K I R I SH
О‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan sо‘ng avtomobil transporti rivoji yangi bosqichga kirdi. Respublikada avtomobilsozlik sanoati yaratilib, mamlakatimiz avtomobil sanoatiga ega 28-davlat bо‘ldi, chunonchi, Asaka shahrida "Neksiya", "Tiko", "Matiz", “Spark”, “Kaptiva”, “Malibu” va boshqa yengil avtomobillari, "Damas" mikroavtobusi, Samarqand shahridagi ISUZU va MAN zavodidan turli hil transport vositasi ishlab chiqarilib, ekspluatatsiya qilina boshlandi
Yuk va yо‘lovchilarni о‘z vaqtida tashish uchun mavjud avtomobillarning texnik tayyorligini yuqori darajada eng kam mablag‘ sarflagan va ekologik talablarni bajargan holda ta’minlab turish zarur. Buning uchun ularga muntazam texnik xizmat kо‘rsatish va ta’mirlash ishlari (TXK va T) ni olib borish, ularni saqlash joylari, zahira qism va avtoekspluatatsiyaga oid materiallar bilan ta’minlash va boshqa xizmatlar majmuini amalga oshirish lozim.
Avtomobillarning butun ishlash muddatida TXK va T ishlariga sarflangan mehnat hajmi yangi avtomobil tayyorlashga ketgan mehnat hajmidan bir necha о‘n barobar ortiqdir, chunki avtomobil bir marta yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan zavod sharoitida ishlab chiqariladi va о‘n yillab ishlash sharoitida unga minglab marta TXK va T ishlari xizmati kо‘rsatiladi.
Jumladan avtomobillarga texnik hizmat ko’rsatish va ta’mirlashga oid nizomlar, qonunlar va qarorlarlaning chiqarilishining o’zi bu sohaga e’tibor qanchalik katta ekanligidan dalolat beradi.Shuningdek 1996 yilda "Avtotransportlarga texnik xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash” to’g’risidagi nizom ishlab chiqildi.1999 yilda esa davr talablari asosida qayta to’ldirilib nashrga chiqarildi.Hozirgi kunda O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan avtotransport tarmog’i korxonalarida mazkur nizom asosida ishlar tashkil qilinadi.
KURS LOYIHASINING MAZMUNI VA HAJMI.
Kurs loyihasini bajarishda asosiy xujjat topshiriq varaqasi hisoblanadi va unda qoyidagilar aks ettirilgan bo'ladi:
- kurs loyihasining mavzusi;
- Kurs loyihasi uchun asosiy ko'rsatkichlar(Boshlang’ch ma’lumotlar);
- xal qilinadigan vazifalar ;
- Chizma qismining hajmi va mazmuni;
Kurs loyihasi hisoblash-tushuntirish va chizma qismdan tashkil topadi.
1.1.Hisoblash - tushuntirish qismi
Bu qismda avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish(TXK) va ularni joriy ta'mirlash (JT) dasturini hisoblash, qabul qilingan ish sharoitlarini aks ettirish va izohlash, ish turlariga asosan ishchilar sonini aniqlash, texnologik jihozlar tanlash, ishlab-chiqarish binosidagi mintaqa, ustaxona maydonlari yuzalarini hisoblash, ularni rejalashtirish hamda texnik xizmat va joriy ta'mir jarayonining texnologik xaritasini tuzish ishlari bajariladi. Qism 18-25 betdan iborat bo'ladi.
1.2. Loyihaning chizma qismi
Loyihaning chizma qismi 2 varaqdan (A1 yoki A2 formatda) iborat bo'ladi(Elektron tartibda tayyorlangani diskka yozilgan tartibda ):
1. Korxonadagi ishlab-chiqarish ustahonasi yoki bosh rejasi - 1-2 varaq
2.Texnologik hisoblashlarning natijalari jadvali -1 varaq
2. AVTOTRANSPORT KORXOHASINING TEXHOLOGIK
HISOBI
ATK uchun avtomobillarga tеxnik xizmat ko’rsatish va ta'mirlash dasturini hisoblash tеxnik xizmat ko’rsatishlar sonini va mеhnat hajmini, joriy ta'mir uchun - mеhnat hajmini aniqlashdan iborat. Dastur yillik va kunlik miqyosda aniqlanishi mumkin.
Avtomobillar ishlab chiqarilgan yiliga qarab, ular amal qilishi lozim bo’lgan «Nizom» mе'yorlaridan foydalaniladi. Bozor sharoitiga o’tilishi munosabati bilan ATK larda ikki bosqichli tеxnik xizmat ko’rsatish (TXK-1 va TXK-2) tizimi qo’llaniladigan avtomobillar (hozir ularning ulushi juda salmoqli) bilan bir bosqichli va uch bosqichli sеrvis tеxnik xizmat ko’rsatish tizimi tavsiya qilingan avtomobillar ekspluatatsiya qilinishi mumkin.
Texnologik hisobdan asosiy maqsad, loyihalanishi kerak bo'lgan ustahona uchun TXK va JT dasturini aniqlash, ishlab chiqarish binosi rejalarini bajarish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni hisoblashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |