Kurs ishi Mavzu


Marketingni o‘zaro aloqaviy konsepsiyasi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə7/11
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#105716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs ishi

Marketingni o‘zaro aloqaviy konsepsiyasi. Marketingni o‘zaro aloqaviy konsepsiyasining asosiy g‘oyasi xaridorlar bilan boshqa oldi-sotdi jarayoni qatnashchilari o‘rtasidagi munosabatlar (kommunikatsiya)dan tashkil topadi. Marketingni o‘zaro aloqasi samarali kommunikatsiya, shaxsiy muloqotlar ahamiyatini oshiradi. Marketingni o‘zaro aloqasi kommunikatsiyani kengroq jihatda – kompaniya(firma) bilan uning sheriklari o‘rtasidagi daromad olib keluvchi xohlagan o‘zaro aloqasi sifatida ko‘radi.
Savdo, keyinchalik sanoatda marketingni faol qo‘llanish jarayoni o‘tish davri iqtisodiyotining xususiyatlari bo‘lib hisoblanadi. XXI asrning 2008 yilida iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqirozning vujudga kelishi natijasida moliya bozorlari xizmatlarida marketing tizimini keng qo‘llash ahamiyati yanada ortdi.
Marketing evolyusiyasi marketing konsepsiyasini, shaklini va elementlarini o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Quyidagi 1.3-jadvalda marketing evolyusiyasini nazariy asoslari, uslublari, qo‘llash sohalari bilan tanishib chiqamiz.
Marketing konsepsiyasi - bu korxonalar faoliyatini boshqaruv falsafasidir. U esa, tovar ishlab chiqaruvchilarga iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish natijasida foyda olishlari uchun yordam beradi. Buning uchun har kuni va uzoq muddat davomida:
• tadbirkorlik faoliyatini faollashtirishga;
• bozorga;
• iste’molchilarning maqsadli guruhlariga;
• bosh strategik maqsadlarga e’tiborni jalb etish lozim.

Marketing tizimida qo‘yilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va boshqa sub’ektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni marketing usullari yig‘indisi, uslublari zarurdir. SHunday vositalardan marketing-miks, marketing kompleksi bo‘lib hisoblanadi. Bularni marketing nazariyasiga 1964 yilda birinchi bo‘lib Garvard universiteti biznes maktabi professori Neyl Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 «P» deb nomlanib, Djeremi Makkarti tomonidan 1960 yilda bu model taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning to‘rtta asosiy elementlari ajratib ko‘rsatilgan: tovar (product), narx (price), joy (place), siljitish (promotion).
Marketing faoliyatida ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirish jarayonida albatta inson ishtirok etadi. SHuning uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan marketing elementlari tarkibiga 5 «P» ham kiritilib, u kishilar (people) ekanligi alohida takidlab o‘tilgandir.
Marketingni asosiy elementlari 1.6-rasmda ko‘rsatilgan.

1968 yilda F.Kotler marketing-miks elementlari tarkibiga pablik-rileyshnz (public relations) va siyosatni (politics) qo‘shib, oldingi 4 «P» ni 6 “P” ga kengaytirib ko‘rsatdi.
4 “P” modelini qo‘llanishini cheklanganligiga qaramasdan, marketing nazariyasini shakllanishi va amaliyotini rivojlanishida ilg‘or rol o‘ynaydi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin