Kurs ishi mavzu Toshkent vohasining qadimgi aholisi, Kushon Baq
II bob. Kushon-Baqtriya aholisi va podsholik davri 2.1. Kushon-Baqtriya aholisi haqidagi ma’lumotlar Kushon Baqtriyasining paleoantropologik tadqiqi tarixi haqida nima deyish mumkin? Bundan 40 yilcha muqaddam Kushon Baqtriyasi aholisining antropologik xususiyatlari haqida birorta muayyan tushuncha yo’q edi. Arxeologlarning, xususan M.Ye.Masson rahbarligida olib borilgan Termiz kompleks arxeologiya ekspeditsiyasi hamda I.M.Dyakonov rahbarligidagi tojik-so’g’d ekspeditsiyasining tadqiqotlari natijasi o’laroq antropologlar Kushon Baqtriyasi aholisining jismoniy qiyofasini o’rganishga muvaffaq bo’ldilar. Janubiy Tojikistondagi to’pxona shahristonida dafinalar ochildi.
50-yillarning boshlaridagina ilk paleoantropologik ashyolar topilgan va ular O’rta Osiyo antropolgiyasining bilimdoni Vul Venmaminovich Ginzburg tomonidan tadqiq etilib, nashr qilindi. Keyinroq Janubiy Tojikistonda Kushon Baqtriyasining ko’chmanchi-chorvador aholisidan qolgan kechki Tulxar va Orixtov qo’rg’on qabrlaridan ko’plab antropologik ashyolar topildi. Ularni tadqiq etish natijalari shunday qat’iy xulosaga olib keldiki, Kushon Baqtriyasi aholisi yevropeoid irqining har xil guruhlari bilan xususan Kushon Baqtriyasining qishloq aholisi, asosan Sharqiy O’rta yer dengizi irqining belgilari bilan ifodalangan. Kushon Baqtriyasining qishloq aholisi uchun qanday morfologik va irqiy xususiyatlar xos bo’lgan? Birinchidan, ular uchun boshning cho’zinchoq shaklda bo’lishi xosdirki, u antropologiya fanida «dolixokefaliya» (dolixo - uzun, kafaliya - bosh) deb ataladi. Ularning yuzi ingichka, cho’ziq yoki o’rtacha darajada cho’ziq bo’lib, burni tor, lekin sezilarli darajada bo’rtib turgan.10 Masalan, qishloq aholisi antropologik tip jihatidan o’zgarishlarga uchramaydi va bronza hamda ilk temir davri aholisiga xos irqiy xususiyatlar bilan fiodalanaveradi. (T.Xo’jayov). Kushon Baqtriyasining shahar aholisi esa o’z tarkibida qishloq aholisiga xos irqiy xususiyatlar bilan bir qatorda O’rta Osiyoning shimoliy cho’l yerlaridagi chorvador aholi ko’pincha mongoloid aralashmasi yevropeoid guruhiing ta’sirida - Kushon Baqtriyasida O’rta Osiyo Ikki daryo oraig’i irqining asosiy xususiyatlari shakllanadi.11 U hozirgi o’zbeklar va tekisliklarda yashovchi tojiklarni ifodalaydi. Yuqorida aytilganlarga shuni qo’shimcha qilish mumkinki, Kushon Baqtriyasining paleoantropologik ashyonlarda butun O’rta Osiyo uchun xos bo’lgan tarixiy qonuniyatni ochishga muvaffaq bo’ldi. Uning mohiyati shundaki, antik davrda kelgan ko’chmanchi - chorvador qabilalar shahar muhitga kirib borib mahalliy aholi bilan aralasha borgan. Ular chamasi qishloq aholisi bilan nikohda kam bo’lishgan yoki bo’lishmagan. Qishloq joylardan ko’chib kelgan qabilalar kamdan-kam uchraydi. Shimoliy Baqtriyaning cho’l qismida chorvador qabilalar zich yashagan, bunga zich joylashgan o’lka qo’rg’on qabrlari shahodat berib turibdi.
Miloddan avvalgi III asr o'rtalarida Baqgriya satrapligining salavkiylar markaziy hokimiyatiga nisbatan muxolifati kuchayadi. Miloddan avvalgi 250 yilda Baqtriya satrapi Diodot Baqgriya yerlarini Salavkiylar davlatidan ajratib, Yunon-Baqtriya davlatiga asos soladi. Bu davrda Yunon-Baqtriya davlatiga nafaqat Baqtriya yerlari, balki So'g'diyona va Marg'iyona yerlari ham bo'ysuna boshlagan edi. Baqtriya yerlarining Salavkiylar davlatidan ajralib chiqishi aholiga bir qadar yengillik beradi. Bu davrda Baqtriya satraplari, bir tomondan, salavkiylar markaziy hokimiyati xurujlariga qarshi kurashgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, Parfiya podsholari tajovuziga qarshi kurash olib boradi. Mustaqillikka erishgan Baqtriya Diodot I davrida qudratli davlatga aylanadi. Yunon-Baqtriya podshosi Yevtidem davrida mamlakatning chegara hududlarini mustahkamlashga alohida e'tibor beriladi. Miloddan avvalgi 206 yildan boshlab Baqgriya yerlariga Salavkiylar davlatining solib turgan xavfi yo'qotiladi. Bu davrda vohada sun'iy sug'orishga asoslangan ziroatchilik va hunarmandchilikning qator tarmoqlari ancha yuksaladi. Pirovard natijada ko'plab shaharlar qad rostlaydi, xususan, Mirshodi vohasida yashagan aholi Dalvarzintepa o'rnidagi shaharga, Sherobod vohasida yashagan aholining bir qismi Jondavlattepa o'rnidagi shaharga, yana bir qismi esa Tallashqon II nomi bilan atalgan manzilgohga, Sho'rchi qishlog'i o'rnida esa Kofirqal'a (Kampirtepa) singari shaharlarga asos solinadi. Bu davrda Termiz (Tarmita) shahrining maydoni bir necha gektarga kengayadi. Shuning uchun ham yunon muarrixlari o'z asarlarida Baqtriya xususida to'xtalib: «Baqtriya - ming shaharli mamlakatdir» deb ta'kidlab o'tishlari bejiz emas edi, albatta.
Baqtriya o'sha davrda juda katgagina qo'shinga ham ega bo'lgan, tez-tez bo'lib turadigan jangu jadallar ham Baqtriya taraqqiyotini to'xtata olmagan. Xo'jalikning turli sohalaridagi rivoji natijasida savdo-sotiq ham ancha kamol topgan. Bu davrda baqtriyalik savdogarlar Chin-Mochin, Hindiston va Eron kabi mamlakatlar bilan iqgisodiy aloqalar olib borganlar. Baqtriya ziroatkorlari yetishtirgan mahsulotlar haqida yunon va chin manbalarida o'ta hayajon bilan so'z yuritiladi.
Baqtriyalik hunarmandlar oltin, kumush, qo'rg'oshin, qalayi, mis va bronzadan juda nafis zebu ziynat buyumlari, uy-ro'zg'or va xo'jalik qurollari yasaganlar. Bu davrda to'quvchilik, ko'nchilik, qurolsozlik va zargarlik hunarlari ancha yuksaladi.
Ilmiy izlanish natijalariga ko'ra, Baqtriyaning Salavkiylardan ajralib chiqishi mil. avv. 256 yilda ro'y bergan. Bu davrda Diodot Salavkiylarning Baqtriyadagi noibi edi, u shohlik rutbasini faqat Antiox II ning vafotidan keyin, taxminan mil. avv. 247-246 yillarda qabul qilishi mumkin edi va Baqtriyada mil. avv. 268 yildan mil. avv. 230 yilga qadar hukmronlik qiladi. Diodot I dan keyin Baqtriya taxtini uning o'g'li Diodot II egallaydi, undan keyin esa hokimiyat Evtidemga o'tadi. Diodotga hamda Salavkiylarga qarindoshligi bo'lmagan Evtidem Diodot II ni o'ldirib, taxtni kuch bilan egallaydi, bu voqea mil avv. III asrning 20-yillarida sodir bo'lgan. Shundan keyin Salavkiylar shohi Antiox III Evtidemni rasmiy hukmron sifatida tan oladi.