2.2. Bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf etishda didaktik
o`yinlarni turkumlash va ulardan foydalanish bo`yicha tavsiyalar…………..51-58
2.3. Nutq nuqsonlarini bartarf etishda xalq og’zaki
ijodidan
foydalanish…………………………………………………………………….58-69
TAJRIBA-SINOV …………………………………………………..69-72
XULOSA VA TAVSIYALAR………………………………………72-79
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………80-81
3
KIRISH
Hozirgi paytda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov yosh
avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Insonning eng muxim xususiyatlaridan biri uning so`zlash qobiliyatidir.
Ravon nutq orqali ifodalangan fikr tushunarli va yoqimlidir. Nutq insonning
murakkab oliy psixik funksiyalaridan biridir. Nutq harakatlari murakkab a’zolar
tizimi orkali amalga oshiriladiki, bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o`ynaydi, nutq
fakat inson uchun xos bo`lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir, nutqiy
aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir – birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy
aloqa til orqali amalga oshiriladi, til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar
tizimidir, odam nutqi tushunarli va ma’noli bo`lishi uchun nutq a’zolarining
xarakatlari aniq va to`g’ri bo`lishi kerak . Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini
tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yaxshi bilish zarur. Nutq buzilishlari
uzoq yillar davomida o`rganilib kelayotgan sohadir. Nutq normasi deganda nutq
faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari
tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatida uning psixofiziologik mexanizmlari
saqlangan bo`ladi. Nutq buzilishlari gapiruvchi shaxsning ma’lum til muhitida qabul
qilingan, nutq faoliyati normal holda ishlayotgan psixofiziologik mexanizmlarning
zaiflashuviga bog’liq holda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi.
Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa
vositasining buzilishidir. Bunda individ bilan jamiyat orasidagi nutqiy muomalada
ko`zga tashlanadigan o`zaro munosabatlarning buzilgani ma’lum bo`ladi.
Nutq buzilishlari quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1) so`zlovchining yoshiga nomuvofiqlik xususiyati;
2) shevachilik, nutqiy savodsizlik, til bilmaslikning ifodasi bo`lmagan
xususiyatlar;
3) nutqning psixofiziologik mexanizmlaridagi chetlashish bilan bog’liq
bo`lgan xususiyatlar;
4) o`z-o`zidan yo`qolmaydigan, balki mustahkamlanadigan barqaror
xususiyatlar;
4
5) nutq buzilishining xarakteriga bog’liq holda mustahkamlanadigan
barqaror xususiyatlar;
6) bolaning
keyingi
psixik
rivojlanishiga
tez-tez
salbiy
ta’sir o`tkazadigan xususiyatlar.
Bunday tarif nutq buzilishlarini nutqning yoshga bog’liq xususiyatlaridan,
uning bolalarda va kattalarda vaqtinchalik buzilishidan; nutqning territorial dialektli
va sosial-madaniy omillari bilan bog’liq xususiyatlaridan farqlash imkoniyat
yaratadi.
O`zbekiston Respublikasi Ta’lim to`g’risidagi qonunning 23 moddasiga
ko`ra rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo`lgan anomal
bolalar ta’lim olish huquqiga ega. Bizning mamlakatimizda anomal bolalarga
yordamni tashkil etish – inson haqida g’amxo`rlik ko`rsatilishining yorqin
namunalaridan biridirO`zbekistonda anomal va nogiron bolalarga yordamgni tashkil
etish maxsus maktab internatlar, zaif eshituvchi bolalar uchun maktab internatlari;
aqlan zaif bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari o`quv kuni uzaytirilgan
maktablar, maktab-internatlar, profesional mexnat kolejlarida maxsus guruxlar; zaif
ko`ruvchi va zaif eshituvchi, og’ir nutq nuqsonlari bor bolalar uchun maktbgacha
tarbiya muassasalari, maxsus maktab internatlar, o`rta umumiy ta’lim maktablari
qoshida nutqiy sinflar; ruµiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun o`rta umumiy
ta’lim maktablari qoshida tenglashtirish sinflari, maktab internatlar; xarakat-tayanch
a’zolari jaroxatlangan bolalar muassasalari, maktab-internat; o`rta umumiy ta’lim
maktablari qoshida logopedik punktlar ishlab turibdi.
Sog’liqni saqlash vazirligi qoshida anomal bolalarga tibbiy yordam
ko`rsatadigan
maxsus
psixonevrologiya sanatoriylari,
stasionarlar bor,
poliklinikalarda surdologik, logopedik kabinetlarda mutaxassis-defektologlar tibbiy
xodimlar bilan hamkorlikda tegishli ishlarni olib bormoqdalar. Og’ir nutq nuqsonlari
bor bolalar uchun xalq maorifi ministrligi qoshida maktabgacha yoshdagi bolalarga
mo`ljallab, nutqiy bog’chalar yoki bolalar bog’chalari qoshida nutqiy guruxlar
tashkil etilgan. Bu turdagi maxsus bog’chalarning asosiy vazifasi nutq
kamchiliklarini iloji boricha barvaqt aniqlab bularni bartaraf etish va shu yo`l bilan
5
og’ir nutq nuqsonlarining odini olish, ikkilamchi asoratni bartaraf etishdir. Maktab
yoshidagi logopat, ya’ni nutqida kamchiligi bo`lgan bolalar uchun ommaviy umumiy
ta’lim maktablarida logopedik punktlar tashkil etilgan. Tekshirishlar natijalari
logopedik xulosalarda yakunlanadi. Logopedik xulosalar asosida bola bilan olib
borilishi kerak bo`lgan chora –tadbirlar, reja tuziladi. Rivojlanishida nuqsoni bo`lgan
bolalar me’yorda rivojlanayotgan tengdoshlari orasidagi xarakterli farqlardan biri –
ruhiy jarayonlarning etarli rivojlanmasligi hisoblanadi. Rivojlanishi orqada qolgan
bolalarning umumiy tavsifi uning verbal imkoniyatlari doimo past ekanligini
ko`rsatadi. Shuningdek, bola nutqining rivojlanish darajalari va intelekti orasida
o`zaro murakkab munosabatlar hukm suradi. Maxsus usullar yordamiad bolalarni
faqat lozim bo`lgan so`zlarning ma’nosini tushuntiribgina qolmasdan, balki undan
o`z nutqida faod qo`llashga o`rgatib boriladi. Bilish faoliyatining holati, atrofdagilar
bilan bolaning muloqatga kirishish imkoniyati, odob – axloq normalarini
o`zlashtirish, ijtimoiy adaptasiyaning muvaffaqiyatli bo`lishi ko`p jihatdan bola
nutqining rivojlanish darajasiga bog’liq. Nutqida nuqsoni bor bolalar bilan olib
boriladigan ta’lim tarbiya jarayonida bolalar quyidagi bilim, ko`nikma, malakalar
bilan qurollantiriladi:
- Bolalarni nutq kamchiliklarini bartaraf etish va shu bilin birga idrok,
xotira, tafakkur, tasavvur kabi bilish qobiliyatlarini rivojlantirish;
- Korreksion – pedagogik ish faoliyatini to`g’ri yo`lga qo`yish;
- Bu jarayonda qo`llaniladigan ish metod va usullarini analiz, sintez,
taqqoslash,
umumlmshtirish, konkretlashtirish kabi aqliy
operasiyalardan foydalanish;
- Bolalarning individual va psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda
nutq o`stirishga qaratilgan maxsus usullardan foydalanish va ularni hayotga
moslashtirish;
6
Shu maqsadni amalga oshirish uchun biz tadqiqotimizning maqsadini va
ustivor vazifalarini belgilab oldik.
Dostları ilə paylaş: |