Labaratoriya № 3 Mavzu: Texnik ob’ektlarga tegishli grafik modellarni amaliy dasturlarda ifodalash, qayta ishlash va vizuallashtirish.
Tayanch iboralar: MATLAB dasturidan foydalanib matematik ifodalar ustida shakl almashtirish. Matritsa va massivlar bilan
ishlash. MATLAB dasturida grafiklar yaratish va dasturlash imkoniyatlari.
Ikki o’lchovli grafika. MATLAB da ikki o’lchovli grafiklarni chizishda asosan quyidagi buyruqlardan foydalaniladi:
•
loglog, polar, stairs, area, pcolor, line, pie, plot, semilogx, comet, bar, fill, colormap, ribbon, pie3, strips, semilogy, stem, barh, patch, rectangle, scatter, errorbar, imagesc va h.k.; Chizilgan grafiklar va grafik oynalarni loyihalash va boshqarishda grafik oyna menyu va uskunalar paneli elementlari hamda quyidagi
buyruqlar orqali amalgam oshiriladi:
•
grid, axis, hold, figure, shg, clf, subplot va h.k.; Odatda bir o’zgaruvchili funksiya grafiklarini chizishda plot buyrug’i va uning turli xil ko’rinishlaridan foydalaniladi.
Qisqa ko’rinishi
Bajarilishi
>> x=[a:h:b]; >> y=f(x); >> plot(x,y) Bunda dastlab berilgan h qadam bilan bo’laklarga bo’lingan oraliq kiritiladi, keyin
funksiya kiritiladi, undan keyin plot buyrug’i kiritiladi.
Bunda plot(x,y) buyrug’iga uchinchi parametrni kiritish, ya’ni plot(x,y,s) burug’ini bajarish grafikdagi chiziqlar rangi, tipi, stili
va foydalanuvchi talabiga ko’ra boshqa xususiyatlarini ko’rsatish imkonini beradi. Bu xususiyatlarni o’zgartirish grafik oyna menyu
buyruqlari, uskunalar paneli elementlari orqali va grafik maydonda chichqonchaning ung tugmasini bosish orqali ham amalga oshirsa
bo’ladi. Agar bitta koordinata sistemasida bir nech grafikni bir vaqtda(bitta oynada) chizish talab qilinsa, u holda plot buyrug’ida avval
1-oraliq va 1-funksiya, keyin 2- oraliq va 2-funksiya va h.k. kiritiladi.