Labaratoriya ishi adobe photoshop dasturining asosiy imkoniyatlari, maxsus effektlar yaratish



Yüklə 96,26 Kb.
səhifə2/4
tarix06.01.2022
ölçüsü96,26 Kb.
#51036
1   2   3   4
ADOBE PHOTOSHOP DASTURINING ASOSIY IMKONIYATLARI, MAXSUS EFFEKTLAR YARATISH..

Dasturning boshlanishi

1987-yilgacha John Noll „Lucasfilm“ firmasining Industrial Light and Magic (ILM) boʻlimida „Star Wars“ga maxsus effektlar tayyorlashda ishlar edi. Thomas bu vaqtda „Tasvirlar bilan ishlash“ toʻgʻrisidagi nomzodlik dissertatsiyasini yozayotgan edi. Thomasning Apple Mac plus monitorli kompyuteri „Grayscale Images“ tasvirini namoyon qilmadi. Thomas vaziyatni oʻzgartirish uchun yangi dastur tuzishga kirishdi.

Qizigʻi shundaki, Industrial Light and Magic (ILM) da Jon ham tasvirlarni qayta ishlash bilan shugʻullanardi. Akasini muvaffaqiyatlarini koʻrgan Jon birga ishlashni taklif qildi. Birinchi versiya 1987-yil Michigan universiteti talabasi Thomas Noll tomonidan Macintoshplatformasi uchun yaratilgan. John oʻzining „Kompyuter grafikasi asoslari“ kitobida shunday yozadi:





Men Thomas ishlarining natijasini koʻrganimda, Pixar studiyasidagi tasvirlarni qayta ishlash dasturiga oʻxshashligini koʻrib hayron qoldim



. Oʻshandan boshlab biz birga ishlab, murakkab va mukammallashgan Display dasturini tuzdik. Oradan koʻp vaqt oʻtmay John yangi sotib olgan rangli ekranli Macitntosh II kompyuteriga Display dasturini koʻchirishni taklif qildi.

Jon display dasturida ranglar gammasi korreksiyasi, import, fayllarni har xil formatlarda saqlash va boshqalarni oʻylab topdi.

Dastur ustida ishlash Tomasni dissertatsiya yozishdan chalgʻitdi, lekin u shunda ham xursand edi. Hech qancha vaqt oʻtmay Tomas tasvirlarni bir qismini ishlov berishni yangi usulini oʻylab topdi va ishlov berish asboblar toʻplamini tuzdi. Keyinchalik bular „Plug-ins“ deb ataldi. Keyinchalik tonlarni sozlash-(Levels), balansni boshqarish funksiyasi, ranglar va toʻyinishni boshqarish (Hue and Saturation) ishlab chiqildi. Bu imkoniyatlar Photoshopda dastlabki qadam boʻldi. Oʻsha davrda bunday funksiyalar faqat maxsus dasturlarda boʻlgan. Ular esa faqat labaratoriyalarda yoki Industrial Light and Magic (ILM) da boʻlgan. 1988-yilda Tomas „Display“ning nomini „ImagePro“ deb oʻzgartirdi. Dastur oʻsha davrda juda zamonaviy edi. Jon bu dasturni sotib, pul ishlashni oʻylar edi. Tomas esa unga qarshi chiqdi. Bundan tashqari Tomas oʻz dissertatsiyasini tugatmagan, toʻliq ishlangan dasturni tuzishga ancha vaqt va mehnat kerak edi. Ular shunga oʻxshash dasturlarni analiz qilishib, oʻz dasturlari „Image Pro“ ni boshqalardan oldinga oʻtib ketganligini aniqlashdi.


Yüklə 96,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin