Курс иши doc



Yüklə 51,7 Kb.
səhifə4/9
tarix31.05.2022
ölçüsü51,7 Kb.
#60227
1   2   3   4   5   6   7   8   9
IJTIMOIY PEDAGOGIKA KURS ISHI


























II BOB. BOLANING RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

2.1.Bolaning ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o’rni


Ijtimoiy pеdagogikada sotsium, ijtimoiy muhit yaqin ijtimoiy ijtimoiy muhit orqali bolaning umuman jamiyatga kirib borishi jarayoni nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. Sotsiumda inson munosabatlari va hayoti ijtimoiy shart-sharoitlari o’zaro ta’sir xususiyatiga ega. Muhit – bu nafaqat ko’cha, uy va buyumlar. Muhit – bu yana o’ziga xos munosabat va qoidalar o’ziga xos munosabat va qoidalar tizimiga ega bo’lgan turli xil insonlar birligi. Shuning uchun, bir tomondan inson unga (muhitga) nimadir o’ziniki olib kiradi, ma’lum bir darajada unga ta’sir qiladi, uni o’zgartiradi, lеkin shu bilan birga muhit ham insonga ta’sir ko’rsatadi, unga o’z talablarini qo’yadi.
Muhitning insonga bo’lgan munosabati shu bilan aniqlanadiki, uning o’zini tutishi qanchalik muhit ishonchiga to’g’ri kеladi. Insonning o’zini tutishi ko’p holda jamiyatda u qanday o’rinni egallashi bilan aniqlanadi.
Inson jamiyatda bir vaqtda bir qancha o’rinlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol kishi o’qituvchi, rafiqa, ona, qiz bo’lishi mumkin. Har bir tutgan o’rin insonga muayyan bir talablarni qo’yadi va shu bilan birga unga qandaydir huquqlarni bеradi. Jamiyatda insonning o’zini tutishi muayyan bir huquq va majburiyatlar bilan tavsiflanadi, sotsiologiyada bu ijtimoiy maqom dеb ataladi.
Ba’zi bir maqomlar bizga tug’ilishimizdan bеriladi. Inson maqomi jinsi, millati, tug’ilgan joyi, ism-sharifi va boshqa omillardan kеlib chiqadi. Bunday maqomlar tug’ma yoki bеrilgan dеb ataladi. Boshqalari esa insonning o’zi mustaqil ravishda jamiyatda shaxsiy harakatlariga ko’ra erishgani bilan aniqlanadi. Masalan, pеdagog, vrach, muhandis maqomini inson kеrakli kasbiy ta’lim yurtida o’qigani va diplom olgani uchun oladi. Bu holda erishilgan yoki olingan maqom haqida gap yuritiladi.
Maqom insonning jamiyatda o’zini tutishini aniqlaydi. Ma’lum bir vaziyatlarda shaxs o’zini istaganicha emas, balki o’z maqomiga ko’ra tutadi. Atrofidagi insonlar undan bu vaziyatlarda muayyan intizomni kutadi, ya’ni inson muayyan bir rolni o’ynashga majbur. Shuning uchun, inson maqomidan kеlib chiqqan kutilayotgan intizom ijtimoiy rol dеb ataladi.
Jamiyatda nafaqat u (jamiyat) bilan kutilayotgan maqomlar, balki ijtimoiy mе’yor va qadriyatlarga to’g’ri kеlmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchun rivojlanish jarayonida bola pozitiv ijtimoiy rolni va shu bilan birga nеgativ rolni ham o’zlashtirishi mumkin. Pozitiv rolli: oila a’zosi (ota va ona, buva va buvi, o’g’il yoki qiz, aka va singil, nеvara va b.), jamoa a’zosi (o’quvchi, o’rtoq, do’st, еtakchi va b.), istе’molchi (insonga ovqat, kiyim, oyoq kiyim va b.), fuqaro (Vatanni sеvadi, u bilan faxrlanadi, vatanparvar bo’lish), mutaxassis (o’qituvchi, vrach, iqtisodchi, muhandis va b.). Bola bilan ma’lum rolda o’zini tutish mеxanizmi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib kеtishni ta’minlaydi, har bir u uchun yangi bo’lgan vaziyatga moslashib kеtish imkoniyatini bеradi. Bu individni ijtimoiy muhit shart-sharoitiga moslashib kеtishi jarayoni ijtimoiy moslashuv dеb ataladi.Odob, axloq, xulqiy sifatlar- shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o‘zaro ta’siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat rivojlanishga ta’sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo‘la olmaydi.
Abdulla Avloniyning fikricha, “Axloq – bu xulqlar majmuidir. Xulq esa kishida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak. Kishilar tug‘ilishida yomon bo‘lib tug‘ilmaydilar, ularni muayyan sharoit yomon qiladi.”1 Buyuk muallimning ta’kidlashicha, axloq tarbiyasi xususiy ish emas, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Ijtimoiy pedagogikada bolaning mikromuhit orqali jamiyatga kirib borishi ko‘rib chiqiladi. Mikromuhitda insonning hayoti va munosabatlari o‘zaro ta’sir xususiyatiga ega. Muhit – bu nafaqat ko‘cha, uy va buyumlar. Muhit – bu o‘ziga xos munosabat va qoidalar tizimiga ega bo‘lgan turli xil insonlar birligi. SHuning uchun, bir tomondan inson unga (muhitga) nimadir shaxsan o‘zinikini olib kiradi, ma’lum bir darajada unga ta’sir qiladi, uni o‘zgartiradi, lekin shu bilan birga muhit ham insonga ta’sir ko‘rsatadi, unga o‘z talablarini qo‘yadi.
Muhitning insonga bo‘lgan munosabati, uning o‘zini tutishi qanchalik muhitning ishonchiga to‘g‘ri kelishi bilan aniqlanadi. Insonning o‘zini tutishi ko‘p holda jamiyatda u qanday o‘rinni egallashi bilan belgilanadi.
Inson jamiyatda bir vaqtda bir qancha o‘rinlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol kishi o‘qituvchi, rafiqa, ona, qiz bo‘lishi mumkin. Har bir tutgan o‘rin insonga muayyan bir talablarni qo‘yadi va shu bilan birga unga qandaydir huquqlarni beradi. Jamiyatda insonning o‘zini tutishi muayyan bir huquq va majburiyatlar bilan tavsiflanadi, sotsiologiyada bu ijtimoiy maqom deb ataladi.
Maqomlarning ba’zi birlari insonga tug‘ilishi bilan beriladi. Inson maqomi jinsi, millati, tug‘ilgan joyi, ism-sharifi va boshqa omillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday maqomlar tug‘ma yoki o‘zlashtirilgan deb ataladi. Boshqalari esa insonning o‘zi mustaqil ravishda jamiyatda shaxsiy harakatlariga ko‘ra erishgani bilan aniqlanadi. Masalan, pedagog, vrach, muhandis maqomini inson kerakli kasbiy ta’lim yurtida o‘qigani va diplom olgani uchun oladi. Bu holda erishilgan yoki olingan maqom haqida gap yuritiladi.
Maqom insonning jamiyatda o‘zini tutishini aniqlaydi. Ma’lum bir vaziyatlarda shaxs o‘zini istaganicha emas, balki o‘z maqomiga ko‘ra tutadi. Atrofidagi insonlar undan bu vaziyatlarda muayyan intizomni kutadi, ya’ni inson muayyan bir rolni o‘ynashga majbur. Shuning uchun, inson maqomidan kelib chiqqan kutilayotgan intizom ijtimoiy rol deb ataladi.
Inson hayoti davomida nafaqat jamiyat bilan kutilayotgan maqomlar, balki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga to‘g‘ri kelmaydigan maqomlar ham mavjud. SHuning uchun rivojlanish jarayonida bola pozitiv ijtimoiy yoki negativ rolni ham o‘zlashtirishi mumkin.
Pozitiv roli: oila a’zosi (ota va ona, buva va buvi, o‘g‘il yoki qiz, aka va singil, nevara va b.), jamoa a’zosi (o‘quvchi, o‘rtoq, do‘st, etakchi va b.), iste’molchi (insonga ovqat, kiyim, oyoq kiyim va b.), fuqaro (Vatanni sevish, u bilan faxrlanish, vatanparvar bo‘lish), mutaxassis (o‘qituvchi, vrach, iqtisodchi, muhandis va b.).
Bola bilan ma’lum rolda o‘zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, har bir u uchun yangi bo‘lgan vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi.
Bu individni ijtimoiy muhit shart-sharoitiga moslashib ketishi jarayoni ijtimoiy moslashuv deb ataladi.
Ijtimoiylashuv jarayonida insonning “hammadek” bo‘lish ob’ektiv ehtiyoji namoyon bo‘ladi. Biroq shu bilan parallel ravishda bolada boshqa ehtiyoj - o‘zini o‘z individualligini ko‘rsatish ehtiyoji shakllanadi. Bola uni ifodalash usul va vositalarini qidira boshlaydi, qaysidir ma’noda uni namoyon qiladi, natijada uning individuallashuvi sodir bo‘ladi. Bolaning individuallashuvi - u yoki bu ijtimoiy ahamiyatga ega shaxs xislat va xususiyatlari aynan shu insonga mansub shaklda namoyon etadi. Ijtimoiy o‘zini tutish esa boshqa insonlar intizomiga tashqi tomondan o‘xshashiga qaramay betakror, individuallik qirralarni egallaydi.
Shunday qilib, bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki yo‘nalish bo‘yicha sodir bo‘ladi: ijtimoiylashuv (ijtimoiy madaniy tajribani egallash) va individuallashuv (mustaqil bo‘lish).
Agar bolani mikromuhitga kiritishda ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari orasida muvozanat belgilansa, ya’ni bola, bir tomondan, mazkur jamiyatda o‘zlashtirilgan me’yor va qoidalarni o‘zlashtirsa, boshqa tomondan unga o‘ziga tegishli individualligini qo‘shsa, muhitda bolaning integratsiyasi sodir bo‘ladi.
Agar bolaning guruhga moslashish jarayoni sodir bo‘lmasa, unda o‘ziga ishonmaslik, tortinchoqlik, tashabbussizlik sodir bo‘lishi , bu esa shaxsni jiddiy deformatsiyaga olib kelishi mumkin.
Agar bola moslashuv fazasidan o‘ta olsa va atrofdagilarga o‘z individual farqlarini ko‘rsatishni boshlasa, atrofdagilar esa uning individualizmini jamiyat me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblasa, unda bolada negativlik, gumonsirash, agressiya, o‘ziga yuqori baho berish holatlari ko‘rinadi.Jamiyatning bolalar ongiga ta’sir o‘tkazishi asosan ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Inson kamolotida ta’lim-tarbiya etakchi rol o‘ynaydi. Chunki:

  1. Ta’lim-tarbiya jarayonida kishi organizmining o‘sishi va muhitning stixiyali ta’siri bera olmaydigan narsalarni o‘rganib oladi. Masalan, tilni odamlarning ta’sirida o‘rganib olish mumkin. Lekin o‘qish, yozishni maxsus ta’lim orqali o‘rganadi.

  • Ta’lim-tarbiya yordamida hatto kishining ba’zi tug‘ma kamchiliklari ham kerakli tomonga o‘zgartirish mumkin. (ko‘r, kar, soqov).

  • Ta’lim-tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz beradigan kamchiliklarini ham tugatish mumkin. (Bolalarning karta o‘ynashi, so‘kishi, chekishi).

  • Ta’lim-tarbiya natijasida bolada bilimlar, ko‘nikma va masalalar hosil bo‘libgina qolmay, balki dunyo qarash ham shakllanadi, kamolotga etib boradi. Bilmlarning egallanishi uning jismoniy va ma’naviy jihatdan o‘sishiga yordam beradi. Masalan, Sarimsoqov 29 yoshida akademik, N. I. Lobachevskiy 14 yoshida Qozon universitetiga o‘qishga kirgan, 23 yoshida professor darajasiga erishgan. O‘zbek olimlaridan Shavkat Alimov, SHavkat Ayupov, va Rahim Hayitovlar ham shu yoshlarda professorlik nasib etgan.

Jamiyatning bolalar ongiga ta'sir o'tkazishi asosan ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Udastlab oila sharoitida va maktabgacha tarbiya muassasalarida, keyinchalik maktab, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi va oliy maktabda ta'lim-tarbiya oladi. Shu sababli inson kamolotida ta'lim va tarbiyaning etakchilik qilishiga imkon berish darkor. Ta'lim va tarbiya jarayonida kishi organizmining o'sishi va muhitning stixiyali ta'siri Bera olmaydigan narsalarini o'rganib oladi. Masalan, bola o'z ona tilini atrofni o'rab turgan muhitning ta'sirida o'rganib olishi mumkin. Lekin o'qish va yozishni maxsus ta'lim -tarbiya yo'li bilangina o'rganadi, mehnat va kasb egallash ko'nikma va malakalari faqat ta'lim jarayonida egallanadi.
Ta'lim-tarbiya yordamida kishining ba'zi tug'ma kamchiliklarni ham kerakli tomonga o'zgartirish, shuningdek, muhitning salbiy ta'siri natijasida yuz bergan kamchiliklarni ham tugatish mumkin (bolalarning karta o'ynashi, qo'pollik, so'kish, papiros chekishlari va h.k.).
Ta'lim jarayonida bolada bilimlar, ko'nikma va malakalar hosil bo'libgina qolmay, balki ilmiy dunyoqarash ham shakllanadi. Xullas, bizning asosiy va eng muhim vazifamiz, bolalarning qobiliyat va iste'dodlarini o'z vaqtida payqab olish va ularning kamol topishlari uchun qulay sharoit, ta'lim-tarbiya berishdir.
Tarbiya va rivojlanishning o'zaro bir-biriga ta'siri va munosabatlari mavjud, chunki qaerda tarbiya jarayoni muammolari to'g'ri hal etilsa, u shaxs kamolotiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta'minlashi uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o'zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatdan rivojlantiruvchi omil bo'lmog'i uchun tarbiyalanuvchi jamiyatning tarbiya oldiga qo'ygan talablarini, shaxsning o'ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning etakchi rolini e'tirof etish bilan birga ularning o'zaro bir-biriga ta'sirini tan oladi.
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil bo'lmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo'ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini bilish va hisobga olish juda muhim. Ma'lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o'quvchi-talabalarning har birining o'ziga xos xususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud. Bu o'ziga xoslik rivojlanish jarayonida yaqqol namoyon bo'ladi. Bolalarni o'qitish va tarbiyalashning muvaffaqiyati o'qituvchining har xil yoshdagi bolalar o'rtasidagi tafovutlarni qay darajada hisobga olishiga bog'liqdir.
Shunday ekan, tarbiyachi, pedagog maktabgacha yoshdagi va maktab hamda o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida ta'lim-tarbiya olayotgan o'quvchi talabalarning yosh davrlari bilan xususiyatlarini hisobga olmoqlari lozim.
Demak, bizning asosiy va eng muhim vazifamiz, bolalarning qobiliyat va iste'dodlarini o'z vaqtida payqab olish va ularning kamol topishlari uchun qulay sharoit, ta'lim-tarbiya berishdir.

Yüklə 51,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin