FTP ( File Transfer Protocol)─ Ma’lumot uzatish protokoli, bir kompyuterdan boshqa bir kompyuterga ma’lumotlarni uzatishda foydalaniladi. Masofaviy kompyuterda kataloglarni ko’rish, ko’chirish, o’chirish va fayllarni qayta jo’natishni ta’minlaydi. FTP boshqa protokollardan xost orqali ikkita bog’lanishni amalga oshirishi bilan farq qiladi. Bittasi ma’lumotlarni uzatish uchun, ikkinchisi esa ma’lumotlarni uzatishni boshqarish uchun foydalaniladi.
DNS (Domain Name System) – domenlarni nomlash tizimi. Ushbu tizim Internet tarmog’idagi barcha foydalanuvchilarga va uzellarga yagona nom beradi. Domen nomi bir qancha bosqichli ierarxik tuzilmaga ega. Yuqoridagi domen nomlari quyida keltirilgan:
SNMP (Simple Network Management Protocol) — oddiy tarmoq boshqaruvchi protokol. U Internetda xizmat ko’rsatuvchi va kuzatuvchi boshlang’ich to’plam faoliyatini ta’minlaydi. Protokol turli ishlab chiqaruvchilarning fizik tarmoqdagi o’rnatilgan qurilmalarni nazorat qilish uchun ishlab chiqilgan.
NFS (Network File System) —Tarmoqning fayl tizimi. Boshqa kompyuterlardagi fayllardan foydalanishga ruhsat beruvchi protokollardan biridir.
TFTP (Trivial File Transfer Protocol) — Trivial(oddiy) ma’lumotlarni uzatish protokoli .
Tashqi xotiraga ega bo’lmagan marshrutizatorni yoki ishchi stansiyani yuklashda foydalaniladi.