Kurs ishi mavzu: Molekulalarning dipol momentlarini aniqlash Kurs ishi rahbari: Abdurahimov. Z. X andijon – 2023 Mundarija Kirish I bob. Dipol momenti



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə7/8
tarix09.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#110055
1   2   3   4   5   6   7   8
Ruqiyaxon 202 2023 4

III bob. Qutublanish turlari.
Quyidagi qutblanish turlari mavjuddir:
1) elektronli qutblanish;
2) orientatsiyaviy yoki dipolli qutblanish.
Elektronli qutblanish deb, qutbsiz molekulalardan tashkil topgan dielektrik, tashqi elektrostatik maydonga kiritilganda, atomlar elektron qobiqlarining deformatsiyasi hisobiga induktsiyaviy dipol momentlari hosil bo’lishiga aytiladi.
Orientatsiyaviy yoki dipolli qutblanish qutbli molekulalardan tashkil topgan dielektrik tashqi elektrostatik maydonga kiritilganda, tartibsiz yo’nalgan molekulalar dipol momentlarining maydon yo’nalishiga qarab burilishiga aytiladi. Ammo, molekulalar issiqlik harakati natijasida faqat ayrim molekulalarning dipol momentlari maydon yo’nalishi bo’yicha joylashadi va u maydon kuchlanganligiga bog’liq bo’ladi.

Xulosa
Molekulada atomlar orasida ximiyaviy kuchlar tasir kiladi. Bu kuchlar elektrostatik tabiatga ega bolib, atomlarning elektron strukturasiga bogliq.
Moddaning kondensirlangan (suyuq yoki qattiq) holati atom va molekulalar orasida ozaro tortishish kuchlari mavjudligidan dalolat beradi. Masalan, suyuq geliy, argon va hokazolar atomlar orasidagi ozaro tortishish kuchlarining mavjudligiga misol boladi. Bundan tashqari atom va molekulalar orasida itarishish kuchlari xam yuzaga keladiki, ularni malum xolatdan song hajmini kichraytirib bolmaydi.
Atom va molekulalar orasidagi ozaro tasir kuchlari birinchi navbatda Van-der-Vaals kuchlari bolib ularning energiyasi 0,1 dan 2 kkal/mol gacha bolishi mumkin. Van-der-Vaals kuchlari oz navbatida oriyentasion (dipol-dipol), induksion va dispersion kuchlarga bolinadi. Dipol-dipol ozaro tasir qutbli molekulalar orasida vujudga keladi. Bunda dipol momentiga ega bolgan bir molekula ikkinchi dipol momentiga ega bolgan molekulaning elektr maydonida orentirlanadi. Dipol momentiga ega bolmagan molekulalarda Debay nazariyasiga kora yuqori multipol (kvadrupol, oktupol momentlar) boladi. Yoki bir molekulaning dipol momenti ikkinchi molekulani elektr maydonini induksiyalaydi. Natijada induksion ozaro tasir vujudga keladi. Indusirlangan dipolning oriyentasiyasi xaotik bolmasdan, doimiy dipolning yonalishi bilan aniqlanadi. Oriyentasion ozaro tasir temperaturaga bogliq bolib induksion ozaro tasir temperaturaga bogliq bolmaydi. Bu hollarda molekulalararo ozaro tasir energiyasi ular orasida masofaning oltinchi darajasiga teskari proporsional boladi. Bundan tashqari inert gazlar molekulalari orasida ham ozaro tasir mavjud. Vaholanki, ularning elektron buluti sferik simmetrik bolib hyech qanday elektrik dipolga ega emaslar, ular orasida induksion effekt ham vujudga kelmaydi. Atomlar yoki qutbsiz molekulalar ortasida vujudga keladigan ozaro tasirni dispersion ozaro tasir deyish mumkin. Sistemaning potensial energiyasining kamayish miqdori dispersion ozaro tasir energiyasi boladi, vujudga kelgan kuch dispersion kuch deyiladi. Bu kuchning kattaligi sistemaning qutblanuvchanligiga bogliq. London nazariyasiga kora dispersion ozaro tasirning tabiati nolinchi energiyaning mavjudligi bilan bogliq. Bundan tashqari molekulalar ortasida rezonans ozaro tasir ham vujudga keladi.


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin