Reja: Kirish I-bob. Boshlang’ich sinflarda imlo qoidalari haqida Boshlang’ich sinflarda yozuvdagi xatoliklar
Savodga o’rgatish jarayonida imloga o’rgatish
II-bob. Boshlang’ichsinflardaimloviysezgirliknio’stirish 2.1. Imloviy sezgirlik haqida 2.2. Imloviy qoida ustida ishlash metodikasi
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar MAVZUNING DOLZARBLIGI. O'zbekiston Respublikasi “Davlat tili to'g'risida”gi, “Talim to'g'risida”gi qonunlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”ga muvofiq boshlang'ich sinflarda ona tili fanini o'qitish oldiga yangi- yangi vazifalar qo'yilmoqda.
“Ona tili” fanini o'qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning ijodiy- mustaqil, o'z fikrini erkin va ta'sirli, mazmunli va mantiqli qilib yozma va og'zaki shaklda ifodalashga, o'zbek tili qonun- qoidalarini ongli o'zlashtirishga o'rgatish, shuningdek, ularning fikr doiralarini kengaytirishga, ona yurtimizga, avlod- ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviyatimizga, milliy urf-odatlarimizga mehr- muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
Boshlang'ich ta'lim bosqichida yangi tahrirdagi DTS lari asosida o'quvchilarni ona tili ta'limi sohasi bo'yicha tayyorgarlik darajasiga qo'yilgan talablar standart me'zon orqali aks ettiriladi:
O'qish texnikasi
O'zgalar fikrini va matn mazmunini anglash
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
O'quvchilar shu parametrlar asosida bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi kerak.
Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda 1-4- sinf ona tili fanini o'qitishning oldiga bir qator vazifalar qo'yiladi:
O'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatish;
O'z fikrini o'zbek tilining qonun-qoidalariga muvofiq ravishda og'zaki va yozma ifodalay olish;
Bir ma'noni turli shakllarda bera olish ko'nikmalarini shakllantirish, so'zlardan o'rinli foydalanish;
Dunyoni bilishda ona tilining ahamiyatini singdirish kabi vazifalar shular jumlasidandir.