Kushonlar davlati



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə4/6
tarix02.01.2022
ölçüsü102,5 Kb.
#35685
1   2   3   4   5   6
Kushon davlatinig kelib chiqishi Kushon davlati madaniyati

Kushon davlati Ko`hna Dunyoning Rim imperiyasi, Parfiya va Xan Xitoyi bilan bir qatorda turgan buyuk davlatga aylangan. Milodiy III asr oxirida ichki ziddiyatlar va ayniqsa, sosoniylar Eroni qo`shinlarining Kushonshahr, ya'ni Baqtriyani egallashlari tufayli Kushon davlati inqirozga yuz tutgan.
     To`rt asr davomida markazlashgan davlatning mavjudligi Baqtriyada, shu jumladan, uning tarkibiy qismi bo`lgan Surxon vohasida ham iqtisodiy va madaniy hayotning barcha jabhalarida yuksalishga olib kelgan.

    Miloddan avvalgi I - milodiy I asrlarda Surxon vohasi jadal o`zlashtirilgan, yirik kanallar qazilgan (Kattanahar), mavjud sug`orish inshootlari kengaygan (Zang kanali), yangi shaharlarga asos solingan (Zartepa) yoki Tarmita (Termiz) va Dalvarzintepa singari shaharlar hududiy jihatdan kengaygan. Kushon davri shaharlari loyiha asosida bunyod etilgan ikki qism, ya'ni arki a'lo va unga tutash asosiy shahar qisimlaridan iborat bo`lgan. Bu davr shaharsozligi Dalvarzintepa, Zartepa, Ko`hna Termiz va uning tarkibiy qismlari hisoblangan Qoratepa, Fayoztepa, o`rnidagi diniy inshootlar orqali yaxshi o`rganilgan.

Surxon vohasining Kushon davri shaharlari ma`muriy, iqtisodiy markaz bo`lish bilan bir qatorda diniy markazlar vazifasini ham o`tagan (Ko`hna Termizdagi Qoratepa, Fayoztepa, Zo`rmola, Ayritom va Dalvarzintepadagi buddaviylik ibodatxonalari). Kushonlar hukmronligining ilk bosqichidayoq, Ko`hna Dunyo davlat va xalqlarini iqtisodiy va madaniy jihatdan bog`lab turgan qit`alararo savdo yo`li, ya'ni Buyuk ipak yo`li to`liq shakllangan va bu xalqaro savdoda


Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin