Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 4 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-978-983
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
979
April, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Aleksandr Makedonskiy, Chigizxon va Amir Temurlardir.
Ular turli davlarda, bir-
biridan tubdan farq qiluvchi tarixiy sharoitlarda faoliyat ko’rsatishgan. Shu sababli
ularni solishtirish qiyin. Shunday bo’lsada fransuz va rus tadqiqotchilari bu buyuk
sarkardalarning hayotini o’rganib, eng yuqori bahoni Amir Temurga berganlar.
Fikrimizcha buning sabablari quydagilardan iborat:
Aleksandr Makedonskiy taxtni otasidan meros qilib olgan bo’lsa , Chingizxon
katta farzand bo’lganligi tufayli taxtga da’vogarlik qilish huquqiga ega edi. Amir
Temur barlos urug’ining nufuzli beki oilasida tug’ilgan bo’lsada,
tengdoshlari
nazarida taxtni egallash huquqiga ega emasdi. U nimaga erishgan bo’lsa, bu uning
harakati, intilishi, tashkilotchilik va harbiy qobilyatining natijasi bo’ldi.
Aleksandr Makedonskiy o’z harbiy faoliyati davrida birorta ham o’ziga
munosib raqib uchratmagan. U asosan 1 ta davlat, ya’ni
Ahamoniylar saltanatiga
qarshi kurashgan. Munosib raqib bo’lishi mumkin bo’lgan Spitamenning ixtiyoridagi
qo’shin son jihatdan ham, salohiyat jihatdan ham yirik bo’lmagan. Chingizxon o’ziga
munosib raqib sifatida faqat Sulton Jaloliddinni hisoblagan. Amir Temur esa Oltin
O’rda va rus knyazligini egallagan To’xtamishni, Yevropaning birlashgan qo’shinini
yengan Usmonlilar Sultoni Boyazidni va o’z davrining qudratli hukmdorlaridan biri ,
Shimoliy Afrika va G’arbiy Osiyo hududlarini bosib olgan Misr sultoni Faradjni
mag’lubiyatga uchratib, tarixiy taraqqiyot jarayonlarini boshqa yulga burib yuborgan
edi. [2]
Kepakxon vafotidan so’ng ko’chmanchi qabilalarning
xonlari va beklari
o’rtasida hokimyat uchun o’zaro kurashlar boshlanib ketadi. So’nra hokimyat
tepasiga qozonxon kelib, Kepakxonning siyosatini davom ettiradi. Lekin Chig’atoy
urug’ining boshliqlari bu siyosatga qarshi chiqishdi. Kurash yana avj olib ketdi.
Qozonxon uldirildi. Movarounnahrga Qozog’on
egalik qilib, Hirotni bosib olishga
harakat qiladi. Lekin u ov vaqtida uldirildi. Shundan keyin Movarounnahrda kuchli
hukimdor qolmadi. Nizoyu adovat
yil sayin kuchayib borar, davlat parokandalikka
uchragan edi. Bu hol Mug’uliston xoniga Movarounnahrni egallab olish uchun qulay
imkoniyat yaratadi. Tug’luq Temur 1360-1361- yillarda Movarounnahrga bostirib
kelganida o’zaro urushayotgan xonu beklar unga qarshilik ko’rsata olmadi. Yosh
Temur ham
dastlab bunga jurat qilolmadi, aksincha, uning xizmatiga kiradi.
Mug’uliston xoni Xurosonga qochgan Hoji Barlos o’rniga 25 yoshli Temurni kichik ,
lekin boy bo’lgan Shahrisabz tumaniga hokim etib tayinlaydi. [3]
Tug’luq Temur o’ziga nisbatan Temurbekning sadoqatini
his
eta boshlagach, Mug’ulistondagi amirlar isyonini bostirish
maqsadida Movarounnahrni boshqarib turish yorlig’ini Temurga