Xo‘jalik yurituvchi subyektning valuta mablag‘lari oqimi va
ularning tuzilmasi
Mazkur ko‘rsatkichlarga asoslanib kelib tushgan va sarflanganmablag‘lar nisbati sifatida aniqlanadigan pul va valuta mablag‘lari oqimining koeffitsiyentini hisoblab topish shart. Ushbu koeffitsiyent birdan katta bo‘lsa, bu hisobot davrida kelib tushgan pul mablag‘lari ularning sarfidan ortiqchaligidan dalolat berib, bu hol bank hisob raqamlaridagi va kassadagi pul mablag‘i qoldig‘i ko‘payishida o‘z aksini topgan. Pul mablag‘lari oqimi koeffitsiyentining birdan pastligi pul mablag‘lari sarfi kelib tushishiga nisbatan ko‘proq bo‘lganligidan,
hisobot davri oxirida pul va valuta mablag‘lari qoldig‘i kamayganligidan dalolat beradi.
Mazkur koeffitsiyent korxona hisobot davri boshida muayyan pul
qoldiq summasiga ega bo‘lganida birdan past bo‘lishi mumkin. Pul mablag‘lari oqimi o‘zgarishining moyilligini, ularning korxona moliyaviy ahvoliga ta’sirini aniqlash, pul mablag‘lari oqimini prognozlash uchun pul mablag‘lari oqimining so‘nggi bir necha yil ichidagi summasi, tuzilmasi va koeffitsiyentining o‘zgarishini tahlil qilish lozim bo‘ladi.
Pul mablag‘larining manbalari va foydalanish yo‘nalishlarinibaholash, hamda shu asosda ular bo‘yicha xulosa qilish va tavsiyalarberish maqsadida tahlil qiluvchi quyidagi savollarga javob topishikerak:
► Korxona bundan keyin ham asosiy vositalarni hisobdan chiqarishni korxonaning o‘zida to‘plangan pul mablag‘lari hisobiga
moliyalashtira oladimi?
► Ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi korxonalar sotib olish
qay yo‘sinda moliya bilan ta’minlangan?
► Tashqi manbalardan moliyaviy ta’minlanishiga bog‘liqlik qay
darajada?
► Dividend siyosati yuritish, ya’ni aksiyalar, qimmatli qog‘ozlar va qarz berishga pul joylash hisobiga daromad olish qay darajada? Bir necha yillik pul oqimlarining tahlili ishlab chiqarishni kengaytirishga pul mablag‘larini jalb qilish istiqbolini va bo‘lg‘usi kutilmagan noxush holatlarning oldini olish imkoniyatlarini, ya’ni rahbariyatga korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash bo‘yicha uslubiyat va taktikani belgilab olish imkonini beradi.