Kursishi mavzu: bozor iqtisodiyotiga ótish davri uning xususiyatlari va davomiyligi


O‘zbekiston iqtisodiyoti: istiqbollar va xavflar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə11/13
tarix25.07.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#137435
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
BOZOR IQTISODIYOTIGA ÓTISH DAVRI1111

2.3. O‘zbekiston iqtisodiyoti: istiqbollar va xavflar
O‘zbekiston tizimli islohotlarini boshqa mamlakatlardan ko‘ra kechroq boshlagan bo‘lsa-da, o‘tish davri iqtisodiyotiga ega boshqa mamlakatlar tajribasidan muhim saboqlarni olishi mumkin, deb hisoblaydi Jahon banki mutaxassislari. Rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam beruvchi yirik xalqaro moliya tashkiloti yaqinda O‘zbekiston iqtisodiyotiga bag‘ishlanganyangihisobotinitaqdim etdi. Unda o‘tgan 2018 yil va joriy 2019 yilning birinchi yarmida mamlakatda yuz bergan makroiqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy o‘zgarishlar hamda yaqin 2 yil – 2021 yilgacha bo‘lgan istiqbollar keng sharhlanadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari sekin, ammo ijobiy bo‘lib qolmoqda. Islohotlar ishlab chiqarishdagi cheklovchi omillarni (to‘siqlarni) bartaraf etish va yuqori o‘sish potensialiga ega tarmoqlarni liberallashtirishga yordam beradi. Meva-sabzavotchilik, turizm, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik va kimyo sanoati shunday tarmoqlar qatoriga kiradi. Biznesda soliq yukining sezilarli darajada kamaytirilishi zikr etilgan jarayonlarni yanada qo‘llab-quvvatlaydi. 2019– 2020 yillarda narx-navoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi sababli inflatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021 yilga borib u pasayishi kutilmoqda. Jahon banki prognozlariga ko‘ra, tashqi savdo balansining salbiy saldosi yuqoriligicha qoladi. Sababi, O‘zbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir necha yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun ko‘plab mashina va uskunalarni import qilishni davom ettiradi.
Kreditlarning haddan tashqari o‘sishi barqarorlikka tahdid solishi mumkin
Jahon banki jamoasi fikriga ko‘ra, kreditlarning davomli va haddan tashqari o‘sishi inflatsiya bosimini kuchaytiradi va bu makroiqtisodiy barqarorlik uchun asosiy xavflardan biridir. Ekspertlarga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati moliyaviy intizomni saqlash uchun maqsadli kreditlar hajmini kamaytiradi. Bundan tashqari, barqaror iqtisodiy o‘sish va pul o‘tkazmalari oqimi mamlakatda asta-sekin qashshoqlikni qisqartirishga yordam berishi ham kutilyapti. Davlatning ijtimoiy siyosatdagi o‘zgarishlari kam daromadli oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini yanada kengaytirish orqali qashshoqlikni kamaytirishi mumkin. 2019 yilda
O‘zbekiston hukumati ijtimoiy himoya xarajatlarini 50 foiz oshirdi.
Makroiqtisodiy xavflar
Bank ekspertlari fikricha, ayrim tovarlar narxining jahon bozorida ko‘tarilishi va olib borilayotgan islohotlar tufayli O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar ko‘payishi uchun qulay istiqbollar mavjud, biroq salbiy omillar xavfi ham saqlanib qolmoqda. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
· O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Xitoy va Qozog‘istonda iqtisodiy o‘sishning ancha zaifligi;
· tarkibiy va tizimli islohotlarni amalga oshirishning kechikishi; · inflatsiyaning o‘sishi.

Mamlakatning yetarli darajadagi valuta zaxiralariga egaligi va davlat tashqi qarzining nisbatan kamligi sabab iqtisodiyotning tashqi barqarorlik xavfi o‘rtacha bo‘ladi. Islohotlarning keyingi bosqichi davlat korxonalari va moliya sektori, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish va qishloq xo‘jaligidagi islohotlar kabi ancha murakkab muammolarni hal qilishga qaratilgan. Ushbu islohotlar iqtisodiy o‘zgarishlar, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va ish o‘rinlarini yaratish uchun muhim ahamiyat ega. Shu bilan birga, ular puxta nazorat qilinishi kerak bo‘lgan muhim iqtisodiy va ijtimoiy xavflarni ham qamrab oladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin