I-bob.Muammoni o’rganish holati.
1.1 Bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarining turli-tumanligining o’ziga xos xususiyatlari.
Bolalar nutqi о‘ziga xos xususiyatga ega bо‘lib, bu asosan bolalar talaffuzida yaqqol namoyon bо‘ladi. Jumladan, ovoz va nutqiy nafasda. Nutq buzilishining asosiy belgilari bular nutqiy artikuliyatsiya motorikasi va nutqiy nafas bilan bog‘liq bulgan tovushlar talafuzi va ovoz nuqsonlaridir. Nutq buzilishlarining turlariga kо‘ra barcha nuqsonlar quyidagilarga bо‘linadi:
a) antropofonik (tovushni buzilib talaffuz kilish)
b)fonologik (tovushni yо‘qligi, tovushni almashtirish, differensiallanmagan talaffuz).
Fonologik nuqsonlarda tovushlarni akustik va artikulyatsion xarakteristikasini noanikligi kuzatiladi. Shuning uchun kо‘p hollarda yozma nutqda ham kamchiliklar kuzatiladi.
Ovoz va tovush buzilishlarining barcha shakllarida
artikuliyatsiya motorikasi buzilishlar kuzatilib, ular bir qator belgilarga ega. Bu xolning artikuliyatsiya muskulaturasida quyidagi shakllari farqlanadi: artikuliyatsiya muskullarining spastikligi - til, lab,
yuz va bо‘yin muskullari tonusining doimiy ravishda ortib borishi. Yaqqol namoyon bо‘lgan muskullar tonusining ortishi natijasida til tarang xolda, orqa tomon tortilgan, til uchini tepaga kо‘tarishga, noaniq holda bо‘ladi.
Lab aylana mushaklarining tonusining ortishi natijasida lablarning spastik birikuvi, taranglashuvi kelib chikadi. Bunda faol harakatlar cheklangan bо‘ladi. Tilning oldinga harakatlar hajmi cheklanadi yeki umuman yо‘qoladi.
Yuz va bо‘yin mushaklari tonusining ortishi artikuliyatsiya apparatining ixtiyeriy harakatlarini yana qiyinlashtiradi. Mushaklar tonusi buzilishining yana bir kurinishi gipotoniY. Gipotoniya til ingichka, lablar bо‘shashgan, ularning birlashish imkoniyati bо‘lmaydi. Bunda, odatda og‘iz ochiq buladi.
Artikuliyatsiya motorikasining buzilishlari artikuliyatsiya mushaklarining harakatchanligining cheklanganligi natijasida kelib chiqadi va bu hol mushaklar tonusining ortishi, ixtiyorsiz harakatlar va disko-ordinatsion buzilishlar hisobiga yanada og‘irlashadi. Artikuliyatsiya mushaklarining harakatchanligini yetarli emasligi natijasida tovushlar talaffuzida kamchiliklar kelib chiqadi. Lab mushaklarining jarohatlanishi natijasida ham unli xam undosh tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Ayniqsa lab undoshlari p, m, b to-vushlarida buzilishlar kuzatiladi. Bola lablarini chо‘chchaytirishga, doira holiga keltirishga, tepa labini tepaga kо‘tarishga, pastki labini pastka tushirishga va boshqa bir qator harakatlarni bajarishga qiynaladi. Lablar harakatini cheklanganligi butun artikuliyatsiyani buzilishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |