Laboratoriya №3 Mavzu: Organik asosida konstruksion materiallarning elektrokimyoviy korroziyaga korrozion chidamliligini aniqlash



Yüklə 14,53 Kb.
tarix24.10.2023
ölçüsü14,53 Kb.
#160811
Laboratoriya ishi 3


LABORATORIYA №3

  1. Mavzu:Organik asosida konstruksion materiallarning elektrokimyoviy korroziyaga korrozion chidamliligini aniqlash

Organik konstruksion materiallar—organik polimerlar ko'pgina agressiv muhitlar ta’siriga yuqori kimyoviy bardosh, lekin termik va fotokimyoviy struktura buzilishga, suyuq va gaz holatidagi agressiv muhit ta’sirida, biologik korroziya ta’siriga moyil bodadi.


Barcha konstruksion materiallarda ish nuihiti va atrof-muhit ta’sirida doimiy ravishda turli kimyoviy o‘zgarishlar namoyon bo‘lib turadi, lekin u yoki bu muhitning korroziyaga chidamlilikka qo‘yilgan talabiga mos keluvchi va ushbu sharoitlarda ishlashga yaroqli materiallar har doim ham topiladi. Konstruksion materiallar tanlashda yuqorida qayd etilgan sharoitlarni, birinchi navbatda, iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda ish yuritiladi.
Kimyoviy qurilmalar va asbob-uskunalarning korroziyasiga qarshi kurashning samarali usullaridan biri — ularning sathini ushbu muhitga kimyoviy chidamli bo‘lgan material bilan qoplashdir. Bunda metall korpus qurilmaning mustahkamligi ta’minlanadi, izolatsiya qobig‘i esa uni muhit ta’siridan himoya qiladi.
Qoplama turlari ko‘p bo‘lib, asosiylari uchta: yupqa parda; yupqa list ko‘rinishidagi; futerovkali.
Yupqa parda qatlami quyidagi usullardan birini qo‘llab yotqiziladi:
— korroziyaga chidamli metall qatlamini elektrkimyoviy usul bilan cho‘ktirish;
yuzani lok, bo‘yoq va bitum bilan ko‘p, qatlam qilib bo‘yash;
— kukunsimon polimer materiallami purkash, so‘ngra ulami pishirish;
— polimer materiallar asosidagi emulsiyani (suspenziyani) ko‘p qatlam qilib surkash, quritish va pishirish;
— kukunlangan materiallar aralashmasini mexanik yoki elektroforetik usul bilan surkash va uni shishasimon holga kelguncha pishirish (kislotaga chidamli emal).
Yupqa parda qoplamaning qalinligi odatda 0l-0,5 mtn ni tashkil etadi.
Elektrkimyoviy usul bilan hosil qilingan izoiatsiyalqvchi qoplamalarning afzalligi shundaki, ular oson hosil qilinadi har qanday murakkab shakldagi yuzani qoplaydi, qurilmaning foydali hajmi va og‘irligi saqlab qolinadi. Lekin bu usul kimyo sanoatida kam qo‘llaniladi.
Qurilmalarni bo‘yaganda ularning tashqi yuzasi atmosferakorroziyasidan himoyalanadi. Lokli bo‘yoq materiallar ko‘p komponentli bo‘lib, yupqa parda hosil qiluvchi moddaning erituvchi, yumshatuvchi (plastifikator) va rang beruvchi moddalar bilan aralashmasidan iborat. Yupqa parda hosil qiluvchi modda suvda erishi ham (suvda eriydigan polimerlar), erimasligi ham (o‘simlik yoglari, polimerlar, oligomerlar, bitum va h.k.) mumkin. Erituvchi sifatida skipidar, toluol, aseton, spirt va boshqalar ishlatiladi.
Qoplamaga kerakli egiluvchanlik baxsh etish uchun yumshatuvchi sifatida xlorlangan naftalin va dibutilftalatdan foydalaniladi.
Rang beruvchi moddalar (pigmentlar) lok-bo‘yoq materialga kerakli rangni beribgina qolmay, ba’zan uning mexanik mustahkamligini ham oshiradi. Bo‘yoqlar sifatida, odatda, o‘ta mayda kukunlangan metall oksidlari ishlatiladi.
Yupqa parda hosil qiluvchi moddalarning organik erituvchilardagi eritmalari lok deyiladi, unga rang beruvchi bo‘yoq qo‘shib olingan aralashma emal deyiladi. Suvda eruvchan yupqa parda hosil qiluvchi moddaga rang beruvchi bo'yoq qo'shib tayyorlangan lok-bo‘yoq material sir deyiladi. Moyli sirlarning asosini oliflar tashkil qiladi.
Turli lok-bo‘yoq materiallarni yuzaga surkash texnologik tartibi turlicha, lekin, umuman olganda, qoplamaning izolatsiyalovchi qatlamini hosil qilish jarayoni quyidagicha olib boriladi:
— yuzani tayyorlash —iflosliklar (zang, eski bo‘yoqlar) va moy qoldiqlaridan tozalash;
— lok-bo‘yoq materialning yuzaga yaxshi ilashishini ta’minlash uchun yuzani gruntovka (bir qatlam bo‘yoq berish) qilish, qurigan grunt qatlamini jilvir qog‘oz bilan tozalash;
— yuzani shpaklovka qilish — bir tekis yupqa rangli qatlam olish uchun qurigan shpaklovka yuzasini jilvir qog‘oz bilan ishqalash;
— yuzani bo‘yash (ko‘p qatlamli bo‘yoq berilganda bir qavat bo‘yoq qurigandan so‘ng keyingi qavatberiladi).
Metallarni korroziyadan himoyalashning samarali usullaridan biri emallashdir. Jarayon po‘lat va cho'yandan yasalgan qurilmalaming ichki yuzasiga shishasimon massani yupqa qatlam qilib surib, so‘ngra 800— 900°C haroratda pishirishdan iborat. Shishasimon qatlam (emal) hosil qilish uchun qumtuproq, dala shpati va turli xil loytuproq aralashmasiga pishishni tezlatuvchi qo‘shimchalar (karbonatlar, boratlar va boshqalar) qo'shib kuydiriladi.
Emalli qoplamalar 5 MPa gacha bosimda va —30 dan 300°C gacha haroratda ishlaydigan qurilmalarda ishlatiladi. U!ar barcha kislotalar (vodorod ftorid kislotasidan tashqari) ta'sirga chidamli. Emallangan qurilmalardan (kolonnalar, sovitgichlar, kristallizatorlar, bekitgich armaturalar va h.k.) reaktiv kislotalar va ayrim tuzlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Harorat keskin o‘zgarganda emal qatlamida mikroyoriqlar paydo bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan ulardan siniqlar hosil bo‘ladi va ular mahalliy korroziya o‘chog‘i bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun qurilmani qizdirish va sovitish minutiga ko‘pi bilan 1—3°C tezlikdaolib borilishi tavsiya etiladi. Qizdirishning ruxsat etilgan tezligi qurilmaning tuzilishi va uning o'lchamlariga bog‘liq.
Yüklə 14,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin