Kurs ishi mavzu: Toshkent vohasining qadimgi aholisi, Kushon Baqtriya aholisi


Yunon-Baqtriya va Kushon podsholiklari davri



Yüklə 127,56 Kb.
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü127,56 Kb.
#208957
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi mavzu Toshkent vohasining qadimgi aholisi, Kushon Baq

2.2. Yunon-Baqtriya va Kushon podsholiklari davri


Evtidemdan keyin Yunon-Baqtriya taxtini uning o'g'li Demetriy egallaydi, bu voqea taxminan mil. avv. II asrning 90-yillarining oxiri 80-yillarning boshlarida yuz bergan. Strabon ma'lumotlariga tayangan tadqiqotchilar Demetriyni «Hindistonning istilochisi» deb ataydilar, lekin bu masala fanda hali to'la o'z yechimini topmagan. Tangashunoslik tadqiqotlarining ma'lumotlariga tayangan holda ushbu muammo atroflicha o'rganildi va professor V.M.Massonning fikriga ko'ra, Demetriy hukmronligi yillarida yunonlarning Baqtriyadan Hindistonga siljishi, Yunon-Baqtriya shohlarining Hind-Yunon shohlariga aylanishi jarayoni boshlanadi. Keyinchalik bu jarayonni Osiyoning ichkari qismidan kelgan ko'chmachi qabilalar tezlashtiradilar. Basharti voqealar rivojiga e'tibor bersak, Demetriy o'z hukmronligining so'nggi yillarida Evkradit tazyiqi ostida Baqtriya mulklaridan siqib chiqariladi va unchalik katta bo'lmagan Hind mulklarini boshqarish bilan kifoyalanadi.12
Yunon-Baqtriyaning yozma manbalarda nomlari uchramaydigan shohlari ham bo'lganki, masalan, Evtidem II, Antimax, Pantaleon, Agfokl, Geliokl kabi hukmdorlarning nomlari bizga faqat tangalar orqali yetib kelgan. Tangashunoslik ma'lumotlariga tayangan holda ular hukmronligining chegaralari masalasi imkon darajasida o'rganildi. Yunon-Baqtriya podsholigida Evkradit hukmronligi davrida (u taxm. Mil. avv. 170 yilda hokimiyat tepasiga kelgan) siyosiy vaziyat ancha murakkab kechadi. U so'g'diylar, araxoziyaliklar, draiglar, areylar, hindlar va parfiyaliklar bilan tinimsiz urushlar olib borishga majbur bo'ldi. Uning davrida parfiyaliklar Yunon-Baqtriya davlati g'arbiy viloyatlarning ma'lum qismini egallaydilar. Evkratid Hindlar shohi Demetriy bilan jang qiladi va uni yengib Hindistonni egallaydi. Hindistondan qaytayotgan Evkradit taxt vorisi bo'lgan o'z o'g'li tomonidan o'ldiriladi. Hozirgi qadar mutaxassislar o'rtasida Yunon-Baqtriyaning oxirgi hukmdori va evkratidning qotili Geliokl degan fikr mavjud edi. Yozma manbalar va tangalarning so'nggi tahlili bu masalaga oydinlik kiritish imkonini berdi. Unga ko'ra, Geliokl Evkratidning otasi bo'lgan, padarkush o'g'il esa Platon bo'lgan. Bu mash'um voqea mil. avv. II asrning 40-yillarida sodir bo'lgan. Platon taxminan ikki yil hukmronlik qilgan va u baqtriyadagi oxirgi Yunon hukmdori edi. 
Baqtriya davlati podsho Demitriy (mil. avv. 199-167 yil.) davrida o'z taraqqiyotining yuqori cho'qqisiga ko'tariladi. U davlat boshqaruvi sohasida islohot o'tkazib, davlatni mayda hokimliklarga bo'lib boshqaradi. Demitriy davrida harbiy istehkomlar va qal'alar qurishga alohida e'tibor beriladi. Bu davrda Shimoliy Hindiston yerlari ham Yunon-Baqtriya davlatiga bo'ysundiriladi va davlat poytaxti Hindistondagi Taksila shahriga ko'chiriladi. Miloddan avvalgi 168 yida Baqgriyada davlat to'ntarishi sodir bo'lib hokimiyat tepasiga kelgan Yevkratid va uning yunon vorislarining zamonidan Yunon-Baqtriya davlatida siyosiy tanglik kuchayib, mamlakat inqrozga yuz tutadi. Miloddan avvalgi 140-138 yillar oralig'ida So'g'd yerlari orqali Baqgriya yerlariga kirib kelgan yuechji qabilalari Yunon- Baqtriya davlatiga barham beradi.
Kushonlar davlati. Yuechji qabilalari Baqtriya yerlarida o'rnashgandan keyin ham ma'lum vaqt yagona davlat barpo qila olmagan. Oradan ancha yillar o'tgach, guyshuan qabilasi sardori Kudzula Kadfiz beshta qabilani birlashtirib Kushon davlatiga asos solgan. Kushon davlatining dastlabki o'zagini Baqtriya yerlari tashkil etgan. Kushonlar davlatining dastlabki poytaxti ham Sho'rchi tumani hududida joylashgan Dalvarzintepa yodgorligi xisoblanadi. Kushonlar davlatini yabg'u unvoniga sazovor bo'lgan hokimi mutlaq podsho boshqargan. Podshoning asosiy tayanchi yaxshi qurollangan harbiy qo'shin bo'lgan. Kushonlar qo'shini asosan otliq va piyoda qismlardan iborat bo'lib, qilich, xanjar, nayza va jangovar bolta bilan qurollangan. Kushonlar davlatida davlatni satrapliklarga bo'lib idora qilish tartibi saqlab qolingan. Kushon podsholari katga va kuchli qo'shinga tayanib, mamlakat chegaralarini kengaytirib borganlar. Olib borilgan istilochilik yurishlari natijasida Sharqiy Turkiston, Shimoliy Hindiston va Markaziy Osiyoning kattagina qismi Kushonlar davlatiga bo'ysundirilgan.
Kushonlar saltanati podsho Kanishka davrida (78-123) nihoyatda gullab-yashnaydi. Bu davrda Xitoy, Rim, Parfiya singari o'sha davrning nufuzli davlatlari bilan savdo-sotiq, iqtisodiy va rasmiy aloqalar yo'lga qo'yiladi, madaniy sohadagi aloqalar ham ancha kengayadi.
Xitoy tarixiy manbalarida qayd etilgan Guyshuanlar, milodiy 1 asrda Baqtriyada o'z hokimiyatlarini Kioszyuko rahbarligida o'rnatib, uning asli ismi Kujula Kadfiz edi. Kujula Kadfiz Xyumi, Shuanmi, Xeytun Gaofu sulolalaridan iborat to'rt hokimlikni ham o'ziga bo'ysundirdi. Baqtriyada hokimiyatni mustahkamlab olgan Kujula Kadfiz qo'shni viloyatlar bo'lgan So'g'diyona, Marg'iyona, Hindistonning shimoli-g'arbiy qismlarini istilo qildi. Kushonlar imperiyasini mustahkamlashda Kujula Kadfizning o'g'li Yangaochjen, ya'ni Kadfiz II muhim ahamiyatga ega bo'lgan ichki-tashqi siyosat yuritib, Hindistonni Hind daryosi quyi oqimlari, hatto Gang daryosi vodiysigacha bo'lgan yerlarni ham o'z ixtiyoriga o'tkazdi. Kushonlar davlati Kanishka hukmronligi davrida eramizning I asr oxiri-II asr birinchi choragida yanada kuchaydi. Kushonlar hokimiyatni hind zaminining janubiy viloyatlari, So'g'diyona orqali Farg'ona, Sharqiy Turkiston ham tan oldi. Kanishka davrida Turkiston o'lkasining asosiy hudularini o'z hokimiyatiga bo'ysundirib, Xorazm bilan iqtisodiy madaniy aloqalarni yana mustahkamladi. Kanishka olib borgan siyosatni Vasishka, Xuvishka, Kanishka II, Vasudeva, Kanishka III, Vasudeva II lar davom ettirib, siyosiy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan. Biroq siyosiy kelishmovchilik, o'zaro nizo-janjallar, hokimiyat uchun kurashni kuchaytirish tufayli kushonlar saltanati asta-sekin zaiflashib borgan. Kushonlar saltanati siyosiy-ma'muriy boshqaruvi tizimi an'anaviy satrapiyalar tizimga moslashuv asosida qurilgan bo'lib, satraplar oliy hukmdor tomonidan uning ishonchini qozongan, chamasi o'z doirasi namoyandalari orasidan tanlangan.13 Shu bilan birga satraplik lavozimiga harbiy yurishlarda jonbozlik ko'rsatgan lashkarboshilar ham lozim topilgan vaqtlar bo'lgan, umuman olganda esa satraplar baqtriyaliklar orasidan bo'lishi shart edi. Kushonlar davlati armiyasi yaxshi qurollangan bo'lib, umumiy harbiy qudrati 150-200 ming kishini tashkil etdi. Kushon jangchilari uzunligi 1 metrdan oshiqroq har ikki tomoni o'tkir qilich, xanjar, nayza, jangovar bolta, sipqon kabi qurollari bilan qurollangan. Kushonlar harbiylar suyak yo shox bilan qoplangan murakkab qo'sh kamonni ixtiro qildi. Bu kamon Uraloldi yerlari orqali Shotlandiyagacha, Sharqda Eron, Hindiston va Xitoygacha keng tarqalib harbiy ishlarda keng qo'llanildi. Kushonlar davrida mamlakatning iqtisodiy xo'jaligi keng taraqqiy etib, metallsozlik, shishasozlik mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlanib, oltin, kumush, qo'rg'oshin, qimmatbaho toshlar, qurilish xom-ashyolari qazib olish ancha takomillashib borgan. Kadfiz II ning amalga oshirgan pul islohoti natijasida 8 grammlik oltin tangalar, kumush, bronza tangalar savdo muomalasiga chiqarildi. Madaniy taraqqiyot natijasida yozuvlar ancha takomillashib so'g'dcha, xorazmcha, parfiyacha, baqtriyacha yozuvlar mukammallashib, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayotda ijobiy natijalarga erishdi. Kushonlar davrida Surxondaryo hududida saroylar qurish, arxitektura qurilishi rivojlanib, haykaltaroshlik, rassomlik, naqqoshlik san'ati eng yuqori natijalarga erishdi. Kushonlar imperiyasiga xos moddiy ma'naviyat asoslari keng rivojlanishi tufayli rasmiy, diniy, ishlab chiqarish, turar joy, sun'iy sug'orish mudofaa, maxsus, tijoratga taalluqli qurilish binolari bilan uyg'unlashgan holda qurilgan. 
Kushonlar davri moddiy va ma'naviy madaniyatini o'rganishda qadimshunos va san'atshunos olimlardan V. M. Masson, B. YA. Staviskiy, L. I. Albaum, G. A. Pugachenkova, E. V. Rtveladze, B. A. Turg'unov, T. V. Belyayev hamda SH. R. Pidayevlarning ilmiy xizmatlari beqiyos darajada kattadir. Ushbu olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida kushonlar davrida voha shahar va qishloqlari hamda aholisining mashg'uloti, yashash tarzi, madaniyati, diniy e'tiqodi va qo'shni davlatlar bilan olib borilgan savdo-sotiq, madaniy hamda diplomatik aloqalari haqido qimmatli ma'lumotlar aniqlandi. Kushon davlati Markaziy Osiyoning janubi-sharqiy va Hindistonning shimoli-g'arbiy hududlarini o'z ichiga olgan antik davlat edi. Uning shimoliy chegarasi Darbandning Kushon davridagi devori bilan chegaralanadi. XX asrning 80-yillarida bu devorni akademik E. V. Rtveladze kashf etgan. 
Biroq Gabaza viloyatining joylashgan o'rni masalasi hozirga qadar uzil-kesil hal qilinmagan. XIX-XX asr boshlaridagi topografik xaritalarda Oqrabotdan g'arbdagi joylar «Gabzan» deb belgilangan. Armaniston manbalrida Arang (Amudaryo) daryosiga yaqin yerda joylashgan Gozbon haqida ma'lumotlar bor. Arman tarixchisi Sebeosning xabar berishicha, fors yo'lboshchisi Mehrivandak «Baxl (Balx) va Ulug' daryo nariyog'idagi Kazbion degan joygacha butun Kushonlar mamlakatini qo'lga kiritgan». Yuqoridagi ma'lumotlardan Kazbion, Gozbun, Gozbon va Kursiy Rufning Gabaza-Gazaba tushunchalari turli asrlarga oid bir umumiy viloyatning nomi ekanligi anglashiladi. Ushbu viloyatning joylashgan o'rni xususida olimlar turlicha qarashlarni ilgari surdilar. I.Markvartning fikriga ko'ra, Kazbion Buxoro vohasida joylashgan, ko'pchilik olimlarning taxminiga ko'ra, Kazbion Qarshidan g'arbdagi Kaspi (o'rta asrlardagi Kesba) shahri xarobalari o'rnida bo'lgan. Umuman, olimlar uzoq yillar mobaynida turli manbalarga asoslanib, Gabaza-Gazabani turli hududlarda joylashtirishga harakat qildilar. Bog'lon viloyatidagi Xulm hududi, Taliqon (Taxor viloyatining markazi) hududi, Qunduz daryosining Bog'lon va Ishkimish orasidan oqib o'tuvchi bir irmog'i bo'yidagi yerlar, hozirgi Afg'onistonning shimoliy-g'arbida joylashgan Kerki shahri orasidagi yerlar shular jumlasidandir.14
Arman manbalarini tahlil qilgan E.V.Rtveladze yuqoridagi hududlarning birortasi ham Gabaza viloyati hududiga to'g'ri kelmasligini ishonarli tarzda asoslab berdi. Uning fikriga ko'ra, Gazaba-Gabaza-Kazbion-bu tog'li joyning nomi bo'lib, u bir tomondan Darband hamda Temir Darvoza, ikkinchi tomondan Yortepa va G'uzor oralig'ida joylashgan.
Eng so'nggi arxeologik hamda topografik tadqiqotlar natijalari, yozma manbalar va tangashunoslik ma'lumotlarini o'zaro qiyoslash natijasida Gabaza viloyatining joylashgan o'rnini yanada oydinlashtirish imkoni paydo bo'ldi. Ularga tayangan holda aytish mumkinki, Gozbon viloyati Janubiy So'g'ddan Amudaryoga qadar cho'zilgan keng hududda joylashgan tog'li viloyat bo'lib, u qator tog' tizmalaridan iborat bo'lgan janubi-g'arbiy Hisor tog' tizmini to'la qamrab olgan. Uning asosini Amudaryodan Temir Darvozaga qadar bo'lgan hududda yastanib yotgan Ko'hitang tizmasi tashkil etgan va uning shimoldagi chekka shahri arman tarixchisi Sebeos tomonidan shakli buzib yozilgan Kazbion shahri bo'lgan.
Keyingi paytlarda Kushonlar davlatining shimoliy chegaralari masalasi ham ma'lum darajada ko'rib chiqildi. Ushbu masala ilk bor 1938 yili S.P.Tolstov tomonidan ko'tarilgan edi. Uning fikricha, So'g'diyona Kujula Kadfiz hukmronligi davrida Kushonlar saltanati tarkibiga qo'shib olingan. Keyinchalik u Xorazmda topilgan tangalarga asoslanib, Xorazmni ham Kushonlar davlati tarkibiga kiritadi. Kushonlar davlatining shimoliy hududlari to'g'risidagi S.P.Tolstov xulosalari keyingi tadqiqotchilar uchun uzoq vaqt ilmiy asos bo'lib xizmat qildi, natijada qator boshqa o'lkalar ham ushbu saltanat tarkibiga kiritila boshlandi. Jumladan, 1950 yilga kelib K.V.Trever Choch viloyatini ham Kushonlar davlati tarkibiga kiritadi. Tyanshan va Pomir-Oltoyda olib borilgan arxeologik qazishmalarning yakunlariga asoslangan A.N.Bernshtam Farg'onani ham Kushonlar davlati tarkibiga kiritadi. Keyinchalik Ustrushona ham Kushonlar imperiyasi tarkibida bo'lgan degan fikr paydo bo'ladi.
1962 yilgi Tuproqqal'ada olib borilgan qazish ishlarining natijalariga asoslanib, S.P.Tolstov milodning II-III asrlarida Xorazm Kushonlar tarkibida bo'lgan, degan fikrni ilgari suradi. Bunda u Xorazmdan topilgan Kushon tangalariga, haykallar va rasmlarga asoslanadi. Lekin Xorazmdan hozirga qadar 70 dan sal ziyodroq kushon tangalari topilgan, xolos. Surxondaryoning kushon davriga oid kichik bir Oqqo'rg'on qishlog'i xarobasidan esa 160 dan ortiq tanga topilgan. Ushbu muammo xususidagi an'anaviy fikrlarga birinchilardan bo'lib YE.V.Zeymal qarshi chiqdi. U Tojikistondan topilgan tangalarni har tomonlama tahlil qilib, Xorazm va So'g'diyona Kushonlar saltanati tarkibiga kirmagan degan xulosaga keldi. Xorazmda topilgan tangalarni tahlil qilgan V.M.Masson ham Xorazm va Marg'iyona Kushonlar davlati tarkibiga kirmagan degan xulosaga keladi, lekin u So'g'diyona masalasida biroz ikkilanadi. M.YE.Masson Xorazm, Choch, Farg'ona va So'g'diyonani Kushonlar davlati tarkibiga kiritishni asossiz deb hisoblaydi. Bunda u Kushon shohlari tangalarining Markaziy Osiyo hududlarida qanday tarqalganligiga asoslanadi. Darhaqiqat, Kushon shohlarining tangalari asosan Markaziy Osiyoning janubiy hududlarida ko'p tarqalgan. Kushon tangalari ko'proq Shimoliy Baqtriya hududlarida tarqalgan, hatto chegara viloyat bo'lgan Janubiy So'g'diyona (Qashqadaryo vohasi)dan topilgan kushon tangalari sanoqlidir. 
Bu muammoni oydinlashtirishda 1986 yili E.V.Rveladzening Darbandda joylashgan mudofaa devorini o'rganish yakunlariga bag'ishlangan ilmiy izlanishlari katta ahmiyatga ega bo'ldi. Bu yerda tog' tepasida qurilgan 6,5 m qalinlikdagi chegara devori aniqlangan, bu devor So'g'diyona va Baqtriyani bog'lovchi asosiy yo'l ustida qurilgan va muhim strategik ahamiyatga ega bo'lgan. Darband devori milodning I-II asrlariga oidligi aniqlandi, mazkur devor kushonlar tomonidan qurilgan bo'lib, u kushonlar davlatining shimoliy chegarasini belgilaydi. O'sha paytda bunday devorlar faqat markazlangan davlat tomonidan qurilishi mumkin edi, demak Shimoliy Baqtriya Kushonlar saltanati tarkibida strategik ahamiyatga molik chegara viloyati bo'lgan.15
Darband devorining kashf etilishi So'g'diyona, Dovon, Choch va Xorazmning Kushonlar saltanati tarkibiga kirganmaganligini ko'rsatadi. Bu borada so'nggi arxeologik tadqiqotlarning natijalari ham guvohlik beradi. Kushonlar davri Baqtriyasining aytarli hamma yodgorliklarida uchraydigan kushon tangalari, buddaviylik yodgorliklari va umuman moddiy madaniyat So'g'diyona, Farg'ona, Choch va Xorazmning moddiy madaniyatidan jiddiy farq qiladi. Agar ular bir davlat tarkibida bo'lganlarida edi, ularning moddiy madaniyati ham o'zaro yaqin bo'lgan bo'lardi. Shunday qilib, yangi tadqiqotlarga tayangan holda Kushon davlatining shimoliy chegaralari Hisor-Boysun tog'lari orqali o'tgan deb hisoblash mumkin. Yozma manbalardagi ma'lumotlar ham bu fikrga zid emas, chunki ularda Kushon shohlarining shimolga, So'g'diyona yoki Xorazmga yurish uyushtirganlari to'g'risida so'z yuritilmagan.
Kushonlar podsholigi davrida Shimoliy Baqtriyaning qadimgi shahar madaniyati ancha ravnaq topdi. Kushonlar davrida Termiz shahrining iqtisodiy, madaniy jihatdan rivojlanganligini hunarmandchilik buyumlari, uy qurish sohasidagi me'morchilik san'ati, suyurish inshootlari, ishlab chiqargan mahsulotlari orqali ham bilib olish mumkin. Bu davrda Termiz shahrining maydoni 350 gektar bo'lib, Dunyotepa va Chingiztepa xarobalari o'rnida joylashgan. Chingiztepa va Qoratepa orlig'ida Amudaryoga qurilgan chig'iriqlar yordamida shahar markaziga ichimlik suvi chiqarilgan. Suv chiqarilgach, Qoratepa ibodatxonasida maxsus hovuzlar yordamida suv tindirilib, keyin shahar tashqi devorining shimoliy tomoni bo'ylab qurilgan ariqcha orqali shaharga taqsimlangan. Milodiy II asrda podsho Kanishka Krratepa yodgorligi o'rnida Budda ibodatxonasini qurdiradi. Mamlakatda qishloq jamoalari ancha kengayadi. Bu davrda vohada ikkita yirik markaz mavjud bo'lib, bulardan biri: Amudaryo bo'yidagi Tarmita (Termiz) bo'lsa, ikkinchisi esa Chag'onrud (Surxondaryo) bo'yidagi Dalvarzintepa shaharlari edi. Bu shaharlar Kushonlar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va harbiy hayotida aloxida o'ringa ega bo'ladi. Bundan tashqari Kampirtepa, Zartepa, Hayitobodtepa kabi shaharlar ham mavjud bo'lib, ushbu shaharlar mudofaa devorlari bilan o'rab olingan.
Viloyat hududida kushonlar davriga oid 130 ta yodgorlik mavjud bo'lib, shundan 80 tasi qishloqlar ko'rinishidagi manzilgohlar hisoblanadi. Kushonlar davrida markazlashgan davlatning qaror topishi xo'jalikning ravnaqiga sabab bo'lgan. Bu davrda ham ziroatchilikning g'allachilik, paxtachilik, bog'dorchilik va polizchilik sohalari jadal rivojlanadi. Tog' va tog' oldi hududla-rida lalmikor dehqonchilik xo'jaligi ravnaq topadi. Yerni qayta ishlash, xususan, almashib ekish borasida boy tajriba to'lanadi, yangi-yangi sug'orish tizimlari bunyod qilinadi. Chorvachilik xo'jaligini rivojlantirish borasida ham ulkan ishlar amalga oshirilgan. Aynan ana shu davrda hunarmandchilik xo'jaligi yuksak darajada rivoj topib, ushbu sohaning kulolchilik, metallsozlik, qurolsozlik, to'qimachilik, shishasozlik kabi turlari ancha yuksalgan. Hatto Baqtriya shishasozlari 420 yidda Xitoy poytaxtida turfa rangdagi shishalar tayyorlab xitoyliklarni lol qoldirgan. Ku-shonlar davrida xo'jalikning ravnaqi savdo-sotiqning rivojiga ham turtki bo'ladi. Xususan, shu davrda Baqtriya savdogarlari Parfiya, Rim, Xitoy va Hindiston mamlakatlariga borib savdo qilganlar. Rimning Pompey shahri xarobalaridan Kushon tangalarining yoki Qoratepa kulol idishlari, Termizdan topilgan may hamda ayshu ishrat xudolari Vakxoniya, tag'in Vakx-Bolus sharafiga uyushtirilgan bayram sahnasi tasviri solingan loy idishlar, shuningdek, Hayitobodtepadan imperator Neron tangalarining topilishi yuqoridagi fikrning isbotidir. Bu davrda Surxon vohasi savdo yo'llari o'zaro tutashgan hudud bo'lib, albatta, bu holat o'lkaning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga katta ijobiy ta'sir o'tkazgan. Termiz shahri hunarmandlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar qo'shni davlatlarga, jumladan, Parfiya, So'g'diyona, Chin-Mochin, Ozar va musulmon dunyosi mamlakatlariga chiqarilgan hamda yuqori baholangan.
Kushonlar davrida madaniy hayot ham yuksaklikka bo'y cho'zgan. Podsho Kanishka zamonidan boshlab boxtar tili davlat tili deb e'lon qilinadi. Kushonlar davrida me'morchilik ancha yuksalib, turar joy binolari, ibodatxonalar va saroylar qurish ancha avj oladi. Imoratlarni bezash, naqsh solish borasida ham o'ziga xos tajriba to'planadi. Bu davrda mahalliy madaniyat bilan hind madaniyatining o'zaro aralashish jarayoni sodir bo'ladi. Ayniqsa, Kanishka zamonida Budda dinining davlat dini deb e'lon qilinishi natijasida buddaviylik e'tiqodi bilan bog'liq ravishda haykaltaroshlik san'ati ancha yuksaladi. uddaviylikning dini milodgacha birinchi ming yillikning o'rtalarida Hindistonda shakllangan. Buddaviylar 1956 yilda o'z dinlari shakllanganligining 2500 yilligini nishonladilar.16 Bu dinning asoschisi Shak'ya Muni. Ya'ni hind shahzodasi Siddxartma Gautama-Budda deb hisoblaydilar. Buddavylik dastlab quldorlar mafkurasi sifatida shakllangan. Buddaviylikda yomonlikka qarshi bosh ko'tarmaslik g'oyasi katta o'rin egallaydi. 
Buddaviylikda «to'rt oliy haqiqat» g'oyasi muhim o'rin egallaydi. Ular qo'yidagilar: I. Azob-uqubat haqidagi ta'limot; 2. Azob-uqubatning sabablari haqidagi ta'limot; 3. Azob-uqubatdan halos bo'lish yo'llari haqidagi ta'limot. Bu ta'limot xalos bo'lish, najotning «sakkizlik» yo'lida o'z aksini topgan. Bular taqvodorlik e'tiqodi, taqvodorlik qat'iyati, taqvodorlik so'zi, taqvodorlik ishi, taqvodorlik turmush tarzi, taqvodorlikki intilish, taqvodorlikni orzu qilish, taqvodorlik fikri-hayoli bilan yashash. Buddaviylikning bu yo'llari azob-uqubatlardan xalos bo'lib, sansaradn (sanskritcha-olamgo'zaronlik) nirvanaga (sanskritcha-so'nish) aylanish. O'tishdan iborat. Buddaviylikda olam uch bosqichdan iborat bo'lib, uning birinchi bosqichi, eng yuqorisi nirvanadir. Unda mutloq osoyishtalik hukm suradigan olamdir. Inson bu yerda barcha turmush tashvishlaridan xolos bo'ladi. Uning hayotiy istaklari ham, ehtiroslari ham bo'lmaydi. Hamda nirvana bu qayta tug'ilish, boshqa qiyofaga kirish, mutlaq osoyishtalikdan iborat. Ikkinchi olam-bu bodisatva, ya'ni ruhiy mavjudotlar bilan to'la jannatdir. Bu olamda ruh gunohidan halos bo'lgan lekin oliy olamga ko'tarilmagan avliyolar yashaydi. Uchinchi olam esa eng quyi olab bo'lib, unda odamlar va hayvonlar yashashadi. Ular najot yo'lida olamga intiladilar. 
Buddaviylikda beshta axloqiy talab (panchashina)ga rioya qilish ilgari surilgan. Ular: bironta ham tirik mavjudotni o'ldirmaslik, birovning mulkini olmaslik, birovning xotiniga ko'z olaytirmaslik, yolg'on gapirmaslik, spirtli ichimlik ichmaslikdan iborat. Kushonlar darida buddaviylik davlat dini darajasiga ko'tarildi. Uning xinayama, maxayama, keyinchalik lamaizm yo'nalishlari vujudga keldi. Kushonlar davrida Termiz shahri buddaviylikning tayanchiga aylanganidan shu dalolat beradiki, bu davrda Termiz shahrining ibodatxonalari, ularning yonida esa monastirlar ham mavjud bo'lgan. Kushon podshosi Kanishkaning muhim xizmatlaridan yana biri shu bo'ldiki, u mamlakatning birlashtirish uchun kurash olib borib, mamlakat aholisini maqsad, mafkura bayrog'i ostida birlashtirish yo'lida muvaffaqiyatli harakat qildi. 
Kanishka Kadfiz 78 yilda Panjob viloyatida buddaviylarning umumjahon yig'ilishini chaqirtiradi va Buddaviylikning Maxayama yo'nalishini targ'ib qiladi, unga binoan Maxayama «hamma uchun birdek ulug' yo'l» deb biladi. Kushonshohlar e'tiqod erkinligini joriy etgan bo'lsalar-da, buddaviylikni kengroq yoyish va uni rivojlantirish uchun turli shaharlarda takyagoh, xonakoh, ibodatxonalar qurib, buddaviylikning muqaddas kitoblari («Tripitaka»)ni ko'paytirish, ularni o'rganish, tarjima qilish va izohlash, yangi tafsirlar yozish kabi diniy-falsafiy tafakkur rivoji uchun sharoit yaratish imkoniyatlarini qurdilar va moddiy mablag' bilan ta'minlab, davlat siyosati himoyasini yaratib berishdi. Bunday siyosat natijasida Tarmita o'z davrining yirik iqtisodiy, madaniy va buddaviylik dini markaziga aylandi. 
Kushonlar davrida budda dinining ravnaqiga baqtriyalik rohiblar ham juda katta hissa qo'shadilar. 
Xitoy, Tibet manbalarida buddaviylik dini targ'ibotchilari qatorida tarmitalik Dxarmamitara va toxaristonlik Gxoshakalarning nomlari ham qayd qilingan. Buddaviylik dinining yirik mazhablari sanalgan Xinoyana va Maxayana yo'nalishlari ham aynan shu zaminda ravnaq topadi. Viloyat hududida joylashgan kushon-lar davriga oid arxeologik yodgorliklar keng miqyosda o'rganilgan va ushbu tadqiqotlar jarayonida Kushonlar saltanatiga doir boy tarixiy ma'lumotlar aniqlandi. Bu ma'lumotlarga asoslanib vohada Kushon saltanati davrida xo'jalik va madaniyat yuksak taraqqiy etganligini kuzatish mumkin.17
Mavjud yodgorliklar bu to'g'rida juda ko'p tarixiy ma'lumotlar beradi. 1932 yidda Amudaryoda «Oktabryonok» katerida ketayotgan chegarachilar Ayritomga yaqin joyda oqtosh ko'rganlar, bu nog'orachi tasviri uyib solingan tosh friz ekanligi aniklandi. 1933 yilda bu topilmaga professor M. YE. Masson boshchiligida arxeologik ekspedisiya yuborildi. Termiz shaxridan 18 km sharqda balandligi 2-2,5 metr, qalinligi 1,5 metrli istehkom devorlari bilan o'ralgan I-II asrlarga oid budda ibodatxonasi topildi. U ohaktoshdan ishlangan ajoyib friz bilan bezatilgan edi. Ayiqtovon barglari orasida beshta sozanda surati uyib ishlangan. Nog'orachi bilan rang-barang kiyimlardagi sozanda ayollar surati ayniqsa diqqatga sazovordir. Bu sozandalardan biri ud, yana bittasi arfa chalayapti, frizda qo'llarida gulchambaraklar hamda chiroyli idishlar ko'tarib ketayotgan qizlar tasvirlangan.
Ibodatxonada buddaning haykali va boshqa ibodatxona qismlari qatorida toshdan yasalgan odam haykallari topilgan. Ular musiqa chaluvchilar, hadyalar tashuvchi erkak va ayollarning haykallari bo'lib, ibodatxonaning tashqi tomoni karnizi shu haykallar bilan bezatilgan. Haykallarning qiyofasi va kiyimlarida Hindistonga xos belgilar yorqin bo'lib, bu ajoyib san'at yodgorligi ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar samarasidir.
1936 yilga kelib M.YE.Masson boshchiligida tashkil etilgan TAKE kushon davri tarixi va madaniyati masalalarini izchil tadqiq etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Xususan, Termiz shahrining rivojlanish pallasi kushonlar davriga to'g'ri kelishi va tarixiy topografiyasi aniqlandi. TAKE ishlari Ayritom, Chingiztepa va Qoratepada olib borildi hamda tadqiqotlarda M.I.Vyazmitina, G.A.Pugachenkova, B.B.Piotrovskiy singari olimlar ishtirok qildilar. Ayritompeshtoqlarining topilishi Shimoliy baqtriyaning antik davr musiqa san'ati haqida ham so'z yuritish hamda ularni afg'oniston, Hindiston va Sharqiy Turkiston haykaltaroshligida uchraydigan shularga aynan o'xshash musiqa asbolari bilan qiyoslash imkonini berdi. Tadqiqotlar natijasida Termiz yaqinida daryo kechuvlari mavjud bo'lib, daryoning o'zi Yuqori Panj va Xorazm vohalarini bog'lovchi qulay suv yo'li bo'lganligi aniqlandi. Ko'hna shahar hududlaridan kushon podsholari Kadfiz II, Kanishka, Xuvishka va Vasudevalarning ko'plab tangalari topildi. TAKEning tashkil etilishi Ayritom va Eski Termiz yodgorliklarining dastavval va har tomonlama o'rganilishda muhim ahamiyat kasb etdi. O'sha yillari bu yodgorliklarning joylashgan o'rni, ularga asos solingan vaqt, ularning boshqa hududlar bilan munosabatlari hamda moddiy madaniyati masalalariga aniqliklar kiritildi.
Shimoliy Baqtriyaning tarixi va madaniyatini o'rganishda Hamza nomidagi O'zbekiston san'atshunoslik ekspedisiyasi (O'zSE) tadqiqotlarining o'rni va ahamiyati masalalari ham ko'rib chiqildi. 1959 yilda G.A.Pugachenkova tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu ekspedisiya izlanishlarida turli davrlarda E.V.Rtveladze, B.A.Turg'unov, A.S.Sagdullayev, Z.A.Hakimov, YE.Nekrasova, V.A.Luneva, S.V.Levushkina, T.V.Belyayeva, S.A.Savchuk. D.Ilyosov singari olimlar ishtirok qildilar. Shimoliy Baqtriya hududidagi Dalvarzin, Xolchayon, Ko'hna Termiz, Kampirtepa. Zartepa, Ayritom kabi yodgorliklarda arxeologik tadqiqot ishlari olib borildi. O'zSE xodimlari tomonidan baqtriya yozuvi yodgorliklarining topilishi, ayniqsa muhimdir. Bu borada 1977 yilda Ayritomdan topilgan haykal qoldiqlari va uning ostidagi olti qatorli baqtriya yozuvi fan olamida muhim voqea bo'ldi. Bu Surxkutal (Qiziltog') yozuvlaridan keyingi ikkinchi o'rinda turuvchi, aniq tarixiy mazmundagi Kushon-Baqtriya yozuvi bo'lib, unga ko'ra, inshoot majmuini o'rab turuvchi to'siq Shodiya (shaxsi noma'lum tomonidan qayta tiklangan va bu voqea Kushon podshosi Xuvishka hukmronligining to'rtinchi yilida sodir bo'lgan. Yozuv va haykalni Mirzod ismli usta ijro etgan. 
II asrda Kushon davlati budda dinini Hindistondan Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonga tarqatib, uni davlat dini darajasiga ko'targan. III asrda Eronda moniylik dini vujudga keladi, lekin u Eronda uzoq tura olmaydi, uning tarafdorlari Markaziy Osiyo va Shar-qiy Turkistonga qochib o'tadi, ko'proq savdo yo'li ustidagi shaharlarda bu dinni tarqatadilar. Ba'zi arxeolog olimlar Markaziy Osiyoda topilgan ko'plab suratkashlik, rassomlik hamda haykaltaroshlik yodgorliklaridagi syujetlarning murakkabligiga qarab, ularni moniy dini bilan bog'lashga harakat qiladilar. Aslida bu hol Kushon imperiyasi davri (I-III asrlar) quldorlik tuzumining
Markaziy Osiyo sharoitida eng rivojlangan davri
bo'lganligi bilan bog'liqdir. Bu davrda, bir tomondan, ko'chmanchi qabilalarning sug'oriladigan yerlarda joylashishi kuchaygan bo'lsa, ikkinchidan, quldor zodagon jamoalar yerini tortib olib, o'zlashtira boshlaydi. Shu tariqa jamoalar o'z ichidan buzilib, butun-butun qishloqlar quldor zodagon dehqonlarga tobe bo'lib qoladi.
Keyingi ilmiy izlanishlar natijasida Dalvarzintepa ko'hna shahriga mil. avv. III asrda asos solinganligi aniqlandi. Yunon-Baqtriya davrida bu yerda ko'handiz paydo bo'ladi. Kushonlar davriga kelib Dalvarzin me'morchiligi Baqtriya va Yunon qurilishi tajribalarining sintezini o'zida aks ettiradi.18 O'zSEning so'nggi yillardagi faoliyati natijasida antik davrga oid boy sopol majmualari o'rganildi va ilgarigi sopol idishlar kompleksi sanalariga aniqlik kiritish imkoniyati paydo bo'ldi. 1972 yili kushonlar davri madaniyatining mashhur yodgorligi Dalvarzinda 200 metr devor qoldiqlari topilib, uning eni 4,6 m, balandligi 2,5 m keladi. Dalvarzintepa atrofida devor bilan o'ralgan ark xarobasi bo'lib, ark devorining uzunligi 130 m ga, balandligi esa 2,5 m ga tengdir. Dalvarzintepaning sharqiy qismida hatto 80 m masofada eni 4 metrlik tosh yo'l kovlab ochildi. Bulardan tashqari, bu yerda bir necha to'rt burchakli paxsa devorli uylar topildi. Dalvarzintepada topilgan 900 ga yaqin tosh o'roq, jez o'roq, yorgichoq, don uchun kovlangan o'ra hamda kuyib ko'mirga aylangan arpa, bug'doy, tariq, so'li donlari va boshqa ashyolar qadimgi dalvarzinliklar asosan dehqonchilik bilan shug'ullanganligini ko'rsatadi. Arxeologik topilmalar: suyakdan yasalgan buyumlar, jez igna va bigizlarga qarab hukm qilganda, aholining turmushida to'quvchilik va tikuvchilik keng taraqqiy etgan-ligini ko'ramiz. Dalvarzinliklarda mahalliy degrezlik va miskarlik ancha taraqqiy qilgan, chunki bu yodgorliklardan juda ko'p temir buyumlar: jez, o'roq, pona, pichoq, kamon o'qlarining paykonlari, nayza uchlari, zeb-ziynatlar, jez oynalar, bilakuzuklar, isirg'alar, cho'michlar, munchoqlar hamda turli xil jez buyumlar quyiladigan tosh qoliplar, Shuningdek, degrezlik qo'rasining beshta qoldiqlari topilganligi bularning yaqqol dalilidir. Dalvarzintepadan topilgan manbalar ichida eng noyobi sopol ko'za bo'lib, unda 115 xil tilla quyma yombilar, zargarlik buyumlari, bilakuzuklar, isirg'a, erkak va ayollarning taqinchoq buyumlari bo'lgan. Bundan tashqari nafis ishlangan marjonlar, Yunon-Baqgriya zargarlik san'atining namunasi bo'lmish bo'yinga taqiladigan shoda ushlab turgan Geraklning bo'rtma tasviri tushirilgan buyumlar topildi.Dalvarzintepaning chekkaroq joyidan I asrda tiklangan Budda ibodatxonasi, shahristonidan Buddaning boshi, Bodxisatvaning mahorat bilan ishlangan mahobatli haykali, fil suyagidan tayyorlangan shaxmatning ikki donasi topildi. Buddaning boshi loy va gipsdan yasalgan bo'lib, balandligi 39 sm, eni 25 sm keladi. Bodxisatvaning (o'sha davrga oid) haykali ham loy va gipsdan yasalib, rang bilan bo'yalgan. Uning balandligi 2 metr 18 sm, eni 89 sm. U bir paytlar Bulda butxonasida turgan haykallar guruhidan biridir. Bu ko'hna topilmalar boshqa yodgorliklar bilan birgalikda 1988 yili Yaponiyaning Nara shahridagi «Ipak yo'li Naraga boradi» deb nomlangan xalqaro ko'rgazmada namoyish etilgan edi. 1995 yili esa ular Parijdagi muhtasham «Grand-Pales» («Katga saroy»)ning nodir galereyasida muvaffaqiyat bilan namoyish etildi.Vayron bo'lgan antik davr devori ustida tiklangan binoning qachon qurilganligini juda aniqlik bilan belgilash mumkin. Ravoq ochilganda, g'ishtlar orasidan VI-VII asrga oid turk-sug'd tangalari chiqdi. Devor qurilishi uchun ishlatilgan to'rtburchak g'ishtlar ham shu davrga to'g'ri keladi. Dalvarzintepadagi antik davr istehkomining tashlandiq holatga kelib yemirilish jarayoni, aftidan, IV-V asrlarga to'g'ri keladi. Mamlakat VI-VII asrlarda inqirozdan chiqqach, istehkom qulay, baland manzil sifatida qayta qurilib tiklanadi, shaharning o'zi esa xaroba bo'lib qoladi. Dalvarzintepa aholi maskani sifatida arablar istilosi chog'ida uzil-kesil tugadi, chunki arkda ham, shahristonda ham arablar kelganidan keyingi davrning izi yo'q. Chag'aniyonni 705 yili Qutayba bosib oladi va 737 yilda uning hokimi-Chag'onxudot arablarga o'lpon to'laydigan bo'ladi. Xalq orasida hozirgi Dalvarzintepa juda qadimiy mamlakat poytaxtining qoldiqlaridir, hukmdori afsonaviy qahramon Dol (Zol) bo'lgan. Arablar bu shaharni xalifa xazrat Alining bevosita rahnomoligida egallaganlar, so'ngra bu shaharda hayot butunlay so'ngan, degan naql yuradi. Dalvarzintepaning juda katta joyni egallaganligi, qurilishlar zichligi, arxeologik qatlamlar qalinligi mazkur qadimiy shaharning miloddan oldingi birinchi asrda va milodning dastlabki yillarida barq urib yashnab turgan viloyat markazi bo'lganligidan dalolat beradi.Chag'oniyon qayd etilgan antik davr ma'lumotlari bizgacha yetib kelmagan. Bu viloyat dastlab arablar istilosidan, oldingi vaqtga oid tarixiy manbalarda eslatiladi. VII asr (Xitoy) solnomasida shunday deyiladi. «Chingan-yen-na - bu mamlakat mashriqdan mag'ribga 400 li va shimoldan janubga 500 li ga yaqin maydonda yastangan.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, IX-XII asrlarda Movarounnahrda iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etgan Shosh, Toshkent vohasida o‘ziga xos, nihoyatda qizg‘in etnik jarayonlar sodir bo‘lib, turkiy tilli va forsiyzabon turg‘un aholi o‘troq, yarim o‘troq va ko‘chmanchi tarzda yashab, o‘zbek elatining shakllanishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shib, o‘zbek xalqining etnik tarkibidagi eng asosiy komponentlar sifatida salohiyatli o‘ringa ega bo‘lishgan.
Ma’lumki, har bir katta irq vakillari muhim antropologik belgilar asosida bir necha mayda irqiy guruhlarga yoki antropologik tiplarga bo’linadi. O’rtas Osiyoda yevropeoid irq ikki katta guruh - shimoliy yevropeoid tipi (ilmiy asarlarda protoyevropeoid tipi yoki andronov tipi bilan ma’lum) va ikkinchisini janubiy yevropeoid tipi (O’rta yer dengizi hind-afg’on, hind-O’rta yer dengizi tipi nomlari bilan ma’lum) deb ataganlar.
Kushon Baqtriyasining qishloq aholisi uchun qanday morfologik va irqiy xususiyatlar xos bo’lgan? Birinchidan, ular uchun boshning cho’zinchoq shaklda bo’lishi xosdirki, u antropologiya fanida «dolixokefaliya» (dolixo - uzun, kafaliya - bosh) deb ataladi. Ularning yuzi ingichka, cho’ziq yoki o’rtacha darajada cho’ziq bo’lib, burni tor, lekin sezilarli darajada bo’rtib turgan.
Masalan, qishloq aholisi antropologik tip jihatidan o’zgarishlarga uchramaydi va bronza hamda ilk temir davri aholisiga xos irqiy xususiyatlar bilan fiodalanaveradi. (T.Xo’jayov). Kushon Baqtriyasining shahar aholisi esa o’z tarkibida qishloq aholisiga xos irqiy xususiyatlar bilan bir qatorda O’rta Osiyoning shimoliy cho’l yerlaridagi chorvador aholi ko’pincha mongoloid aralashmasi yevropeoid guruhiing ta’sirida - Kushon Baqtriyasida O’rta Osiyo Ikki daryo oraig’i irqining asosiy xususiyatlari shakllanadi. U hozirgi o’zbeklar va tekisliklarda yashovchi tojiklarni ifodalaydi. Yuqorida aytilganlarga shuni qo’shimcha qilish mumkinki, Kushon Baqtriyasining paleoantropologik ashyonlarda butun O’rta Osiyo uchun xos bo’lgan tarixiy qonuniyatni ochishga muvaffaq bo’ldi.

Yüklə 127,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin