3. Gigiyenik omillar Gigiyenik omillar shaxsiy va jamoat gigiyenasi talablarini oʻz ichiga olib, mehnat gigiyenasi, ovqatlanish, dam olish va tashki muhitning zararli faktorlari va boshqalar jismoniy mashqlarni bajarish (dare, mustaqil mashq kilish, trenirovka) mashgʻulotlarida gigiyenik talab va normalarga rioya qilishni taqazo etadi. Ular jismoniy mashqlar ta’sirchanligini, samaradorligini oshirishini ilmiy, amaliy jihatdan isbotlagan.
Gigiyenik sharoitni etarli darajada ta’minlash, jismoniy tarbiya uchun foydalaniladigan moddiy-texnik baza, sport anjomlari, jihozlar va mavjud kiyim-boshning holatiga bogʻlik.
Jismoniy mashqlar, tabiatning sogʻlomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillarni ratsional qoʻllash inson salomatligini mustahkamlaydi va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantiradi.
Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish mashgʻulotlari inson hayotiy faoliyatining organik qismiga aylansagina jismoniy tarbiya tizimining sogʻlomlashtirilishiga yoʻnaltirilgan prinsipni amalga oshirishning imkoni boʻladi. Boshqa tomondan, kerak boʻlgan gigiyenik normalarga rioya qilinsagina jismoniy mashqlar kerak boʻlgan samarasini beradi. Jismoniy tarbiyaning maxsus vositasi hisoblanmasa ham gigenik omillar jismoniy tarbiyaning vazifasini toʻlaqonli hal qilish uchun ahamiyat kasb etadi. Pedagogik jarayon qanchalik puxta tashkillanmasin, ovqatlanish, uyqu kun tartibiga rioya qilinmasa, shuningdek, mashgʻulotlar tibbiyot talablariga javob bermaydigan joy va jihozlar bilan oʻtkazilsa, ular albatta samarasiz boʻladi. Mana shuning uchun maktablardagi jismoniy tarbiya dasturlariga gigiyenaga oid bilimlar mazmunini ifodalovchi nazariy maʻlumotlar uchun mavzular tavsiya qilingan. Ular jismoniy tarbiya jarayonidan tashkaridagi insonning hayotiy faoliyatini tashkillovchi va jismoniy tarbiya jarayoni tarkibidagi vositalardir.
Gigiyenik omillar-shaxsiy va jamoat gigiyenasini oʻz ichiga qamrab oladi. shaxsiy gigiyena mashgʻulot tartibi, dam olish, joyining tozaligi oʻquv va ovqatlanish xona gigiyenasi, maydoncha, kiyimlar, sport jihozlari va anjomlari badani va kiyimlarning tozaligi va h.k.larning organizmga jismoniy tarbiya samaradorligini oshiradi. Agarda jismoniy mashqlar toza, yorugʻ xonalarda oʻtkazilsa, jismoniy harakat sifatlarning rivojlanishi va bu mashqlarni oʻzlashtirish engilroq boʻladi. Ular sogʻliqni yaxshilashda va kishi umrini oʻzaytirishda katta ahamiyatga ega.
Gigiyena omillar mustaqil ahamiyatga ega: hamma tizim va organlarning normal holatda ishlashga koʻmaklashadi. Masalan, sifatli va muntazam ovqatlanish hamma organlarga ozuqaviy moddalarni oʻz vaqtida yetkazib berishni ta’minlaydi, bolaning toʻgʻri oʻsishi va rivojlanishiga yordamlashadi, shuningdek, ovqat hazm qilish tizimi shaxsning faoliyatiga ijobiy ta’sir etib kasallanishni oldini oladi.
Normal - tinch uxlash asab tizimlarini ishchanligini oshiradi va dam olishga imkon yaratish. Xonaning toʻgʻri yoritilganligi koʻz kasalliklari kelib chiqishining oldini oldi va bolalarning fazo sezgirligi uchun qulay sharoit yaratadi. Bular sogʻliqni yaxshilashda va kishi umrini uzaytirishda katta axamiyatga ega. Sport bilan shuhullanishda, mashq bajarish va dam olish, ovqatlanish katta ahamiyatga ega.
2. Jamoat gigiyenasi: mashq bajarish joyning yorugʻligi, tozaligi, asbob va anjomlar bilan jihozlanish yoki xonalarning gigiyenik talabga javob berishi va h.k.
Muhitning tabiiy omillari va gigiyenik sharoitlar jismoniy tarbiyaning asosiy maxsus vositalari boʻlmasa ham, lekin ularning ta’siri katta ahamiyatga ega.
Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi boʻlib hisoblanadi. Agar tabiatning sogʻlomlashtirish kuchlari, gigiyenik omillar orqali sogʻlomlashtirish vazifalarini hal etilsa, jismoniy mashqlar esa har bir harakat malakalariga oʻrgatish, harakat sifatlarini tarbiyalash, kishini jismoniy va ruhiy rivojlantirishda asosiy vazifalarni hal etadi.
Yuqorida koʻrsatilgan jismoniy tarbiya vositalari sogʻlomlashtirish va taʻlim-tarbiya berish vazifalarini amalga oshirishning asosiy shartidir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, estetik, axloqiy vositalar qoʻllaniladi, bu esa hamma tarbiya turlarini birligini koʻrsatadi.
Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya vositasi sifatida shugʻullanuvchilarni faol harakat faoliyatlarini tashkil etadi. Jismoniy mashqlar bajarish xususiyatlarini va yaxshi natijalarga ega boʻlish yoʻlini shugʻullanivchilarning ongini etkazish kerak.
Jismoniy mashqlar onglilik harakterini xato psixik jarayonlarni yigʻindisida koʻrish mumkin. Masalan: balandlikka sakrash. Yuqorida aytilganlardan quyidagi umumiy xulosani chiqarish mumkin.
Jismoniy mashqlar ongli ravishda bajariladigan erkin harakat faoliyati boʻlib, jismoniy tarbiyaning qonuniyatliklariga muvofiq ishlatiladi.
Boshqacha aytilganda, jismoniy mashqlar-bu maxsus tanlab olinib, taʻlim-tarbiya vazifalarini bajaradigan harakatdir.
Hozirgi zamon jamoat ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, majmua mexanizatsiyalashtirish, elektronika va kibernetikadan foydalanishdir. Bunda jismoniy kuchlar qisqaradi (kamayadi), uzoq muddatli diqqatga, funktsiyalarning harakatchanligiga va asboblar koʻrsatgichini tezda qamrab olish talablari ortib boradi. Nozik sezgi organlar bu sharoitlarda katta ahamiyatga ega.
Jismoniy mashqlar ayrim kategoriyali odamlarda mavjud boʻlgan harakat, jismoniy faoliyatning kamchiliklariga qarshi kurashda ham qoʻllaniladi. Bunda ular «kompensatsiyalashgan» funktsiyani bajaradi. Ishlab chiqarishda jamoatda va boshqa joylarda harakatlarni chegaralash natijasida jismoniy etishmaslik kelib chiqadi. Bu esa koʻpgina organ va tizimlarning funktsiyasini pasaytiradi, tashqi salbiy ta’siri ostida turgʻunlik pasayadi.
Shunday qilib hayot oʻrgatgan shart-sharoitlar va organizni toʻliq morfologik va funktsional rivojlantirishga zarur boʻlgan vositalar orasidagi qarama-qarshiliklar mavjud boʻladi. Bu salbiy hodisalarga qarshi kurashda insonning jismoniy va psixologik qobiliyatini oshirishda qoʻllaniladigan jismoniy mashqlar muhim ahamiyatga ega.
Jismoniy tarbiya jarayonida hamma vositalar ishtirok etsada, jismoniy mashqlar tarbiyalash va oʻrgatishda oʻziga xos ahamiyatga egadirlar.
Buning sabablari quyidagilar:
Jismoniy mashqlar insonning atrof-muhitga nisbatan harakat tizimini ifodalaydi.
Jismoniy mashqlar ijtimoiy-tarixiy jarayonida jismoniy tarbiya sohasidagi takrorlanish, qaytarilishdir.
Jismoniy mashqlar shugʻullanuvchilarning tanasiga ta’sir qilib qolmay, shaxs sifatida shakllanishida ham ahamiyatlaridir. Jismoniy mashqlarning pedogogik faoliyatdagi alohida ahamiyati tarbiyalanuvchilarning jismoniy takomillanuviga qaratilganligidadir. Jismoniy mashqlar kishining harakatga boʻlgan talabini qondiruvchi vositadir.
Jismoniy mashqlar qayerdan kelib chiqqan?
Mashqlar jismoniy tarbiya vositasi boʻlib chiqishi hadim zamonlarga bogʻliq. Qazilmalar natijasida topilgan har xil uy-roʻzgʻor buyumlari, turli yodgorliklar, honalardagi rasmlar va tasvirlar avloddan avlodga oʻtgan, avlodning madaniyati, jumladan jismoniy madaniyat fikr yuritishga olib keladi.
Jismoniy mashqlar mehnat orqali vujudga kelgan. Jismoniy mashqlarni rivojlanishiga sanʻat, harbiy ish, hamda din oʻzining salmoqli ta’sirini koʻrsatadi. Masalan, milliy kurash. Lekin jismoniy mashqlarning rivojlanishida, moddiy talabchanlik va hayot sharoiti hal qiluvchi omil boʻlib hisoblanadi. Jismoniy mashqlar kelib chiqishdan boshlab, ijobiy bilim va malaka bilan bogʻliq boʻlgan.
Jamiyatni va jismoniy tarbiyani rivojlanishi, jismoniy mashqlarni mehnat va harbiy bilan oʻzaro bogʻlikligi yoʻqotilib bordi.
Jismoniy mashqlar mehnat yoki harbiy ishga bogʻliq boʻlmay qola boshladi. Hayvonni ushlab olishda, dushmanni tabiiy yugurishdan quvib yetish yoki undan oʻzini qutqarish, qisqa, oʻrta va uzoq masofalarga yugurish kelib chiqdi. Shunga oʻxshash nishonga otadigan boʻldilar va h.k. Mashqlarni alohida boʻlib, ajralib chiqishi endi kishilarni mehnatga va harbiy ishga tayyorlay boshladi va bu ularni jismoniy va ruhiy rivojlanishlarini taʻminladi.
Jimoniy mashqlar bu erkin harakatlardir. Ularni bajarish, toʻxtatish, oʻzgartirish kishi ixtiyori bilan amalga oshiriladi.
Erkin harakatlar haqida buyuk olimlar I.M.Sechenov va I.P.Pavlov koʻp ishlar bajarganlar. I.M.Sechenovning fikricha, erkin harakatlar bu aql va iroda bilan boshqariladi. Lekin bu harakatlarni inson hayot sharoiti va tarbiya ta’siri ostida oladi.
I.P.Pavlov erkin harakatlarni fiziologik mexnizmlarini ochib berdi. Uning fikricha erkin harakatlar bosh miya yarim sharlarning umumlashgan harakatlarning natijasidir. Bunda koʻpgina analizatorlar, birinchi va ikkinchi signal tizimi ishtirok etadi. Lekin asosiy oʻyinni ikkinchi signal tizimi hal etadi. Misol: inson va hayvon. Erkin harakatlarni bajarish oʻz ichiga shartli reflekslarni kirituvchi murakkab jarayondir.