7-topshiriq. O’zbekiston Respublikasining lizing faoliyati bilan bog’liq me’yoriy-huquqiy asoslarini o’rganing. 8-topshiriq. Lizing faoliyati bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar faoliyatini tahlil qiling. 9-topshiriq. O’zbekistonda lizing faoliyatiga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarni misollar orqali asoslang.
10-topshiriq. Tayanch ibora va tushunchalarga izoh bering. 1. Lizing
7. Operativ lizing
2. Lizing beruvchi
8. Qaytariluvchi lizing
3. Lizing oluvchi
9. Xalqaro lizing
4. Lizing shartnomasi
10. Renting
5. Lizing to‟lovlari
11. Xayring
6. Moliyaviy lizing
12. Sof lizing
13-MAVZU. INVESTITSIYALARNI LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISH Investitsiyalarni
loyihaviy
moliyalashtirish
tushunchasi.
Investitsiya
loyihalarini loyihaviy moliyalashtirish xususiyatlari. Investitsiyalarni loyihaviy
moliyalashtirish sxemalari. Sindikatli kreditlash va uning yuzaga kelish tarixi.
Sindikatli kreditlash xususiyatlari. Sindikatli kreditlashni tashkil etish.
1-topshiriq. Korxona holatini va uning investitsion qarori to’g’riligini tahlil qiling Qo‟shma korxonaning investitsion qaroriga ko‟ra, birinchi yil bo‟yicha
daromad 12000 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Buning uchun o‟zgaruvchan
xarajatlar 10700 mln. AQSh dollarini va o‟zgarmas xarajatlar 1100 mln. AQSh
dollarini tashkil etishi kerak. Korxona ikkinchi yili mahsulot ishlab chiqarish
hajmini 12 %ga oshirishni, boshqaruv kadrini ko‟payishi munosabati bilan ish
haqi xarajatlarini 7 %ga oshirishni rejalashtirmoqda. Korxona foydasini hisob
kitob qilish orqali, shu yo‟l bilan ishlab chiqarish hajmini oshirish samaralimi yoki
yo‟qligini aniqlang.