O’quvchilarda matn yaratish ko’nikmalarini shakllantirishning xozirgi axvoli
Matn nutqiy hodisa boʻlib, u ikki va undan ortiq gapning mazmuniy birikishidir. Oʻz tuzilishiga koʻra gap xat boshi, boʻlim qism, boblardan tashkil topadi. Oʻquvchilari tomonidan yaratilgan matnlar asosan gap, xat boshi va qismdan iborat boʻladi. Bahor dalalarda ish qizgʻin shaklidagi toʻrtgina soʻzning mazmun birikishidan tortib, butun boshli hikoyalar, ertaklar, badiiy asarlar hammasi matn hisoblanadi. Matn narsa va hodisalarni tasvirlaydi, soʻzlovchining munosabatini aniqlaydi. O‘quvchilar rivoyat va hikoyalash, muhokama qilish usullaridan koʻproq foydalaniladi. Bu xislatlar oʻrtasida, aniq chegara boʻlmasada, ularning har qaysisi oʻziga xos xususiyatlarga ega. Tasviriy matnda voqealarda ishtirok etadigan shaxslar boʻlmaydi. Unda asosan tabiat manzarasi voqea - hodisalar, ish jarayonlari tasvirlanadi. Rivoyalash va hikoyalash matnni tasviriy matndan, voqeaning izchillikda berilganligi, undagi ishtirok etuvchi shaxslarning borligi, dialogik nutqdan foydalanish kabilar bilan ajralib turadi. Matnning bu turida dalillar va ularning tafsilotiga alohida oʻrin ajratiladi, voqealar hikoya tarzida tasvirlanadi. Matnlar ustida ishlash orqali oʻquvchilarini ijodiy fikrlashga yoʻnaltirish, ular ongi va tafukkurini rivojlanishiga asos boʻladi. Matnlar orqali oʻquvchilarni ijodiy tafukkurini shakllantirish mumkin. Oʻquvchilar qanchalik koʻp matn oʻqisa shunchalik nutqi rivojlanadi, matnning maʼnosini tushunish orqali dunyoqarashi va fikrlashi oʻzgaradi. Oʻquvchilarini ijodiy fikrlashga yoʻnaltirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. O‘quvchilarida ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, tushunarli va ta’sirchan, chiroyli so‘zlash, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini tanlash, tilimizning boy imkoniyatlaridan nutq sharoitiga qarab to‘g‘ri, o‘rinli va samarali foydalanish malaka va ko‘nikmalarini singdirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va an’analarimiz ruhida tarbiyalashda ona tilining tutgan o‘rni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Darhaqiqat, ona tili orqali o‘quvchilarida ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsuli og‘zaki va yozma shakllarda tog‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Mashg‘ulotlarida asosiy e’tibor o‘quvchilarga tilning grammatik qurilishini emas, balki ularning so‘z boyligini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish, fikrini sharoitiga mos ravishda ifodalay olish ko‘nikmalarini kengaytirishga qaratishimiz zarur. A.Hamroyev ta’kidlaganidek, ona tili ta’limiga kognitivpragmatik usul elementlarini kiritish o‘quvchilar tafakkuri va mustaqil fikrlash layoqatlarini o‘stirish, ta’lim jarayoni samaradorligi bolalar o‘zlashtirishining sifatini yaxshilashga olib keladi. So‘zlarning ma’nolarini o‘quvchilarga tushunarli tarzda yetkazib berish orqali ularni ijodiy fikrlashi rivojlanadi. Bolaning nutqi maktab ta’limiga tayyorgarlik bosqichida kattalar bilan muloqatga kirishib kishilarning fikrini uqib olish va to‘g‘ri idrok qilish darajasida shakllanib boradi. U eshitgan va ko‘rganlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tushuna oladi. O‘zidagi axborotlarni muayyan tartibda bayon qila oladi. Shunday qilib unda fikrlash bosqichi paydo bo‘ladi. Umuman olganda, ona tili darsliklari so‘zga ehtiyoj hosil qiladigan, so‘z boyligini oshiradigan o‘quv-topshiriqlariga, matnlarga boy bo‘lishi, leksikologiya har bir til sathining tarkibiy qismiga aylantirilishi lozim va zarurdir, har bir dars matn tahlili bilan boshlanib, matn yaratish bilan tugallansagina, ona tili ta’minining bosh maqsadga erishgan, o‘quvchilarning nutqiy taraqqiyotini ta’minlagan, ularni nutq sharoitiga mos ravishda go‘zal ixcham va ravon so‘zlashga o‘rgatgan, so‘z san’ati ilmiy bilan tanishtirgan bo‘lamiz. Matn ustida ishlash boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishning eng ma’qul usullaridan biri hisoblanadi. Buning uchun ularning og‘zaki va yozma nutqlarini baravar rivojlantirib borish kerak. Biror asar matn ustida ishlashda ham bu talablarni unutmaslik lozim. O‘quvchilarda ijodiy fikrlash va ijodiy matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid tashkiliy-metodik ishlarni asosan o‘tilgan darsni mustahkamlash jarayonida, shuningdek, uy vazifalari bajarishga yo‘llanma berish davrida amalga oshirish maqsadga muvofiq boʻladi. Matn yaratishga o‘rgatish orqali o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikma va malakalarini oshirish ona tili mashg‘ulotlarida ko‘zlanadigan bosh maqsad bo‘lib, u so‘z ustida ishlash, gap ustida ishlash va matn ustida ishlash orqali amalga oshiriladi. Ona tilidan istalgan bir mavzuni o‘tishda o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini ijodiy fikrlashga o‘rgatib, fikrni og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilish ustida ishlashni tashkil eta olishi lozim. Oʻquvchilarini ijodiy fikrlashga oʻrgatishda matnlar ham oʻziga xos oʻringa ega. Matnlarni ifodali tarzda oʻqiy olish, uning maʼnosini oʻrganish orqali boshlangʻich sinf oʻquvchilarini nutqi va ijodiy fikrlashi rivojlanadi. Har bir oʻquvchi oʻz matnni oʻqigandan soʻng, oʻz fikrini bayon qilsa, uning nutqi rivojlanib ijodiy fikrlashi shakllanib boradi.
Barchamizga ma’lumki, insonni boshqa jonzotlardan ustun sanalishiga asosiy sabab aql, ilm, tafakkur va nutqdir. Shuning uchun ham inson hayotning oliy xilqati sanaladi. Biroq inson o‘z vazifalarini bekam-u ko‘st amalga oshirishi uchun ma’lum e’tiqodga ega bo‘lishi, o‘z umrining asl mohiyatni anglashi lozim bo‘ladi. Buning uchun esa insonga yaxshi ta’lim va ma’naviy tarbiya olish zarur sanaladi. Xo‘sh, ma’naviy tarbiya nima? Inson tarbiyasida ma’naviy tarbiya juda muhim. Ayniqsa, hozirgi shiddatli davrda insonning ma’naviy tarbiyasi juda ko‘p narsani belgilaydi. Ma’naviy tarbiyaning asosida qalb tozaligi yotadi. Shuning uchun ham yosh avlodga ma’naviy tarbiya zarur. Inson qaysi jamiyatda yashashidan, qaysi kasb bilan shug‘ullanishidan qat’i nazar, u o‘z insoniy burchi sifatida oilasini moddiy jihatdan to‘kis etib ta’minlashi uchun dunyoviy ishlar bilan shug‘ullanishga majbur. Chunki, insonning moddiy ehtiyojlari doimiy ravishda o‘sib boradi. Ota-bobolarimiz bolalarini halol-pokiza turmush kechirishlari uchun ularga yoshlikdan kasb va hunar sirlarini o‘rgatish bilan birga ularga odob va tarbiya berishgan. Chunki insonning iymon va ma’naviyati mukammal bo‘lsa, u nopok yo‘lga yurmaydi. Shu bilan birga topilgan mablag‘ va mol-u dunyosi halol bo‘ladi. Birovning haqqiga xiyonat qilmaydi.Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bо‘ladi. Xususan, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilar badiiy asar mutolaasi va matni ustida ishlash orqali o‘zlariga hayotiy saboqlarni oladilar. Badiiy asar matni tahlili jarayonida ular asar qahramonlarining hatti harakatlarini tahlil qilib, ularning qilmishlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini anglaydilar, shu bilan birga asardagi voqealardan ta’sirlanadilar. Buning uchun o‘qish va sinfdan tashqari o‘qish darslarini interfaol, qiziqarli, sifatli va munozaralarga boy tarzda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchi badiiy asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mutolaa badiiy asardan ta’sirlanishga yordam berib, uning tafakkurini peshlasa, tahlil asar zamiridagi ma’noni chuqurroq anglash va o‘rganishga yordam beradi.O‘qish faoliyatida o‘qituvchi badiiy asar ustida ishlash jarayonining quyidagi masalalarini hal qilishi muhimdir. Bular asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlab olishdan boshlanadi. Sinfda o‘quvchilarning ruhiy holati, sinf o‘quvchilari orasidagi holat va vaziyatlardan kelib chiqqan holatda asar ustida ishlashning mazmuni belgilanadi. Keyingi vazifa asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olish vazifasidir. Bu vazifa o‘qituvchining dars jarayoniga metodik tayyorgarligi, dars jarayonini qanday metodlar asosida tashkil etishi va boshqarishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi badiiy asar ustida ishlashda har bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi muhim o‘rin tutadi. Keyingi masala o‘quvchilar egallaydigan bilim, ko‘nikma va malakalar doirasini belgilab olish vazifasidir. Bunda badiiy asar ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning tafakkuri, o‘z fikrini nutqida bayon qila olishi, badiiy asar ustida ishlashning qaysi bosqichida bo‘lmasin o‘zini namoyon eta olishiga e’tibor qaratadi. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo‘linadi: Birinchi sintez bosqichi. Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat. Bunda avvalambor asarni yaxlit holatda o‘quvchilare’tiboriga havola qilish maqsadida o‘qituvchi o‘ziga qulay bo‘lgan usulni tanlaydi. Masalan, o‘qituvchi hikoyasi, asar matnining audio shakli,film namoyishi, asarning bir necha o‘quvchilar tomonidan rollarga bo‘linib o‘qilishi va hokazo. Bunda ish turi badiiy asarning xususiyatlari va qaysi sinfda o‘qitilishiga mos ravishda tanlanadi. Bu bosqichni boshlashda o‘qituvchi asar muallifi haqida ham ma’lumot berishi lozim. Analiz bosqichi. Bu bosqichning vazifasi badiiy asarda voqealar rivojining bog‘lanishini aniqlash, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori (O‘zini qanday tutdi? Nima uchun bunday qildi?) va ularning asosiy xususiyatlarini ochib berish (qahramonlarning ijobiy va salbiy xususiyatlariga e’tibor qaratiladi), asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kulminatsion nuqta, yechim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish ya’ni, badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuyg‘u va kеchinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi badiiy tasvir va ifoda vositalari, obrazlilik (tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi elementlarga e’tibor qaratish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat. Birinchi sintezdan so‘ng o‘qilgan asarga bog‘liq holda ijodiy xarakterdagi ishlar o‘tkaziladi. Masalan: “Ekspertlar guruhi” amaliy ishini taklif qilamiz. Bu usul quyidagi tartibda tashkil etilishi mumkin. Badiiy asarni analiz qilish uchun o‘quvchilar asar qahramonlari sonidan kelib chiqib bir necha kichik guruhlarga bo‘linadilar. Masalan: 4-sinf O‘qish kitobida keltirilgan “Eng ulug‘ fazilat” ertagini “Ekspertlar guruhi” usulidan foydalanib analiz qilish quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin. Avval ertak matni birinchi sintez bosqichi asosida o‘quvchilar e’tiboriga havola etiladi, ya’ni ertak matni boshidan oxirigacha mutolaa qilinadi.