2 -rasm. Dunyo davlatlarining YaIM dagi umumiy soliqlar tushumi ulushi. (2017-yil)7
S.H. Gataulin «...soliqlar o‘zi nima va ular nimaga kerak», degan savolga quyidagicha javob beradi: «Soliqlar — bu davlat sarf-xarajatlarining asosiy manbayi bo‘lib, iqtisodiyotni tartibga soluvchi va daromadlarni barqarorlashtiruvchi vositadir.8 Soliqlar davlat budjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta’rif soliqlarning mohiyatini to‘laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini o‘zida aks ettira olmaydi. Bundan
tashqari, iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar obyekti bo‘lib nima hisoblanadi, degan savollarga javob bera olmaydi.
Ayrim iqtisodchilar soliqlarni milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash vositasi sifatida izohlashga harakat qilganlar, — «Soliqlar – milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir».9
Dostları ilə paylaş: |