Курс ишини ёзиш ва ҳимоя қилиш жараёни қуйидаги босқичлардан иборат


 T-sxemadan foydalanib, mavzu bo’yicha xulosalarni



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/51
tarix31.07.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#138077
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51
investitsiya loyihalari ekspertizasi

2. T-sxemadan foydalanib, mavzu bo’yicha xulosalarni 
shakllantiring. 
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning asosiy shartlaridan biri bu garov 
ta’minoti hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi yangi tahrirdagi (Mazkur 
Qonunning yangi taxriri O’zR 01.05.1998 y. 614-1-son Qonuniga muvofiq kiritilgan, 
Qonunga O’zR 07.12.2001 y. 320-II-son Qonuniga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan) 
“Garov to’g’risida”gi Qonuni 32 moddadan iborat bo’lib, loyihalarni 
moliyalashtirishda garov ta’minotining tartib qoidalarini belgilab beradi.
“Garov to’g’risida”gi Qonunning 1 moddasiga ko’ra “bir shaxsning boshqa shaxsga 
mol-mulkni yoki unga bo’lgan xuquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi” 
garov hisoblanadi. Garovga ko’ra qarzdor (garovga qo’yuvchi) garov bilan 
ta’minlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda 
kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat bo’yicha garovga qo’yuvchi tomonidan 
garovga qo’yilgan mol-mulkning qiymatidan boshqa kreditorlarga qaraganda imtiyozli 
suratda qanoatlantirilishiga xaqli bo’ladi, qonunda belgilab qo’yilgan xollar bundan 
mustasno. 
Qonun bo’yicha xaqiqiy bo’lgan xar qanday majburiyatning: zayom, bank krediti, 
ijara, oldi-sotdi, yuklarni tashish va xuquqning xar qanday sub’ektlari (jismoniy va 
yuridik shaxslar, davlat) o’rtasidagi boshqa majburiyatlarning bajarilishi garov bilan 
ta’minlanishi mumkin. Majburiyat pul birliklarida (milliy valyutada yoki chet el 
valyutasida) ifodalangan bo’lishi lozim. 
Garov shartnoma yoki qonunlarga ko’ra vujudga keladi. Garovning vujudga 
kelishini nazarda tutuvchi qonunda qanday majburiyatga ko’ra va aynan qaysi mol-
mulk garovda to’rgan deb e’tirof etilishi lozimligi ko’rsatilgan bo’lishi lozim. 
Garov zakalat, ipoteka, shuningdek xuquq garovi tarzida amal qilishi mumkin. 
Xar qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy xuquqlar (talablar) garov 
narsasi bo’lishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan 
uzviy bog’liq bo’lgan talablar, xususan xayoti yoki sog’lig’iga etkazilgan zararni 
qoplash to’g’risidagi talablar, alimentlar to’g’risidagi talablar hamda boshqa shaxsga 
berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno. 
Garov to’g’risidagi shartnomada, qonun asosida vujudga keladigan garovga 
nisbatan esa qonunda garovga qo’yuvchi kelgusida qo’lga kiritadigan ashyolar va 
mulkiy xuquqlar garovi nazarda tutilishi mumkin. Agar shartnomada yoki qonun 
hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, mol-mulkka nisbatan garov 
xuquqi mol-mulkning narsalarini va tarkibiy samarasini ham o’z ichiga oladi. Garovga 
qo’yilgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan samara, mahsulot va 
daromadlarga nisbatan garov xuquqi shartnomada nazarda tutilgan xollarda tatbiq 
etiladi. 
Garov narsasi ko’chmas mulkdan iborat bo’lgan garov ipoteka deb e’tirof etiladi. 
Ipoteka belgilangan mol-mulk garovga oluvchiga berib qo’yilmaydi. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlar amaliyotida yuqori likvidlilik darajasiga ega 
bo’lgan garov ob’ektlari birinchi toifali garov ob’ektlari deb qaraladi va ularga 
quyidagilar kiradi: er, hukumatning qimmatli qog’ozlari, markaziy bankda qayta 
hisobga olinadigan trattalar, korxonalarning hukumat tomonidan kafolatlangan 
qimmatli qog’ozlari.


29 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin