Poliamidlar, poliuretanlar va polimochevinalar. Bu polimerlar molekulalari zanjirlari fazoda joylashishiga ko`ra poliuglevodorodlarga o`xshaydi. Lekin asosiy zanjirda amid gruppa borligi tufayli, bu guruhdagi YuMBlar o`ziga hos xususyatlarga ega. Yuqoridagidek, poliamidlar tarkibidagi amid guruhning H atomlari qo`shni guruhdagi karbonil bilan tasirlashib, H bog`lari hosil qiladi.Shuning uchun poliefirlardagi kabi, poliamidlarning ham barcha xossalari elementar zvenodagi C atomlarining juft ekitoqligiga , amid va karbonil guruh miqdoriga bog`liq. Lekin molekula tarkibidagi amid guruhlar murkkab efir guruhlariga nisbatan teskari tasir ko`rsatadi, yani barcha poliamidlar elementar zvenosining tarkibidan qatiy nazar, polietilenga nisbatan mo`rtroq bo`ladi va yuqori haroratda suyuqlanadi. Molekula tarkibidagi amid guruhlar miqdorining amorflanish haroratiga bog`liqligi 1-rasmda ko`rsatilgan.
Amorflanish to
300
280 1
260
240
220
200 2
180 3
160
140
120
2 4 6 8 10 12 14 16
1-rasm
100 atomga mos kelgan efir gruppasining miqdori.
1-rasm. Amid gruppasi miqdorining poliamid va poliuretanlarning amorflanish haroratiga bog`liqligi.
Juft C atomlipoliamid
Toq C atomlipoliamid
Poliuretan
Rasmdan ko`rinib turibdiki, molekula tarkibida amid guruhlarning miqdori ortgan sari poliamid va poliuretanlarning amorflanish harorati orta boradi.
Poliamidlarda hosil bo`ladigan H bog`lari amid guruh miqdori bilan bir qatorda elementar zveno tarkibidagi C atomlarining juft yoki toqligiga bog`liq bo`ladi.Sxemadan ko`rinib turibdiki, juft uglerod atomli amidlarning qutblangan barcha gruhlalari o`zaro tasirlashgan bo`lib, toq uglerod atomli poliamidmakromolekulalarida amid va karbonil gruppalarning faqat yarmi vodorod boglari hosil qila oladi.
Poliformaldegid formaldegid niturli usullarda polimerla bolinadi. Formaldegid amalda quyidagi usullarda sintez kilinadi:
agar metanga yuqori temperaturada turli katallzatorlar ishtirokida kislorod ta'sir ettirilsa, formaldegid xosil bo`ladi:
500-600°C
CH4 + O2 CH2O + H2O
NO2
Katalizator sifatida azot (IV)-oksid ishlatiladi va protses 500- 600°C da olib boriladi. Bu usuldan kelajakda keng foydalanish mumkin. Chunki metanning oksidlanishi uzluksiz davom etib, hosil bo`lgan formaldegid ancha toza bo`ladi,
Metil spirtni turli metal va metal oksidlari ishtirokida oksidlab ham formaldegid olish mumkin:
500-700°C
CH3OH + O2 CH2O + H2O
Pt, CuO
Reaksiya bosim ostida va yuqori temperaturada borib, katalizator sifatida kumush, mis va turli metal oksidlari ishlatiladi. Xozir metil spirt karbon 2-oksid va vodorod aralashmasidan sintez qilinmoqda. Bu gazlar tabiatda juda ko`pligi tufayli bu usulda metil spirt va undan formaldegid olish juda arzonga tushadi:
Uglerod (II)-oksid bilan vodorodni o`zaro ta'sir ettirib ham formaldegid olish mumkin:
CO + H2 CH2O
Lekin bu usul hozir sanoatda qo`llanilayotgani yo`q, chunki reaksiya juda murakkab sharoitda borganligi tufayli hosil bo`lgan formaldegidga turli gazlar aralashgan bo`ladi.
O`rganilgan adabiyotlardan olingan malumotlar, hamda olib borilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan natijalarga asoslanib quydagi xulosaga kelish mumkin.
Geterozankirli yuqori molekulyar birikmalarning olinishi, xossalari va ishlatilish soxalarini aniqlashga bag`shlangan ilmiy tadqiqotlardan olingan natijalar asosida e`lon qilingan ilmiy risola, tezis hamda o`quv adabiyotlar imkon darajasida batafsil o`rganildi va ilmiy tadqiqotning maqsadi belgilab olindi.
Belgilangan maqsad va vazifani ijobiy amalga oshirish uchun labaratoriya sharoitida bir qator geterozankirli yuqori molekulyar birikmalar sintez qilish sharoiti, xossalari va ishlatilish soxalari aniqlanildi.
Geterozanjirli yuqori molekulyar birikmalar makromolekulasida tasir etuvchi vodorod bog`larning miqdori ko`pligi sababli ularning umumiy energiyasi kimyoviy bog` energiyasidan ancha ortiq bo`ladi va shu sababli makromolekulaning o`zaro siljishi chegaralangan bo`lib, polimerning yuqori haroratda yumshashi va suyuqliklarda erish qobilyati yo`qoladi.
Dostları ilə paylaş: |