Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Infinitivning sintaktik vazifalari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə190/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   533
Quvonova Word

26.2 Infinitivning sintaktik vazifalari
(Die syntaktische Funktion des Infinitivs)
Nemis tilida infinitiv gapda ega (das Subjekt), to‘ldiruvchi (das Objekt), aniqlovchi (das Attribut), hol (das Adverbiale) va kesim (das Prädikat) vazifasida keladi:
1. Quyidagi holatlarda infinitiv ega (das Subjekt) vazifasida keladi.
a) infinitiv yoyiq bo‘lmay, gap boshida kelganda: Wissen ist Macht.
b) buyruq yoki istakni anglatganda bir sostavli gaplarda:“Herein“.
s) infinitiv yoyiq bo‘lib, gap boshida zu yuklamasi bilan yoki kesimdan keyin qo‘llanganda:Es ist wichtig, diese Aufgabe zu lösen.
2. infinitiv kesim (das Prädikat) bo‘lib keladi.
a) beginnen, anfangen, aufhören fe’llari bilan yasalgan qo‘shma fe’l kesimning bir qismi bo‘lib kelganda:
Er beginnt den Roman zu lesen.
b) haben, sein, brauchen, verstehen, wissen, scheinen, glauben fe’llaridan keyin infinitiv qo‘shma fe’l kesimning bir qismi bo‘lib kelganda:
Er schien alles zu verstehen.
s) haben va sein fe’llari infinitiv bilan birga qo‘llanganda ular zaruriyat yoki imkoniyat ma’nolarini anglatadi.Demak, haben bilan qo‘llangan infinitiv konstruksiyasida ega (das Subjekt) aniq nisbatda (in Aktiv) qo‘llansa, sein fe’li bilan qo‘llangan infinitiv kontruksiyada ega majhul nisbatda (im Passiv) ishlatiladi:
Der Text ist schnell zu übersetzen.
3. infinitiv quyidagi holatlarda to‘ldiruvchi (das Objekt) bo‘lib keladi.
a) bitten, versprechen, versuchen, beschließen, hoffen, vermuten, erlauben, raten, wünschen va shu kabi o‘timliu fe’llar (objektive Verben) dan keyin qo‘llanganda:
Meine Eltern beschlossen, eine Reise zu unternehmen.
b) predikativ (Prädikativ) sifatida qo‘llangan stolz, glücklich, froh, überzeugt kabi sifat va sifatdosh (Adjektiv und Partizip) lardan keyin:
Er ist glücklich, die Prüfung bestanden zu haben.
4. Infinitiv Wunsch, Gedanke, Absicht, Bitte, Möglichkeit kabi mavhum (absrakt) ma’noni anglatadigan otlardan keyin aniqlovchi (das Attribut) bo‘lib keladi:
Er hatte den Wusch, in die BRD zu fahren.
5. Infinitiv „um . . zu“, „ohne . . . zu“, „statt . . . zu“ infinitiv aborotlari bilan qo‘llanganda hol (das Adverbialbestimmung) vazifasida keladi:
Das Kind spielt im Hof, statt die Hausaufgabe zu machen.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin