19.8 Futur I ning yasalishi
(Die Bildung des Fiturs I)
Futurum I fe’lning kelasi zamon shakli hisoblanadi va Futur I fe’lning qo‘shma zamon shakli bo‘lib, ish harakatning kelasi zamonda sodir bo‘lishini ifodalaydi. U werden yordamchi fe‘lining presensi va mustaqil fe’lning infininiv I formasidan yasaladi.Werden yordamchi fe’li tuslanganda ikkinchi o‘rinda , infinitiv esa gapning oxirida keladi.
kommen-kam - gekommen
+ werden+Präsens
Singular
|
Plural
|
ich werde kommen
du wirst kommen
er,
sie, wird kommen
es
|
wir werden kommen
ihr werdet kommen
sie werden kommen
Sie werden kommen
|
Ko‘pincha Futur I o‘rniga sinonim sifatida Präsens ham qo‘llanadi. Bunday paytda gap tarkibida ko‘pincha kelasi zamonga oid bald, morgen, nächts kabi payt ravishlari keladi.
Morgen fahre ich nach Tashkent –Ertaga men Toshkentga jo‘nayman.
1.Futurum I kelasi zamonda bo‘ladigan ish-harakatni ifodalash uchun qo‘llanadi:
Ich werde aus der Schule kommen- Men maktabdan kelaman.
Ich werde dieses Buch lesen- Men bu kitobni o‘qiyman.
2. Futurum I modal ma’noni ham ifoda etadi.Bunday konstruktsiyada modal ma’no wohl, vielleicht, doch, hoffentlich, sicherlich va boshqa modal so‘zlar bilan ifoda etiladi:
Er wird vielleicht heute kommen.-U ehtimol bugun kelar.
3. Futurum I qat’iy buyruq ma’nosini ham anglatadi:
Du wirst sofort zu mir zurückkommen !
4. Es klopft an der Tür. Es wird mein Bruder sein.
Eshik taqillayapti. U, ehtimol, akamdir.
19.9 Futur II ning yasalishi
Dostları ilə paylaş: |