Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə132/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   533
Quvonova Word

Sodda fe’llar birgina o‘zakdan iborat bo‘ladi: loben, lernin, schreiben, denken, wachsen, bauen kabi.
Qo‘shma fe’llar ikki yoki undan ortiq so‘zdan yasalgan bo‘ladi. Masalan: teilnehmen, stattfinden, freisprechen, stehenbleiben, verlorengehen kabilar.
Qo‘shma fe’llarda bosh urg‘u har doim birinchi komponentga tushadi. Shuning uchun ham fe’lning bu qismi ajraladigan old qo‘shimchalaridek, gapning oxirida keladi:
Er steht jeden Tag um sieben Uhr auf.
Yasama fe’llar asosan old qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi. Old qo‘shimchalar qo‘llanishiga ko‘ra ikkiga ajraladigan va ajralmaydigan old qo‘shimchalarga bo‘linadi:
be-, ge-, er-, ver-, zer-, ent-, emp-, miß- kabi prefikslar ajralmaydigan old qo‘shimchalar (die untrennbaren Vorsilben) hisoblanadi. Ularga urg‘u tushmaydi shuning uchun ham ular fe’ldan ajralmagan holda qo‘llanadi. Masalan: bewohnen, erfahren, verbringen, zerschneiden, entfallen, mißlingen kabilar.
Ich bekomme von ihm keine Briefe.
auf-, an-, aus-, ab-, bei-, ein-, vor-, zu- kabi prefikslar ajraladigan old qo‘shimchalar hisoblanadi. Ularga bosh urg’u tushadi, shuning uchun old qo‘shimchalar fe’ldan ajralgan holda qo‘llanadi.Masalan: aufnehman, anfangen, ausdrücken, ablegen, einladen, vorselen, zunehmen kabilar. Masalan:
Das Kind schläft um zehn Uhr ein.
Um-, durch-, über-, unter-, wider- kabi old qo‘shimchalar urg‘u olganda fe’ldan ajraladi, urg‘u olmaganda esa ajralmaydi.
Old qo‘shimchaning ajralish- ajralmasligi fe’l mazmuniga ta’sir qiladi:
΄umgehen (mit D.) – muomala qilmoq
um΄gehen – aylanib o‘tmoq
΄durchgehen – o‘tmoq, qochib ketmoq
durch΄gehen – o‘tmoq (o‘rmondan va sh.k.)
΄übersetzen – o‘tkazib qo‘ymoq
über΄setzen – tarjima qilmoq
΄unterwerfen – tashlamoq, irg‘itmoq
unter΄werfen – bo‘ysundirmoq, qul qilmoq.
Misollar:
Die Sudenten übersetzen den Text.
Der Bootführer setzt den Reisenden ans andere Ufer über.
Ba’zi so‘zlarda urg‘u faqat old qo‘shimchaga yoki fe’l o‘zagiga tushadi.
΄untergehen
um΄ringen
wieder΄stehen
΄durchlesen

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin