Kurs ishining asosiy vazifasi


XUDUD TO‘G‘RISIDA UMUMIY MALUMOTLAR



Yüklə 57,39 Kb.
səhifə4/5
tarix22.10.2023
ölçüsü57,39 Kb.
#159660
1   2   3   4   5
Melziyayev X

XUDUD TO‘G‘RISIDA UMUMIY MALUMOTLAR
Menga berilgan hudud yani o‘zim yashayotgan Kapasaroy MFY Farg‘ona viloyati Qo’qon Shaxri joylashgan hisoblanadi viloyat va tuman bo‘yicha umumiy tafsiflaydigan bo‘lsam.


Qoʻqon — Fargʻona viloyatida, sharqiy Oʻzbekistondagi shahar. Soʻx daryosi (tarmogʻi) ning quyi oqimida joylashgan. Aholisi — 254 700 nafar (2020-yil). Qoʻqon xonligining poytaxti boʻlgan. Bu shahar Fargʻona viloyatining yirik shaharlaridan biridir.
Tarixi
Mahalliy tarixchi va arxeologlar orasida shaharning yoshi 2 ming yildan ziyod degan taxmin mavjud. Qoʻqonga oid dastlabki maʼlumotlar 10-asr yozma manbalarida uchraydi. Etimologiyasi haqida turli taxminlar bor [mas, Istaxriy va Ibn Havqal asarlarida „Havokand“ (Hoʻkand) shaklida, yaʼni „goʻzal“, „yoqimli“ yoki „shamol shahri“ maʼnosida uchraydi]. Keyingi asrlarda „Hoʻqandi latif“ degan atama ham ishlatilgan. Undan tashqari „balandlikdagi shahar“, „hular shahri“ [yaʼni, „hu (ku) qabilasi — elati shahri“] versiyalari ham bor. Qadimiy Xitoy qoʻlyozmalarida Qoʻqon nomi „Guyshan“, „Xoʻxan“ tarzida ifodalangan.[4]
Qoʻqonning 18-asrgacha boʻlgan siyosiy tarixi haqida maʼlumotlar juda oz. Qoʻqon podsho Rossiyasi qoʻshinlari tomonidan zabt etilganda Qoʻqon xonligi arxivining koʻp qismi olib ketilgan. Qoʻqon qadimda Hindiston va Xitoyga boriladigan karvon yoʻlida joylashgan. 13-asrda moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Shundan keyin 18-asrgacha Qoʻqon kichik aholi turar joyi sifatida mavjud boʻlgan. 1709 yili Qoʻqon xonligi tashkil topgach, 1711 yili Eskiqoʻrgʻon qalʼasi oʻrnida hozirgi Qoʻqon shahriga asos solindi, istehkom va qalʼa barpo etildi. 1732 yili Abdurahimbiy bu ishni nihoyasiga yetkazdi va shaharni xonlik poytaxtiga aylantirdi. Shu davrdan boshlab shahar Qoʻqon deb atala boshladi. Shaharning mustahkam devori, 12 darvozasi (Xoʻjand, Gʻoziyogʻliq, Quduqliq, Sarmozor, Namangan, Chimyon, Soʻx, Margʻilon, Rishton, Moʻyimuborak, Qatagʻon, Isfara) boʻlgan. Qoʻqon hududi 12 maʼmuriy boʻlak (daha)ga taqsim qilingan. Shaharda 3 mingga yaqin xonadonda 31 ming kishi yashagan. Norboʻtabiy davrida (1766—98) ravnaq topdi, Sharqning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi. Olimxon hukmronligi davrida (1801 — 1810) esa Qoʻqonning siyosiy mavqei kuchaydi. Umarxon (1810—22) va uning oʻgʻli Muhammad Alixon (1822—1842) hukmronligi davrida Qoʻqonda fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat markaziga aylandi. 1842-yilda Buxoro amirligi hukmdori Nasrulloxon tomonidan bosib olindi. Qoʻqon xonligi rus qoʻshinlari tomonidan ishgʻol etilib, Turkiston general-guber-natorligiga qoʻshib olingach (1876), Qoʻqon yangi tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining Fargʻona viloyati maʼmuriy markazi boʻladi. Viloyat markazi Yangi Margʻilonga koʻchirilgandan keyin (1877-yil 27-aprel), Fargʻona viloyati uyezd shahri, soʻng vodiyning eng yirik shaharlaridan biri boʻlib qoldi.

Yüklə 57,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin