KURS ISHI HIMOYASI
Belgilangan tartibda yozilgan kurs ishi (kompyuterda bajarilgan
holda uning elektron
varianti bilan birga) talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Ilmiy
rahbar roziligi bilan kurs
ishi taqrizga yuboriladi.
Taqrizda ko’rsatilgan kamchiliklarga talaba yozma ravishda javob beradi.
Kurs ishi
kafedraga belgilangan himoya kunidan 10 kun oldin topshiriladi.
Kurs ishlari himoyasida ilmiy rahbar va mutaxassislik
kafedrasidan professor-
o’qituvchilar ishtirok etadi. Kurs ishi himoyasi tartibi quyidagilardan iborat:
1. Talaba 10-15 daqiqa davomida himoyada ishtirok etayotganlarga
kurs ishining
maqsadi, vazifalari, mazmuni hamda o’z tavsiyalari va takliflari to’g’risida axborot beradi.
2. Kurs ishi zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida taqdimot (prezentatsiya)
shaklida tashkil etiladi va o’tkaziladi.
3. Shundan so’ng talaba kurs ishi mavzusiga va u bilan bog’liq bo’lgan himoyada
ishtirok etayotganlarning savollariga javob beradi.
4. Kurs ishi bahosi himoyada ishtirok etayotganlar va ilmiy rahbar
tomonidan birgalikda
talabaning javoblari asosida belgilanadi.
5. Kurs ishi 5 baholik izimi asosida baholanadi.
6. Kurs ishi himoyasi natijasi sifatida ilmiy rahbarning tavsiyasi
bilan ilmiy maqola
shakliga keltirish va uni ilmiy jurnallarda nashr etishi mumkin.