Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə368/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   533
Quvonova Word

44. Setzen Sie die Konjunktion ein.
. Rolf wenig Zeit hat, trieft er seine Eltern höchstens einmal im Monat.
A) Dann B) Weil C) Als ob D) Daß
45. Setzen Sie die Konjunktion ein.
Heute finden viele Menschen keine Partner, …. ihre Erwartungen sehr hoch sind.
A) damit B) weil C) ob D) darum

40 – MAVZU: MAQSAD ERGASH GAPLI QOSHMA GAP
(DER FINALSATZ)

Maqsad ergash gap bosh gapdagi ish harakatning qanday maqsadda, qanday niyatda bajarilishini anglatadi. Maqsad ergash gap wozu? (nima uchun?), zu welchem Zweck? (nima maqsadda?), mit welcher Absicht? (qanday niyat bilan?) so‘roqlariga javob bo‘ladi. Maqsad ergash gap bosh gapga damit, daß, auf daß bog‘lovchilari orqali bog‘lanadi.Maqsad ergash gap bosh gapdan oldin, keyin keladi, o‘rtasida kelish hollari kamroq uchraydi.


Der Lehrer wiederholte die Regel, damit die Schüler sie gut verstehen.
(Wozu wiederholte der Lehrer die Regel?)
O‘quvchilar yaxshi tushunsin deb, o‘qituvchi qoidani takrorladi.
Maqsad ergash gaplar um…zu+Infinitiv gruppasiga sinonim hisoblanadi. Lekin maqsad ergash gap o‘rniga doim um…zu+Infinitiv gruppasi qo‘llanavermaydi. Bosh va ergash gap qo‘llangan ega bir xil shaxsda ifoda etilgan bo‘lsa, yoki ikkalasida ham bir so‘zning o‘zi ishlatilgan bo‘lsa, shundagina maqsad ergash gap o‘rniga um…zu+Infinitiv gruppasini qo‘llash mumkin bo‘ladi.
“Mach leise, damit du den Jungen nicht aufweckest!” yoki
Mach leise, um den Jungen nicht aufzuwecken.
Maqsad ergash gapning kesimi asosan aniqlik maylida qo‘llanadi. Ba’zan esa u konyuktiv bilan ham qo‘llaniladi. Bunda konyuktivning asosan prezens va preterit zamon formalari qo‘llanadi. Konyuktiv zamon formalari nisbiy zamon formalarini ifoda etadi. Ular ergash gapdan anglashilgan ish harakatning bosh gapdagi ish harakatdan keyin amalga oshishini bildiradi. Demak, nemis tilida maqsad ergash gapli qo‘shma gaplar damit, daß, auf daß bog‘lovchilari bilan bog‘lanadi va bu bog‘lovchilar bajarilayotgan ish harakatdagi maqsadni ifodalaydi. Bu bog‘lovchilaran “damit” bog‘lovchisi ko‘p qo‘llanadi. “daß” va “auf daß” kamroq qo‘llanadi.
Die sitzen wieder irgendwo im Gras und halten sich an den Händen,
damit der Wind sie nicht auseinanderweht! (Erich Kästner,Die Zwillinge)
Ich spreche laut, damit meine Großmutter hört.
Buvim eshitsin deb, men qattiq gapirdim.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin