Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə96/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   533
Quvonova Word

15. Setzen Sie das Pronomen ein.
Die Menschen gehen durch die Straße , treffen sich und grüßen sie …..
A) zueinander B) voneinander C) einander D) ihn

7/////////////8.11 Olmosh – ravishlar
( Die Pronominaladverbien )

Bu olmoshlar ham olmoshlik, ham ravishlik xususiyatlariga ega bo‘lganidan olmosh – ravishlar deb yuritiladi.Ular olmoshlar kabi ot o‘rnida qo‘llanadi, ravishlarga o‘xshab morfologik jihatdan o‘zgarmaydi va gapda hol bo‘lib keladi.


Olmosh – ravishlar wo yoki da ravishlarining tegishli predloglar bilan birikishidan yasaladi.Wo+predlog shakli predlogli otga nisbatan so‘roq so‘z sifatida ishlatiladi.Da+ predlog shakli esa ko‘rsatish ma’nosiga ega bo‘lib, o‘sha otga ishora qiladi, unga javob so‘z sifatida qo‘llanadi:

wo+mit = womit da+mit = damit


wo+bei = wobei da+bei = dabei
wo+für = wofür da+für = dafür
wo+zu = wozu da+zu = dazu
Predlog unli tovush bilan boshlansa, wo va da ravishlariga r undoshi qo‘shiladi.

wo+aus = woraus da+aus = daraus


wo+in = worin da+in = darin
wo+auf = worauf da+auf = darauf
wo+über = worüber da+über = darüber

Olmosh – ravishlar gapda predlog bilan kelgan jonsiz predmetlar o‘rnida qo‘llanadi.


Usbekistan ist durch die Baumwollezucht berühmt.
Woduch ist Usbekistan berühmt ?
Usbekistan ist dadurch berühmt.
Agar gapda jonli narsa-pratmet to‘g‘risida fikr yuritilsa, unda predlog + so‘roq olmoshi birikmasi bei wem,zu wem, an wen, auf wen, für wen qo‘llanadi.
Ich warte auf meinen Freund.
Auf wen wartest du ?
Olmosh-ravishlar gapda quyidagi vazifani bajarib keladi:
Hol: Darauf steht geschrieben: Apotheke.
Aniqlovchi: Die Antwort darauf ist nicht leicht.
Toldiruvchi: Ich bin damit einverstanden.
Hier so‘zi predlog bilan qo‘shilib qo‘shma so‘z yasaydi. Buni ham olmosh ravishlar qatoriga qo‘shish mumkin: hierbei, hiermit, hierauf.
Olmosh ravishlar ko‘p ma’nolidir.Olmosh ravishlar payt ma’nosida qo‘llanganda, ot yoki ravish bilan birga keladi: am Tage darauf (danach) – tags darauf (danach) – den Tag darauf (danach), kurz darauf (danach) – bald darauf (danach); gleich darauf (danach)- unmittelbar darauf (danach).
Olmosh ravishlarning ma’nolari fe’llarning boshqaruvida konkretlashadi: warten auf – warten darauf; denken an – denken daran; sprechen über – sprechen darüber.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin