Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


gegen …qarshi, …ga qarshi, yaqin, … larda, taxmin, chama ma’nolarini bildiradi …gacha, bilan (sportda raqib ma’nosini bildiradi)



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə232/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   533
Quvonova Word

10. gegen …qarshi, …ga qarshi, yaqin, … larda, taxmin, chama ma’nolarini bildiradi …gacha, bilan (sportda raqib ma’nosini bildiradi):
a) Biror narsaga, kimsaga qarshi kurashishda qo‘llaniladi:
Wir sind gegen das Rauchen.- Biz chekishga qarshimiz.
b) Yo‘nalishni ko‘rsatadi:
Er lehnte sich mirt dem Rücken gegen die Wand.
U orqasi bilan devorga suyandi.
Er ruderte gegen den Strom.-U oqimga qarshi suzdi.
c) Taxminiy vaqtni, sonni bildiradi:
Man erwartet gegen 100 Besucher.
Taxminan 100 ta mehmon kutilyapti.
Der Zug kommt gegen 19 Uhr an.-Poyezd soat 19 atrofida keladi.
d) O‘xshatishda tenglashtirishda ishlatiladi:
Gegen seinen Bruder ist er klein.
Akasiga nisbatan u kichkina.
Gegen gestern ist es heute kalt.-Kechagi kunga nisbatan bugun sovuq.
e) Ayriboshlashda qo‘llaniladi:
Er möchte sein Motorrad gegen eine Videokamera tauschen.
U motosiklini kameraga almashtirishni xohlaydi.
f) Munosabatni bildiradi:
Der Vater ist streng gegen seinen Sohn.-Ota o’g‘liga nisbatan qattiqqo‘l.
g) Qaysidir yo‘nalishdagi harakatning tegish nuqtasini bildiradi:
Das Auto ist gegen einen Baum gefahren.-Avtomobil daraxtga borib urildi.
Er schlug mit der Faust gegen die Tür.
U mushti bilan eshikni taqillatdi.
11.ohne (artiklsiz) …siz
a) Kimnidir nimanidir yetishmasligini ifodalaydi:
Ohne Spezialwerkzeug kann die Tür nicht geöffnet warden.
Maxsus asbobsiz eshikni ochish mumkin emas.
Ohne Geld kann man nicht leben.-Pulsiz yashab bo‘lmaydi.
b) …dan tashqari ma’nosida:
Das Zimmer ist ohne Frühstück berechnet.
Xonaning puli hisobiga nonushta kirmaydi.
12. um(um…herum) …atrofida, …da (paytni bildiradi)
a) Joyni ko‘rsatadi:
Wir aßen um den Tisch (herum) und diskutieren. Biz stolning atrofida o‘tirib bahslashdik.
Die Studenten sind um den Dozenten versammelt.
Talabalar dotsentning atrofida yig‘ilishdi.
b) Vaqtni bildiradi:
Der Unterricht beginnt um 8.30 Uhr. Dars soat 8.30 da boshlanadi.
Kommen Sie bitte um 19 Uhr zu mir!
Soat 19 da mening oldimga keeling!
c) Taxminiy vaqtni, sonni bildiradi:
Die Uhr hat um die 400 Euro gekostet.
Soatning narxi taxminan 400 yevro edi.
Die Prüfung findet um den 20. Januar statt. Imtihon taxminan 20-yanvardan bo‘lib o‘tadi.
d) Sonlarning, ma’lumotlarning o‘zgarishida qo‘llaniladi:
Der Preis um einen Cent gestiegen.
Narx bir sentga ko‘tarildi.
Sie ist um zwei Jahre junger als ich.
U menga qaraganda 2 yosh katta.
13. wider*(asosan…..) …qarshi, qaramasdan.
Die beiden haben wider das Gesezt gehandelt.-Ikkalovi qonunga qarshi ish yuritdi.
Wider Willen musste sie leichen.
U majburan kulishi kerak edi.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin