Kurs guruh talabasi ning Fanidan tayorlagan taqdimoti



Yüklə 11,39 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü11,39 Kb.
#206686
  1   2
Milliy o’zlikni anglash va uning madanyatini asrashdagi o’rni


DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA
INSTITUTI
Boshlang’ich ta’lim va sport
tarbiyaviy ishi yo’nalish sirtqi
___ - kurs _____- guruh talabasi
________________________________________ning
Fanidan tayorlagan
TAQDIMOTI


Mavzu:Milliy o’zlikni anglash va uning madanyatini asrashdagi o’rni
REJA:
  • Milliy o`zlikni anglashning rivojlanish hususiyatlari.
  • Huquqiy savodxonlik – ma’naviy yetuklik mezoni.
  • Demokratiyaning ma’naviy – ma’rifiy jihatlari.

Milliy о‘zlikni anglash har bir inson uchun ma’naviy barkamollikning muhim mezonlaridan biri hisoblanadi. Chunki, u avvalo, о‘zining kimligini bilib olsa, qaysi millatga mansubligini tushunib yetsa, avlod, ajdodlari, ulardan qoldirilgan moddiy va ma’naviy merosni о‘zlashtirsagina tо‘laqonli shaxs darajasiga yetishi mumkin. Bunday shaxslar millatning aksariyat kо‘pchilik qismini tashkil qilsagina unday millatning istiqboli buyuk bо‘ladi. Shuning bilan birga о‘zini chuqur anglab yetgan, kо‘zi ochilgan, aqli raso, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan uyg‘ongan va jipslashgan xalq va millatni, о‘tmishda bо‘lganidek, mustamlakachilik kishanlarida ushlab turish, tili, madaniyati, qadriyatlarini oyoq osti qilish, boyliklarini talab ketish, huquqlarini poymol etish, davlat mustaqilligidan judo qilish aslo mumkin emas.
О‘z-о‘zini anglash bu:
- xalqning, millatning о‘tmish tarixiy taraqqiyot yо‘lini, ota-bobolari, nasl-nasabi, avlodu-ajdodlarining kim bо‘lganligi va ularning jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga qо‘shgan buyuk hissalarini bilib olishdir.
-Milliy о‘zlikni anglash – millat yashayotgan Vatanning porloq istiqbolini ta’minlash uchun qanday imkoniyatlar va qulayliklarga ega ekanligini chuqur anglab yetish, ular bilan cheksiz faxrlanish, mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, real voqelikka aylantirish uchun о‘zini safarbar etish, barcha imkoniyatlari, kuch g‘ayratini ishga solish demakdir. Millat mavjud bо‘lishi uchun til, hudud va ma’naviyat asosiy shart bо‘lgani kabi milliy о‘zlikni anglash ham asosiy zaruriy shart hisoblanadi. О‘zlikni anglash о‘z mohiyatiga kо‘ra millat va elatlar uchun xos bо‘lgan ma’naviyat xususiyatlarini ifoda etib, о‘z funksiyasiga kо‘ra milliy manfaatlarni himoya qiladi.
Shunday qilib, har millat va elatning о‘zini real mavjud subekt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarini ifodalovchi etnik birlik, til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlarga mansubligini, manfaatlar va ehtiyojlar umumiyligini tushunib yetishga milliy о‘zlikni anglash, - deb ataladi. Milliy о‘zlikni anglash millat birligining mustahkamligini, millat manfaatlarining, shaxs, mahalliychilik manfaatlaridan ustun turishini anglash darajasi bilan bog‘liqdir.
Milliy о‘zlikni anglash real hayotda millat sha’ni, qadr-qimmati, obrо‘-e’tibori poymol etilganda yoki millatning manfaatlariga nisbatan ikkinchi bir tomondan zо‘ravonlik harakatlari boshlanib ketgan holatlarda yanada kuchli va yaqqol namoyon bо‘ladi. Bunday holatda, millatning barcha vakillari qaysi lavozimda xizmat qilishi, qaysi darajada boy yoki kambag‘al bо‘lishidan qat’iy nazar о‘zaro birlashib ketadilar va millatning manfaatlarini himoya qiladilar.
Milliy о‘zlikni anglash, millatning til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, hudud yagonaligi, ma’naviyatdagi о‘ziga xosligidan iborat belgilari kabi millatning mustaqil belgisi hisoblanadi. Milliy о‘zlikni anglash millatning mustaqil belgisi ekanligi – milliy manfaatlar, ehtiyojlar umumiyligini himoya qilish va milliy taraqqiyotga erishish va uning jahon taraqqiyotidagi о‘rnini mustahkamlash zaruriyatini anglash bilan belgilanadi.
Milliy о‘zlikni anglash omilining qudrati quyidagi sharoitlarda kо‘proq namoyon bо‘ladi:
Birinchidan, agar milliy о‘zlikni anglash rivojlangan bо‘lsa, yuqorida qayd etganimizdek, millatning manfaatlariga, ayniqsa, sha’ni, qadr-qimmati, obrо‘-e’tibori, g‘ururi poymol etilishiga qaratilgan harakatlar yuzaga kelgan sharoitlarda, millatning barcha vakillari birlashib ketadilar, hatto millatning ichida о‘zaro muxolifatda bо‘lgan tomonlar ham millatning sha’ni, g‘ururi, obrо‘-e’tiborini himoya qilish manfaati yо‘lida birlashadilar.
Ikkinchidan, milliy о‘zlikni anglash ruhiy, his-hayajon, ehtiros omilidir. Mazkur holat tashqaridan qaraganda sezilmaydi. Uni millatning hatti-harkatlarida, intilishlarida va maqsadlarini amalga oshirishlaridagi salohiyati orqali bilib olish mumkin bо‘ladi.
Ruhiy his-hayajon va ehtiroslarning “portlashi” millatning xarakteri, xususiyatlari, milliy g‘oyalarni yaratuvchi, uning taraqqiyotida oldingi safda turuvchi ziyolilarning salohiyatiga bog‘liq.
Uchinchidan, milliy о‘zlikni anglash omili faqat milliy manfaatlarni himoya qilish bilan cheklanmaydi, balki milliy taraqqiyot jarayonida, uning oldida yuzaga keladigan ichki muammolarni hal qilish hamda millatni birlashtiruvchi va harakatga keltiruvchi vazifani ham bajaradi. Bu muammolar mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda sodir bо‘lishi mumkin.
Tо‘rtinchidan, milliy о‘zlikni anglash millatning muhim belgisi sifatida, faqat uning manfaatlarini ifodalab yoki himoya qilish bilan cheklanmaydi, balki shular bilan birga uning abadiyligini ta’minlab turuvchi mustahkam qо‘rg‘on hamdir. “Milliy о‘zligini anglash... о‘zining katta salohiyati bilan millat uchun zarur bо‘lgan asosiy tizimida yetakchi о‘rinni egallaydi. U millatning yuragi, qalbi, tomirlarida oqadigan qoni va gavdasini tik ushlab turuvchi jonidir.
Mustaqillik uchun kurash, garchand chorizmning mustamlakachilik siyosati davridan boshlangan bо‘lsa ham, u shо‘rolar tuzumi davrida yanada keskin tus oldi.Ammo о‘zbek xalqining kо‘zga kо‘ringan millatparvar farzandlarining izchillik bilan bosqichma-bosqich qirib yuborilishi milliy о‘zlikni anglash jarayonining ommaviy ravishda yuksalish imkonini bermagan edi.
80-yillarga kelib sobiq SSSR iqtisodiyotidagi inqiroz, uning siyosatda xalqaro jandarmga aylanishga intilishi, ma’naviyat va ma’rifatdagi qashshoqlashuvi, bu tuzumning millatlarni taraqqiy ettirishga noqobilligini yana bir bor tasdiqlagan edi. Bu jarayon sobiq SSSR tarkibiga kirgan millatlarning mustaqillikka intilishini, о‘zlikni anglashning zimdan о‘sib borishini tezlashtirib yubordi. 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida millatlararo munosabatlarda turli nizolar hamda fojialarning kelib chiqishi milliy о‘zlikni anglashning yashirin qudrati yuzaga qalqib chiqqanligini bildirar edi. Xususan, mustaqillik yillari bosib о‘tilgan tarixan qisqa davr mobaynida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta ishlarni amalga oshirdi. Bu yillarda millatimizning о‘zligini anglashi jadal rivojlanib bordi.

Xulosa



Yüklə 11,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin