2.1 Tarbiya jarayonida iqtisodiy tushunchalarni singdirish
Iqtisodiy tarbiya boshlang’ich sinf o`quvchisi tarbiyasining muhim muammolaridan biridir. “Iqtisodiy o’zgarishlarni ustivor deb hisoblayotganimiz, taqsimotning ma’muriy buyruqbozlik tizimidan butkul voz kechayotganimiz hamda bozor iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy mnosabatlarni shakllantirayotganimiz jamiyatni isloh qilishga qat’iy yondoshishimizning ifodasidir”, degan edi muxtarama Birinchi prezidentimiz I.Karimov.
O'quvchilar ongida iqtisodiy ta'limning asosiy tushunchalarini singdirishda mehnat tarbiyasidan foydalanish, o’quvchilarning mustaqil fikrlovchi komil insonni shakllantirish to’g’risida fikrlar asoslab berilgan.
Bolalarga iqtisodiy tarbiya berish eng avvalo oiladan boshlanadi va maktabgacha ta’lim muassasasida va maktabda davom ettirilishi, iqtisodiy tarbiyaning mazmuniga sharq mutafakkirlari katta e’tibor qaratib kelganliklari, oqilona ehtiyojlarni, ularni moddiy imkoniyatlar bilan taqqoslash qobiliyatini shakllantirish, bolalarda o’z ehtiyojlarini to'laroq qondirishga bo’lgan izlanishlarda mehnatga yo’nalganlikni tarbiyalash haqida batafsil yoritib berilgan.
Ma’lumki, «iqtisod» so’zining ma’nosi keng bo’lib, chuqur mazmunga ega. Ko’p urindi bu so’z xalq ichida «tejamkorlik» so’zining sinomini sifatida qo’llaniladi. Tejamkorlik haqida so’z ketganda isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslikki tushunamiz.
Dostları ilə paylaş: |