Diagramma parametrlarini qo‘yish va formatlash
Diagramma parametrlarini qo‘yish uchun menyu satridagi Diagramma – Parametrы diagrammы tanlanadi yoki diagramma sohasida sichqoncha o‘ng tugmachasi bosiladi, hosil bo‘lgan menyudan Parametrы diagrammы tanlanadi
Natijada quyidagi parametrы diagrammы oynasi hosil bo‘ladi
Bu oynadan Zagolovki punktida diagramma nomi va X, U o‘qlarini nomlari kiritiladi. Podpisi dannыx punktidan qiymatlar qo‘yiladi.
Diagramma “legenda”sini joylashtirish va formatlash
Diagrammaning o‘ng tomonida Vostok, Zapad va Sever deb ko‘rsatilgan qismi legenda hisoblanadi. Legenda diagrammaga izoh sifatida beriladi. Uni formatlash uchun sichqoncha ko‘rsatkichi legenda ustiga qo‘yiladi va o‘ng tugmachasi bosiladi. Hosil bo‘lgan menyudan Format legendы tanlanadi. YOki menyu satridagi Diagramma – Parametrы diagrammы tanlanadi. Hosil bo‘lgan oynadan kerakli formatlar tanlanadi.
AMALIY QISM.
1. Word dasturini ishga tushirish (sichqoncha, klaviatura yordamida)
2. Berilgan jadvalni yaratish va to‘ldirish (sichqoncha va klaviatura yordamida).
3. Ustun, qatorlarni qo‘shish va o‘chirish (sichqoncha va klaviatura yordamida).
4. Ustun va qatorlarning o‘rnini almashtirish. 2 ustun bilan 3 ustun, 3 qator bilan 4 qatorni o‘rnini almashtirish.
5. Jadvaldagi ko‘rsatilgan yacheykalarni birlashtirish va yacheykalarga ajratish (sichqoncha va klaviatura yordamida).
6. Yacheykalarning o‘lchamlarini o‘rnatish (balandligi va kengligini).
7. Berilgan ro‘yxatni kiritib, jadval ko‘rinishiga keltirish (sichqoncha va klaviatura yordamida).
8. Berilgan jadvalni yaratib, ro‘yxat ko‘rinishiga keltirish (sichqoncha va klaviatura yordamida).
9. Tayyorlagan hujjatlarni fayl ko‘rinishida ishchi stolga, papkaga va x.k. saqlash (sichqoncha va klaviatura yordamida).
10. Hujjatni yopish va Word dasturidan chiqish (sichqoncha va klaviatura yordamida).
11. Word dasturini ishga tushirish (sichqoncha, klaviatura yordamida)
12. Berilgan jadval bo‘yicha diagramma yaratish.
13. Diagramma tiplarini tanlash va o‘zgartirish.
14. Diagramma parametrlarini qo‘yish va formatlash.
15. Diagramma “legenda”sini joylashtirish va formatlash.
16. Diagramma ranglarini tanlash va o‘zgartirish.
17. Tayyorlagan hujjatlarni fayl ko‘rinishida ishchi stolga, papkaga va x.k. saqlash (sichqoncha va klaviatura yordamida).
18. Hujjatni yopish va Word dasturidan chiqish (sichqoncha va klaviatura yordamida).
Dostları ilə paylaş: |