O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH
DAVLAT UNIVERSITETI
“Iqtisodiyot” kafedrasi
“Makroiqtisodiyot” fanidan
KURS ISHI
Mavzu:
Milliy hisoblar tizimida Yalpi ichki mahsulot
ko`rsatkichini hisoblash shartlari va usullari
Bajardi “Iqtisodiyot” fakulteti “Iqtisod” yo’nalishi 2 – kurs
197– sirtqi guruh talabasi Zaribboyev Shixnazar
Qabul qildi _________________
Urganch - 2022 yil
Kirish
Asosiy qism
1
Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari
2.
YAIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash
3.
YAIMni xarajatlar bо‘yicha hisoblash
4. YAIMni daromadlar bо‘yicha hisoblash
5.
Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa kо‘rsatkichlar va ular о‘rtasidagi nisbat
6. Nominal va real YAIM
7.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mamlakat iqtisodiyoti
rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish
bо’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish
uchun bir qator iqtisodiy
kо’rsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda
qо’llaniladigan kо’rsatkichlardan farqli tarzda bu kо’rsatkichlar milliy
iqtisodiyotning barcha subyektlari
faoliyatiga umumiy baho berish,
makroiqtisodiy tahlil о’tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xо’jaligida
raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
Bu kо’rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Yalpi ichki mahsulot (
YAIM), Sof ichki mahsulot (
SIM), Yalpi milliy
daromad (
YAMD), Sof milliy daroimad (
SMD), Shaxsiy daromad (
SHD),
Shaxsiy tasarrufidagi daromad (
SHTD), Iste‘mol(
С), Jamg’arish(
S)
kо’rsatkichlarining hajmi va о’sish sur‘atlari;
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YAIMdagi ulushi va о’sish
suratlari;
resurslardanfoydalanishning samaradorligini ifodalovchi kо’rsatkichlar
(mehnat unumdorligi, fond qaytimi, fond sig’imi);
davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste‘mol baholari indeksi,
inflyatsiya sur‘atlari; ishsizlik darajasi va
ishsizlar soni, aholining ish
bilan bandlik darajasi;
aholining moddiy ne‘matlar va xizmatlar iste‘moli hajmi, ularning
jamg’armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surati kabi kо’rsatkichlar
umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qо’llanilsa, YAIM, SIM,
YAMD, SMD, SHD, SHTD, С, S kо’rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning
miqdorlarini va о’zgarishini tahlil etishda foydalaniladi.
Bu kо’rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari natijasi
sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik
tizimi(MHT) tashkil etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini о’tagani
holda uning standartlaridan kelib chiqib makroiqtisodiy kо’rsatkichlarni
hisoblash, mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini о’rganish, unga tizimli baho
berish uchun yuqorida sanab о’tilgan barcha kо’rsakichlardan
foydalanish
zarur, aks holda bir tomonlama yondoshuvga yо’l qо’yilishi mumkin.