Kurs ishi topshirdi: Qabul qildi: urganch-2023 mavzu: iste’mol, va jamg’arish funksiyalari reja


chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi



Yüklə 373 Kb.
səhifə8/9
tarix21.10.2023
ölçüsü373 Kb.
#159412
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2. Iste’mol va jamg’arish funksiyalari 13

chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi


5. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz ctavkasidan boshqa omillar. Akselerator modeli.
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo’lib kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o’rtasida teskari bog’liqlik bo’lsa, kutilayotgan sof foyda me’yori (KSFM) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o’rtasida to’g’ri bog’liqlik bor.
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali bo’lmay qoladi.
Misol uchun, zavodga 100000 so’mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni qo’llashdan zavod 10.000 so’m sof foyda olgan bo’lsin. Kutilayotgan sof foyda me’yori quyidagicha aniqlanadi:
KSFM = 10000 / 100000 x 100 = 10%.
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining o’zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo’lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi.
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar kiradi:

  1. Soliqqa tortish darajasi;

  2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o’zgarishlar;

  3. Mavjud bo’lgan asosiy kapital miqdori;

  4. Investorlarning kutishi;

  5. Yalpi daromadlarning o’zgarishi.

Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o’zgarmagan sharoitda ham) ko’payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi.
Investitsiyalar hajmining YaIM yoki daromadlar darajasiga bog’liqligini akselerator modeli aks ettiradi:
I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funktsiyasi ekan.
Akselerator modelining to’liqroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
I = Ireja+ γY bu erda:
Δ I It –I t-1 γ = ----------- = ------------------
Δ Y Yt - Yt-1
Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi.
Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funktsiyasini quyidagicha yozish mumkin:
I = e - dR + γY
YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko’payishiga olib keladi. Korxona foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida bo’sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaMMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda bo’lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo’lmaydi.

Yüklə 373 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin