Kurs ishi mavzu: amir temur va temuriylar shajarasi topshirdi: Batirova D. Qabul qildi: Abduqayumov A. Toshkent-2013 mundarija



Yüklə 371,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix02.06.2023
ölçüsü371,11 Kb.
#124125
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Kurs ishi mavzu amir temur va temuriylar shajarasi topshirdi B

Umar Shayx Mirzo 
Umar Shayx Mirzo Amir Temurning 2-o„g„li bo„lib 1356 yilda tug„ilgan. 
Umar Shayx Mirzoning onasi To„lin Og„odir. 
Umar Shayx Mirzo harbiy ishlarga iqtidori yuksak bo„lib, mohir chavandoz 
va tolmas jangchi bo„lgan. Shu bois bo„lsa kerak, uning jangovarlik faoliyati 
haqida ko„pgina naql va rivoyatlar yozib qoldirilgan. 
1370 yilda sohibqiron Amir Temurning Husayn ibn Musallabga qarshi 
olib borgan jangida 15 yoshli Umar Shayx Mirzo alohida jangovarlik namunasini 
ko„rsatgan. Shuningdek, u Farg„onada mo„g„ullarga qarshi ko„pgina janglarda ishtirok 
etadi. U o„zining mardligi bilan sohibqiron qo„shinida ustuvor sarkarda bo„lgan. 
Umar Shayx Mirzo Sirjon qal'asini muhosara qilish ishini amir Idigu 
barlosga topshirib, o„zi Sherozga keladi. Sherozda ishonchli kishilardan amir Sanjaq 
huzuriga kelib, uni fors mamlakatlarini zabt qilish ishiga mutassadi qilib, so„ngra otasi 
sohibqironning huzuriga jo„naydi. Umar Shayx Mirzo Kurdistondan o„tib 
borayotganda, yo„l chekkasidagi Harmotu qal'asiga ko„zi tushadi. Qal'ani yaqinroqdan 
tomosha qilish niyatida bir tepalikka chiqib, qal'a tomon nazar tashlaydi. Shu payt qal'a 
ichidan otilgan nogahoniy
o„q Mirzoning qulog„i tagidagi ko„k tomiriga kelib tegadi va Umar Shayx Mirzo shu 
zahotijon beradi.
Umar Shayx Mirzo jasadini avval Sherozga muvaqqad dafn qiladilar.
Keyinchalik marhum Umar Shayx Mirzoning xotinlari Sevinch Qutlug„ Og„o 
begim, Beka Mulk Og„o begim va Mulkat Og„o begimlar hamda hali voyaga 
yetmagan (sag„ir) o„g„li Iskandar Mirzolar jasadni Sherozdan Keshga (Shahrisabz) 
olib keladilar va temuriylar xonadoni uchun maxsus qurilgan daxmaga dafn qiladilar.
Marhum Umar Shayx Mirzodan olti o„g„il qoladi. Ularning kattasi Pir 
Muhammad Mirzo 16 yoshda edi. Undan keyingilari Rustam Mirzo, Iskandar Mirzo, 
1
1
Файзиев Т. Темурийлар шажараси. Тошкент, 1995. 69-81 бб. 


Ahmad Mirzo, Saidi Ahmad Mirzo va Boyqaro Mirzolar edi. Amir Temur Fors 
mamlakatining hukmdorligini 16 yoshli Pir Muhammad Mirzoga topshiradi.
11 

Yüklə 371,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin