2.2 O‘quvchilarini tejamkorlik ruhida tarbiyalashda maqol va hikoyalardan foydalanish
Bozor iqtisodiyoti oila tarbiyasida keng qo’llanib kelingan milliy qadriyat sifatidagi tajribalariga suyanishni ham taqozo etadi. Masalan, o’zbek oilalarida bolalarni tejamkorlik ruhida tarbiyalab kelganlar, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaganlar.
Mol qadrini biluvchi kishilar o’rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o’rni kelganda, so’mni ayamas. Sahovatning ziddi bahillik o’ldig’i kabi iqtisodning ziddi isrovdur. Alloh. Taolo isrof qiluvchilarni suymas».
Ota-bobolarimizning o’z farzandlarini tejamkor bo’lishga undaganlarini xalq og’zaki ijodi misolida ham ko’rishimiz mumkin. Masalan, tejamkorlik mavzui xalq maqollarida ham o’z aksini topgan. Zero, bu maqollar yuz yillar davomida avloddan-avlodga o’tib, xalqning dilida saqlanib kelgan.
Dostları ilə paylaş: |