Kvinke shishi. Kasallik qoqqisidan yoki sekin-asta boshlanishi mumkin. Yuzning turli qismlarida, og



Yüklə 165,14 Kb.
tarix01.03.2023
ölçüsü165,14 Kb.
#86073
allergiologiya 8





Kvinke shishi. Kasallik qoqqisidan yoki sekin-asta boshlanishi
mumkin. Yuzning turli qismlarida, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va
tananing biror qismida chegaralangan shish paydo bo‘ladi. Shishni
qoplab turuvchi teri yoki shilliq pardaning rangi o‘zgarmaydi. Ko‘pin-
cha Kvinke shishi pastki labda, ko‘z qovog‘ida, tilda, lunjda va halqumda
kuzatiladi. Til va halqumning shishi asfeksiyani keltirib chiqa-
rishi mumkin, bu esa hayot uchun juda havfli.
Davolash uchun organizmga allergenni kiritish to‘xtatiladi, anti-
gistomin va kortikosteroidlar yuboriladi.
OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ PARDASINING EKZOGEN
INTOKSIKATSIYALARDAGI O‘ZGARISHLARI
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasiga yoqimsiz faktorlarning ta’sir
qilishi oqibatida kelib chiqadi. Ko‘pincha bu faktorlar insonning pro-
fessional mashg‘uloti bilan bog‘liq bo‘ladi. Yuqori konsentratsiyaga
ega bo‘lmagan kimyoviy moddalarni uzoq muddat mobaynida orga-
nizmga qilgan ta’siri surunkali intoksikatsiyaga olib keladi. Surunkali
intoksikatsiyaning rivojlanishida og‘ir metallar alohida o‘rin tutadi.
Qo‘rg‘oshin, simob, vismut va boshqa metallar bilan ishlaydigan inson-
larda vaqt o‘tishi bilan surunkali intoksikatsiya kelib chiqishi mumkin.
Har bir metall og‘iz bo‘shlig‘ida o‘ziga hos klinik ko‘rinish hosil qiladi.
TIZIM KASALLIKLARIDA OG‘IZ BO‘SHLIG‘I
SHILLIQ PARDASINING O‘ZGARISHI
Og‘iz boshlig‘i ichki organlar bilan uzviy bog‘langan. Masalan,
og‘iz boshlig‘i shilliq pardasi retseptorlari markaziy nerv sistemasi
bilan, oshqozon ichak tizimi, endokrin, yurak – qon tomir tizimi va
boshqalar bilan bog‘liq. Boshqa organlar finksiyasining buzilishi
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida belgilar paydo qiladi. Oshqozon-ichak
tizimi funksiyasining o‘zgarishi tilni karash bilan qoplanishiga olib
keladi. Yurak – qon tomiri tizimi kasalliklarida lab, til, lunj va og‘iz
bo‘shlig‘i tubi shilliq pardasi sianozi kuzatiladi. O‘tkir infarkt mio-
kard da sianoz bilan birgalikda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yori-
lishi, eroziya va qontalashishlar kuzatiladi. Qon kasalliklarida ham
o‘zgarishlar aniqlanadi. Leykozning birinchi belgisi og‘iz bo‘shlig‘i
shil liq parda sida kuzatiladi. Milklar qontalashadi, qonaydi va yarali
nekrotik shikastlanishlar kechadi. Qipiqlanuvchi temiro‘tki (psariaz)da
«geografik til»ning bo‘lishi uning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
TIL ANAMALIYASI VA TEGISHLI
KASALLIKLAR
Glossit – til shilliq pardasining yallig‘lanishi. Ko‘pgina og‘iz bo‘sh-
lig‘i shilliq pardasi kasalliklarida tilda ham o‘zgarishlar kuzatiladi.
Faqat tilning o‘zida o‘zgarishlar bilan kechadigan yuza keltiradigan
kasal liklar deskvamativ glossit, rombsimon glossit, qora til, burmali til
hisoblanadi.
Deskvamativ glossit. Burmasimon tilda til kattalashadi, til to‘qi-
masi ikki marotabagacha qalinlashadi. Yoriq-yoriq burmalar bir-biri
bilan bo‘ylama yo‘nalishda simmetrik yoki ko‘ndalang yo‘nalishda joy-
lashadi. Yoriqli chuqur burmalar mikroflora rivojlanishi uchun qulay
hisoblanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiena qoidalariga rioya qilmaslik oqi-
batida yallig‘lanish rivojlanib og‘riq va achishish paydo bo‘ladi.Til-
ning o‘z shilliq pardasidagi distrofik yallig‘lanish kasalligidir. Kasallik
epitelial shoxlanish buzilishi va til so‘rg‘ichlarining distrofik o‘zgarishi
bilan kechadi. Kasallik subyektiv o‘zgarishlarsiz kechadi va ayrim
hollarda bemorlar achishishidan shikoyat qiladi.
Bemorning og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiya qilinib, antiseptik eritmalar
bilan chayiladi va keratoplastik vositalar qo‘llanadi.
Rombsimon glossit. Surunkali kasallik bo‘lib ko‘pincha chekuvchi
erkaklarda uchraydi. Til orqasidan uchinchi qismning o‘rta chizig‘ida
tarnovsimon so‘rg‘ichlarning oldida rombsimon shakldagi o‘choq kuza-
tiladi. Uning kattaligi 0,5 dan 2,5 sm gacha bo‘ladi. Rombsimon glossit
yillab davom etib, o‘z-o‘zidan sog‘ayib ketmaydi. Klinik kechi shiga
qarab uch xil shaklga ajratiladi: yassi, do‘mboqli, papilamatoz.
Qora «sochli» til. Kasallik katta yoshdagi chekuvchi erkaklarda
uchraydi.Kasallik til ipsimon so‘rg‘ichlarining turli darajadagi giper-
plaziyasi va shoxlanishi bilan xarakterlanadi. Kasallik bemor uchun
sezilarsiz, tez rivojlanadi. Tilning darsal yuzasida ipsimon so‘rg‘ichlar
qalinlashadi, uzunlashadi va shoxlanadi. Ayrim hollarda bemorga tilda
bir narsa bordek tuyuladi va qusish refleksi paydo bo‘lishidan shikoyat
qiladi. So‘rg‘ichlar 0,5 dan 3 sm gacha bo‘lishi mumkin.
Davolash uchun, avval, og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiya qilinadi va kirio-
terapiya o‘tkaziladi.


LAB KASALLIKLARI
Xeylit – lab qizil xoshiyasining yallig‘lanishidir. Xeylitlar mustaqil
yoki organizmda kechuvchi kasallikning simptomi bo‘lishi mumkin.
Xeylitlarning angulyar, glandulyar, eksfoliativ turlari mavjud.
Angulyar xeylit. Bu surunkali qaytalanuvchi kasallik bo‘lib, zam-
burug‘lar yoki steptostafilakokk infeksiyalar keltirib chiqa radi. Bemor
og‘zini ochayotganda og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘iz burchak larida tez
yallig‘lanuvchi eroziya yoki bichilishi paydo bo‘ladi.
Granulyar xeylit. Granulyar xeylit – mayda so‘lak bezlarining yal-
lig‘ lanishi. Oddiy granulyar xeylit lab qizil xoshiyasiga o‘tish sohasida
qizil nuqtalar singari so‘lak bezlari kengayishini va tomchi so‘lak ajra-
lishini kuzatish mumkin. Labni quritilgandan 5–10 soniya vaqt o‘t-
gach, so‘lak bezlardan tomchi so‘laklar ajralib, butun labni qoplab ola-
di. Ayrim hollarda so‘lak kanali ustida aylana shaklda leykoplakiya
hosil bo‘ladi.
Eksfoliativ xeylit. Faqat lab qizil xoshiyasining jarohatlanishi bi lan
kechadigan surunkali kasallik. Ikki xil turi farqlanadi: quruq va eks-
sudativ.
Quruq formasida bemorlar lablari qurib qolishidan, ayrim hollarda
achishishi, qichishishidan shikoyat qiladilar. Lab shilliq pardasini og‘iz
shilliq pardasiga o‘tish joyida giperemiyalangan chiziq bo‘lib, uning
usti qatqaloq bilan qoplangan, qatqaloqlar olinganda to‘q qizil rang li
yuza, ayrim hollarda yuza eroziyalar hosil bo‘ladi. Quruq shakl ekssu-
dativga aylanishi mumkin.
Ekssudativ formasida lablar kattalashgan, qizargan, shishgan bo‘la-
di. Lablar tutashtirilganda og‘riq paydo bo‘lganligi uchun og‘iz yarim
ochiq holda, lab qatqaloq, po‘stloq bilan qoplangan boladi.
Tayanch iboralar:
Galvanik tok – og‘iz bo‘shlig‘ida bir necha xil metall qotishmalar-
dan tashkil topgan tish protezining bo‘lishi natijasida og‘izda mikro-
tokning hosil bo‘lishi;
Qizamiq – o‘tkir kechuvchi yuqumli kasallik;
Zaxm – surunkali davom etuvchi yuqumli venerik kasallik;
Kandidoz – kondida turkumiga kiruvchi achitqisimon zamburug‘-
lar bilan chaqiriladigan kasallik;
OITS – orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi;
OITV – orttirilgan immunitet tanqisligi virusi;
KAPOSHI sarkomasini – ko‘pincha OITS da kuzatiladidan o‘sma
kasalligi;
Allergiya – organizmnimg begona moddalarga nisbatan yuqori
sezuvchanligi;
Kvinke shishi – yuzning turli qismlarida, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq
qa vati va tananing biror qismida chegaralangan shish paydo bo‘lishi;
Glossit – til shilliq pardasining yallig‘lanishi;
Xeylit – lab qizil xoshiyasining yallig‘lanishi.
Afta – qizargan shilliq pardada joylashgan, karash bilan qoplan-
gan, qizil hoshiya bilan o‘ralgan oval yoki dumoloq shaklga ega bo‘l-
gan yaracha.
YUZ-JAG‘ SOHASI YALLIG‘LANISH KASALLIKLARI
JAG‘ PERIOSTITLARI
Periostitlar – tish va periodont xastaliklari asoratlari oqibatida
kelib chiqadigan suyak usti pardasining yallig‘lanishidir. Ko‘pincha u
alveola o‘sig‘ida kam hollarda jag‘ tanasi sohasida kuztiladi.
O‘tkir yiringli periostit keskin kechadi va kun sayin yallig‘lanishi
ortib boradi. Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lib tana harorati
37,5°–38°C atrofida bo‘ladi. Bemor holsizlanadi, boshi og‘riydi, ishta-
hasi yomonlashadi, uyqusi buziladi sababi tish atrofidagi og‘riqlar
zo‘rayadi, og‘riqlar chakka, quloq, bo‘yinda kuzatiladi, keyinchalik
og‘riqlar susayib, simmilovchi tus oladi.
Suyak pardasida xastalik rivojlangan sari jag‘-oldi yumshoq to‘qi-
malarda shish paydo bo‘ladi. Bir necha tish atrofidagi shilliq parda
qizargan, o‘tuv burma tekislashadi (30-rasm). Shu sohani paypaslab
ko‘rilganda og‘riqli infiltrat va flyukturizatsiya bel gisi aniqlana di.
Faqat kasal tish qimirlab qol
gan
bo‘lib, perkus siyada og‘riq seziladi.
Bemorning yuz qismida kol-
lateral shish hisobiga paydo bo‘l gan
assimetriya holati aniqlanadi. Limfa tugunlarining kattalashishi kuzatilib paypaslaganda og‘riydi.Rentgen tekshiruvi o‘tkazil ganda faqat kasal tishgagina xos bo‘lgan o‘zgarishlar aniqlanib, jag‘ suyagida
o‘zgarishlar kuzatilmaydi.O‘tkir yiringli periostitni davolash kompleks tarzda
olib boriladi.
Ya’ni jarrohlik va konservativ usul
. Jarrohlik usuli ning asosiy maqsadi yiringli o‘choqni kesib
ochish va sababchi kasal shishni olib tashlashdan iborat. Buning uchun
mahalliy og‘riq siz lantirishning infintratsiya va o‘tkazuvchi usulidan
foydalaniladi. Kesma o‘tuvchi burma shilliq qavati bo‘ylab suyakkacha
chuqur likda o‘tkaziladi. Kes maning uzunligi 3–5 tish sohasida 1,5–2,5
sm uzunligida bo‘lishi lozim. Yiringning erkin chiqishini ta’minlash
uchun bo‘shliq ichiga rezinali lentacha (dranaj) joylab qo‘yiladi. Kasal
tish olib tashlanadi. Agar kasal tish funksional va kosmetik jihatdan
o‘z qiymatini yo‘qot magan, ildiz kanali yaxshi o‘tuvchi bo‘lsa, saqlab
qolib uni konservativ davolanadi.
Bemorga og‘iz bo‘shlig‘ini furatsillinning 1:5000 yoki kaliy per-
mon ganatning 1:5000 nisbatdagi iliq eritmasi bilan chayib turish buyu-
riladi. Kompleks davolash maqsadida bemorga antibiotiklar, sulfani-
lamidlar tavsiya etiladi.
JAG‘ OSTEOMIYELITLARI
Osteomiyelit – suyak to‘qimasining infeksiyali yiringli nekrotik
yallig‘lanishidir. Kelib chiqishiga ko‘ra gemotogen, travmatik, o‘q tek-
kan yaralanishlar oqibatida va odontogen turlaridan iborat. Gemoto-
gen osteomiyelit suyak to‘qimasiga qon bilan infeksiyaning kirib
keli shi (gripp, skarlatina, difteriya…) oqibatida kelib chiqadi. Trav-
matik va o‘q tekkan yaralanishlarda jarohat o‘rniga tash qa ridan infek-
siya kirishi natijasida kelib chiqadi. Odontogen osteo miyelitlar perio-
dontal yoriqdan infeksiyaning suyak ko‘migiga o‘tishi oqibatida kelib
chiqadi. Odontogen osteomiyelitlar barcha osteomiyelitlarning yar-
mini tashkil etadi. Yuqori jag‘ga nisbatan pastki jag‘ osteo miye litlari
ko‘proq kuzatiladi. Stafilakoklar, anaerob infeksiyalar va asporogen
anoeroblar osteomiyelitning qo‘zg‘atuvchilaridir. Osteomiye litda yal-
lig‘ lanish jarayoni faqat suyak to‘qimalarini emas, balki uning ichi dagi
ko‘migini, suyak pardasini va atrofdagi yumshoq to‘qimalarni ham o‘z
ichiga oladi.
Jag‘lardagi odontogen osteomiyelit asosan uch bosqichda kecha-
di: o‘tkir, o‘tkir osti va surunkali. Bundan tashqari chegara langan va
diffuz bo‘lishi mumkin.


108
O‘tkir bosqich. Bemor organizminig umumiy holati va bakteriya-
larning virulentligiga qarab kasallik sekin yoki keskin kechishi mum-
kin. Kasallikning birinchi belgisi aniq bir tish sohasida o‘ta kuchli
og‘riq ning paydo bo‘lishi. Keyinchalik bu og‘riq bir necha tishlar soha-
siga kengayadi va yallig‘lanish jarayoni jag‘ tanasi bo‘ylab tarqalib
boradi.
Bemorda umumiy holsizlik kuzatiladi. Kasallikning diffuz turida
og‘riq butun jag‘ bo‘ylab hosil bo‘ladi. Bemor ishtahasi yo‘qoladi,
uyqu si buziladi, boshi og‘riydi. Tana harorati 38°C dan 40°C gacha
ko‘ta rilishi mumkin. Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lib kuchli
terlaydi.
Tashqi ko‘rik o‘tkazilganda bemorning yuzida kataral shish borligi,
regional limfa tugunlari kattalashganligi, yuz terisi kulrang tus olib,
yuz ifodalari kuchli og‘riqni sezayotganligini bildirib turadi.
Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigi o‘tkazishda uning ochilishi chegaralan gan
bo‘lib, sababchi va qo‘shni tishlar sohasidagi shilliq parda qizargan
shish gan, og‘izdan qo‘lansa hid keladi, so‘lak quyuqla shadi, til esa
sarg‘ish – kulrang karash bilan qoplangan bo‘ladi.
Palpatsiyada sababchi tish sohasidagi alveola o‘sig‘i ikkala tomon-
dan yo‘g‘onlashgan, og‘riqli, o‘tuv burma tekislashgan bo‘ladi. Tishlar
qimirlab qoladi va ularning qimirlash darajasi borgan sari ortib boradi.
Kasal tishning qimirlash darajasi ko‘proq bo‘ladi. Milk kasal tishdan
ajralib turadi. Alveolyar – engak nervlari innervatsiyasi sohasida
ekssu dat ta’siri ostida ezilish sodir bo‘lganligi uchun sezish hususiyati
susaya di. Pastki jag‘ tanasi qalinlashadi.
O‘tkir odontogen osteomiyelit kasalligi qon va peshobdagi o‘zga-
rishlar bilan kechadi.
Odontogen osteomiyelitning o‘tkir davrida jag‘larning rentgen tas-
virida hech qanday suyak o‘zgarishlari kuzatilmaydi.
O‘tkir osti bosqichi. O‘tkir osti bosqichi, kasallik boshlan ganidan
11–15 kundan so‘ng boshlanib 4–8 hafta davom etadi.
Yiringli o‘choqlarning ochilishi natijasida suyak va shilliq qavat-
dagi yallig‘lanish kamayadi, og‘riqlar susayadi, tana harorati pasayib
subfibril bo‘ladi. Shuning uchun bemorning umumiy ahvoli yaxshilana
boshlaydi ishtahasi paydo bo‘ladi, uyqusi barqarorlasha di. Qon va pe-


109
shob tahlillari normallashadi. Regional limfa tugun laridagi og‘riqlar
kama yadi va ularning siljuvchanlik darajasi ortadi.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish sohalariga mos bo‘lgan shilliq
pardalar ko‘kimtir tusda bo‘lib, shishgan va shu sohalarda oqimlar
hosil bo‘la boshlaydi. Ulardan kam miqdorda quyuq yiring ajralib
turadi. Bu bosqichda sekvesterlar shakllana boshlaydi.
O‘tkir osteomiyelitdan farqli rentgenogrammada yallig‘lanish soha-
si chekkalarida aniq chegaraga ega bo‘lmagan suyak destruk siyasi ku-
zatiladi.
Kasallik anamnezi, yiringli oqma yo‘lning hosil bo‘lishi va rent-
genogramma natijalari tashxisni aniqlashda muhim o‘rin tutadi.
Surunkali bosqich. Kasallikning bu bosqichi 4–6 haftalaridan
boshlanib bir necha oygacha davom etadi. Bemorning umumiy ahvoli
yanada yaxshilanadi. Tana harorati me’yor darajasida bo‘ladi.
Bemor tashqi ko‘rinishidagi assimetriya saqlanib qoladi. Jag‘
suyagi suyak usti pardasi tomonidan qalin ikkilamchi suyak hosil bo‘-
lishi hisobiga qalinlashadi. Yuz terisi shu sohada yupqalashadi. Re-
gional limfa tugunlarining shishi kamayadi, harakatchangligi ortadi.
Jag‘ sohasida oqmalar shakllanadi va ular bir nechta bo‘lishi
mum kin. Nekrozga uchragan suyak to‘qimalari suyakdan ajralib sek-
vestrlar hosil qiladi (31-rasm). Ajralmalar oqmalar orqali chiqadi.
31-rasm. Pastki jag‘ tanasi
va o‘siqlardagi sekvestrlar.
32-rasm. Surunkali
osteomiyelitda oqmani
hosil bo‘lishi.


110
Qolgan oqmalardan olcha rangli, tez qonovchi granulatsiya to‘qi masi
bo‘rtib chiqib turadi (32-rasm). Bu bosqichda oqma yo‘llari berkilib
qolsa xurujlar bo‘lishi mumkin. Bunda kasallik o‘tkir davrdagi ko‘ri-
nishga o‘hshash, klinikani namoyon qiladi. Oqmalar bitib kindiksimon
chandiq qoldiradi.
Surunkali bosqichda rentgenogrammada jag‘da har hil hajmdagi
sekvestrlarga ega bo‘lgan sekvestr bo‘shliqlari aniqlanadi.
Davolash. Kasallikning o‘tkir bosqichida ekssudatga yo‘l ochish
va yallig‘lanishni yon to‘qimalar sohasiga tarqalishining oldini olish
maqsadida birlamchi jarrohlik davosi usuli bilan yiringli o‘choqlar
ochi ladi, kasal tishlar olib tashlanadi. Bemorga antibiotiklar, kalsiy
pre paratlari, dezintoksikatsiya, desensibilizatsiya qiluvchi stimul lovchi
va simptomatik davo qilinadi. Fizioterapiya muolajalaridan quyi jadal
lazerli nut tavsiya etiladi. Klinik va rentgenologik tekshi rish larga asos-
langan holda bemorda sekvestektomiya operatsiyasi o‘tkaziladi.
YUZ-JAG‘ SOHASI ABSSESSI
VA FLEGMONALARI
Abssess – bu yog‘ to‘qimasining chegaralangan yiringli yallig‘-
lanish jarayoni. Flegmona – bu yog‘ to‘qimasining tarqalgan yiring-
li yallig‘lanish jarayonidir. Flegmona teri va shilliq parda ostida, mu-
shaklar va fastiyal oralig‘ida aniqlanib, bir vaqtning o‘zida bir yoki bir
necha anatomik sohani egallashi mumkin. Abssess va fleg monalarning
kelib chiqishi, patogenezi va klinik ko‘rinishi bir biriga juda o‘hshash.
Flegmonalar abssesslarga nisbatan og‘ir kechadi. Flegmonalarning
topografik joylashishiga ko‘ra quyidagicha farqlanadi:
• Pastki jag‘ atrofidagi flegmonalar;
• Yuqori jag‘ atrofidagi flegmonalar;
• Og‘iz tubi va til flegmonalari.
Yuz-jag‘ sohasidagi abssess va flegmonalar o‘ta og‘ir va hafli
kasal likdir. Sababi kasallik ushbu sohaning inervatsiyasi yahshi tar-
moq langan bo‘lganligi uchun o‘ta og‘riqli kechadi va ko‘pgina funk-
siya larning (chaynash, yutish, nafas olish, so‘zlashish) buzilishiga olib


111
keladi. Hamda yallig‘lanish yon sohalarga (ko‘z kosasi, halqum) tarqa-
lishi mumkin.
Yuz-jag‘ sohasidagi abssess va flegmonalarini periodontit, limfa-
denit, periostit, yuqorigi osteomiyelit, jag‘ sinishlari keltirib chiqara di.
Yiringli yallig‘lanishni qo‘zg‘atuvchilari esa streptokoklar, sta filakok-
lar, pnevmakoklar va turli anoeroblardir.
Klinik belgilari. Kasallik keskin boshlanadi. Yuzda og‘riqli infil-
trate paydo bo‘ladi. Bemorlar asosan yallig‘langan sohadagi turli xil
intensivlikdagi og‘riqdan yuz va bo‘yin sohasining shishganligidan
va natijada yuz assimetriyasi hosil bo‘lganligidan shikoyat qiladilar
(33-rasm). Og‘riqlar zo‘rayib boradi. Agar infiltrat yuza joylashsa
uni ustini qoplab turgan teri qizaradi. Regional limfa tugunlar katta-
lashadi. Bundan tashqari og‘iz ochilishining chegaralanishi, chaynash
va yutishning og‘riq bilan kechishi, artikulyatsiyaning buzilishi bilan
kechadi. Bemorlar umumiy holsizlanadi, boshi og‘riydi, uyqusi va
ishtahasi yo‘qoladi. Bemorning tana harorati me’yor darajasida yoki
subfebril bo‘ladi.
Tashhis kasallik anamnezi va obyektiv tekshiruvlar natijalari aso-
sida o‘rnatiladi.
Davolash. Yuz va bo‘yin sohalaridagi abssess va flegmonalar
komp leks davolanadi. Jarrohlik va konservativ usullar qo‘llaniladi.
Jarroh lik usulida davolash uchun yiringli bo‘shliqlar kesib ochiladi
ekssudat tezda chiqariladi.
LIMFADENITLAR
Limfadenit – limfa tugunining yalig‘lanishi. Limfadenitlar o‘tkir va
surunkali bo‘ladi. Infiltrat turiga qarab, o‘tkir serroz va o‘tkir yiringli
limfadenitlarga bo‘linadi.
O‘tkir yiringli limfadenit limfa tugun sohasida infiltratsiya paydo
bo‘lishi unung siljuvchanligining kamayishi bilan kechadi. Bemorning
harorati 37,2°–37°C bo‘ladi.
Yallig‘lanish limfa tuguni sohasidagi terining qizarib shishi va
asta – sekin to‘qima bilan birikishi bilan kuzatiladi. Limfa tugunining
yiringli parchalanish jarayoni ayrim bemorlarda tez (2–3 kun ichida),
ayrimlarda sekinlik bilan (1–2 hafta davomida) rivojlanishi mumkin.
Davolash. Limfa tuguniga infeksiya oqib kelishini to‘xtatish
uchun birlamchi yallig‘lanish o‘chog‘i bartaraf qilinadi. O‘tkir seroz
limfadenitni konservativ usulda davolanadi. O‘tkir yiringli yoki huruj
qilgan surunkali limfadenitlarda jarrohlik davolash o‘tkaziladi.
Tayanch iboralar:
Periostitlar – tish va periodont xastaliklari asoratlari oqibatida
kelib chiqadigan suyak usti pardasining yallig‘lanishi;
Osteomiyelit – suyak to‘qimasining infeksiyali yiringli nekrotik
yallig‘lanishi;
Odontogen osteomiyelit – kasallangan tish oqibatida kelib chiq qan
osteomiyelit;
Abssess – yog‘ to‘qimasining chegaralangan yiringli yallig‘la nish
ja rayoni;
Flegmona – yog‘ to‘qimasining tarqalgan yiringli yallig‘ lanish
jarayoni;
Limfadenit – limfa tugunining yalig‘lanishi.
Yüklə 165,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin