Kurs ishi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning manbalari mundarija



Yüklə 155,31 Kb.
səhifə1/9
tarix09.05.2023
ölçüsü155,31 Kb.
#110151
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning manbala

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH


KURS ISHI

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning manbalari

MUNDARIJA


KIRISH 3
I.BOB. INVESTITSIYA LOYIHALAR TUSHUNCHASI VA MOHIYATI 6
I.1.Investitsiya faoliyatining mohiyati, ahamiyati va uning yo’nalishlari 6
I.2.Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari 21
II.BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI QIYMATINI BAHOLASHNI TAKOMILLASHTIRISH 25
II.1.O’zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholash bilan bog’liq muammolar 25
II.2.Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni takomillashtirish yo’llari 29
XULOSA 33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 37


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayotning hamma tomonlarini, ayniqsa, iqtisodiyotni isloh qilishda katta yutuqlarga erishilmoqda. Mamlakatda iqtisodiyotni bozor yo’nalishida o’zgartirish, qayta qurish sohasida tamomila yangi yondashuvlar ishlab chiqildi va uning eng muhim hususiyati islohotlarning har bir bosqichida asosiy maqsadlar va ustuvor yo’nalishlar puxta belgilab olindi.
Faol investitsiya siyosati — barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishning eng muhim shartlaridan biridir. Shu bois davlatimiz rahbari SH. M. Mirziyoyev tashabbusi bilan 2019-yilni mamlakatimizda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb eʼlon qilindi.
Investitsiya bo‘lmasa, iqtisodiyot rivojlanmaydi” — Shavkat Mirziyoyev1
Mamlakatimizda, shu jumladan mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va tashkil etishga qaratilgan investitsiya siyosatini yanada faollashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilingan 2019-yilda investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish va soddalashtirish, investitsiyalarni, avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirishni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.2
Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar 2019-yilda 184 trln so‘m atrofida kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish imkonini berdi va bu o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘p dyemakdir. Yalpi ichki mahsulotda investitsiyalarning ulushi 34 foizdan oshdi.
“O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi” O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan xalqaro tajriba, respublika iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududlari investitsiya jarayonlari rivojlanishidagi tendensiyalar va muammolar tahlili asosida tayyorlangan.
2025 yilgacha investitsiya siyosatining maqsadi iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va muvozanatini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish, hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish hisoblanadi.
Strategiyaning asosiy vazifalari uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha: investitsiya muhitini yaxshilash, ichki investitsiya manbalarini kengaytirish va investitsiya manbalarining samaradorligini oshirish, samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish aniqlangan.
2025 yilgacha investitsiyalarning asosiy manbalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik, davlat investitsiyalari va korporativ qimmatli qog‘ozlar sarmoyalari bo‘ladi. 2019-2025 yillarda amalga oshirilayotgan hamda istiqbolli yangi investitsiya loyihalari doirasida 1002,5 milliard so‘mdan ortiq markazlashtirilmagan investitsiyalarni o‘zlashtirishi ko‘zda tutimoqda. Shuningdek, yaqin 30 foizi korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2018 yildagi 30,5 foizdan 2025 yilda 37,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Shuningdek, 2025 yilda jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar miqdori 11 milliard AQSh dollarga yetkaziladi, bu ko‘rsatkich 2018 yilda 1,6 milliard AQSh dollarni tashkil qilgan.3
Investitsion siyosat strategiyasining amalga oshirilishining natijasi respublikaning hududiy va sanoat rivojlanishini har tomonlama ta’minlash, shuningdek mahsulotlarning xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan qiymat zanjirlarini shakllantirish, mavjudlarini mustahkamlash va yangi hududlararo va tarmoqlararo aloqalarni shakllantirish, sohalar, hududlar, davlat organlari va xususiy biznes o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘ladi.

Yüklə 155,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin