga saylandi.
Kurash xalqaro qoidalari muallifi Komil Yusupov esa XKU Prezidenti etib saylandi. Tashkilot ijroiya qoʻmitasi 15 kishidan iborat boʻlib, qoʻmita aʼzolari XKU kongressi tomonidan koʻpchilik ovoz asosida toʻrt yil muddatga saylanadilar. Ular, shuningdek, qayta saylanish huquqiga ham egadirlar.
1999-yilda Toshkent yana bir olamshumul voqeaning guvohiga aylandi — shu yili boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha birinchi jahon chempionatida Yevropa, Osiyo, Afrika, shimoliy va janubiy Amerika qitʼalarining 48 mamlakati vakillari ishtirok etdi.